O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/55
Sana17.08.2021
Hajmi3,2 Mb.
#149996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
turizm sayyohlik

I BOB. TURIZMNING TASHKILIY  
RIVOJLANISH TARIXI
1.1. Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi
Turizm (sayohat) ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega 
bo‘lgan nazariy va amaliy fan sifatida o‘qitiladi. U o‘zining 
ijtimoiy tizimlar (formatsiya) bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z tarixi 
hamda rivojlanish jarayonlariga ega.
Turizm umumiy ma’noda sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni 
ifoda etadi. Shu sababdan ular ijtimoiy-turmush va mehnat 
jarayonlaridan tarkib topadi.
Turizm haqida ilmiy-ommabop risolalar, o‘quv va uslubiy 
qo‘llanmalar juda ko‘p. Ularning mazmunida turli yoshdagi 
kishilar va aholining talablariga qarab sayr-sayohatlarni tashkil 
qilish yo‘llari bayon etilgan.
Turizmning vujudga kelish omillari va davrlari ijtimoiy 
turmush, madaniy hayot va mehnat jarayonlari bilan bevosita 
bog‘liqdir.
Eng qadimgi insonlar yashash uchun ov va mehnat 
qurollarini yaratishga harakat qilganlar. Shu tarzda tog‘lar, 
daryo va ko‘llarning sohillarida yashab, yovvoyi hayvonlarni ov 
qilganlar, ularni qo‘lga o‘rgatib o‘z mehnatlarida foydalanganlar. 
Ov manzillari va dam olishga qulay bo‘lgan joylarda ma’lum bir 
belgilarni (tur) qo‘yishgan va zarur bo‘lgan paytlarda ana shu 
joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o‘yinlar tashkil qilib 
musobaqalashishgan.
Ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining takomillashuvi, 
ov va jang qurollarini yaratishining yangi usullari odamlarning 


8
uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishi, shu asosda eng qulay va 
yaxshi joylarni tanlab dam olish, hatto o‘troqlashib qolishlariga 
olib kelgan. Shu tariqa daryolar, ko‘llar, dengizlarda ov qilish, 
sayr o‘tkazish, izlanish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli 
foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika 
qit’asiga borib qolishi (kashfiyot), turli sayohatchilarning 
Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit’alar, mamlakatlarga 
borganligi tarixdan ma’lum.
XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator rus sayyohlari, 
mutaxassis olimlari (asosan harbiylar) Markaziy Osiyoning 
iqlimi, tabiiy boyliklari, aholining madaniyati va boshqa 
jihatlarini o‘rganish uchun tashrif buyurishgan. Ular orasida 
P.P.Semyonov, Tyanshanskiy, Prejevalskiy kabilar tog‘ 
sharoitlarini chuqur o‘rganib, maxsus xaritalar tayyorlaganlar.
O‘zbekistonda turizmning dastlabki rivojlanish davri asosan 
o‘tgan asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. 1925–1930 
yillarda Markaziy Kasaba uyushmalari kengashi qoshida maxsus 
turistik jamiyat, ya’ni ishchi-dehqonlar turizm tashkilotini ta’sis 
etgan. Bu jamiyat asosan mehnatkashlarning turli shaharlarga 
sayohatini (ekskursiya) uyushtirish, o‘quvchi-yoshlarni tarixiy 
obidalar bilan tanishtirish, o‘lkani o‘rganish kabi tadbirlar 
bilan shug‘ullangan. Shuningdek, dam olish kunlari ommaviy 
ravishda shahar atroflariga piyoda chiqish, chang‘ida yurish, 
velosiрedda sayr qilish kabi amaliy faoliyatlarni tashkil qilgan. 
Ularning asosiy maqsadi jismonan chiniqish, mehnat faoliyatini 
oshirish va mudofaa ishlariga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat edi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941–1945-yillar) har-
biy tayyorgarlik jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar va mehnat-
kashlarning topografik bilimlarini oshirishga alohida e’tibor 
berildi.
Atroflarni chamalab (ориентирование) topish, xaritani 
o‘qish, mo‘ljalga tez yetib borish (jismoniy harakat) kabi turistik 
faoliyatlar keng rivojlandi. Bu jarayonlar o‘sha davrlarda va hatto 


9
keyinchalik ham “Mehnat va mudofaga tayyor” majmuyidan 
o‘rin oldi.
Urushdan keyingi yillarda (1950–1960-yillar) Markaziy 
Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan barcha viloyatlarda va 
ularning quyi tarmoqlarida turistik klublar tashkil etildi. Klublar 
turizm bo‘yicha (piyoda yurish, tog‘ turizmi, velosiрed turizm va 
hokazolarni uyushtirish) seksiyalar, to‘garaklar, jamoalar tashkil 
etib, musobaqalar tashkil etishga kirishdi. Keyingi 30–40 yil 
davomida (1955–1990-yillar) Respublikalar, hududlar (Markaziy 
osiyo, Kavkaz, Boltiq bo‘yi, O‘rol, Sibir va hokazo) miqyosida 
slyotlar (musobaqalar) tashkil etildi. Ularning dastur mazmunida 
kategoriyali (darajali) piyoda yurish, tog‘ so‘qmoqlari va 
dovonlaridan oshish, daryolardan kechib o‘tish, arqonlarga 
osilib daryo, jarlarning ustidan o‘tish hamda belgilangan joylarni 
kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni 
tez (vaqtga) o‘rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish, jamoaning ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni 
namoyish etish, qo‘shiq-raqs bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazish 
kabi ko‘p qirrali ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlar o‘rin egallagan edi. 
Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang‘ich jamoalarda (ta’lim 
muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u 
yoki bu darajada o‘tkazilishi odatga aylandi.
Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni 
tomosha qilish sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi 
yo‘lga qo‘yildi. Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil 
qilingan seksiyalardagi terma jamoalar tog‘ turizmi, velosiрed 
turizmi kabilar bilan shug‘ullanib, ularda chamalab topish 
(ориентирование)  bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil 
qilindi. Shu asosda yuqorida zikr etilgan turlar maxsus sportga 
aylandi. Ularning qoidalari (nizomlar) ishlab chiqilib, sport 
razryadlari (I-II-II darajalar, sport ustaligiga nomzod, sport 
ustasi, xizmat ko‘rsatgan sport ustasi va hokazo unvonlar) 
tasdiqlandi.


10
Belorussiya, Boltiqbo‘yi, O‘rol, Sibir o‘lkasida o‘z hudud-
lariga mos, asosan turizmning tog‘ turizmi, chamalab topish, suv 
turizmi kabi turlari amalga oshirildi. Kavkaz, Qirg‘iziston va shu 
kabi boshqa tog‘li hududlarda esa tog‘ turizmi (g‘orlarni topish, 
qoyalarni zabt etish) ko‘proq rivojlanadi. Boshqa hududlarda 
ommaviy piyoda yurish turizmi keng rivojlandi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish