Keys-5.Footwear International
Charles W.L. Hill. International Bisiness Competing in the Global Marketplace, 3
rd
ed -
Boston: Irvin/McGraw-Hill.2000
Djon Karlson, muholifatdagi siyosiy partiya bilan yaqin aloqalarga ega bo’lgan
fundamental gazeta hisoblangan Meillat ning kunduzgi soni bosh sahifasini o’qidi-yu,
qovog’i osildi.
sarlavhasi ostida chiqqan maqolada kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan oyoq
kiyimi-sandalning taglik qismi dizaynida arab tilida yozilgan “Allax” so’zi borligi
aytilgan edi. Maqolada kompaniya o’z sandallari taglik qismida Allax ismini atayin
dizayn sifatida joylashtirishda ishlatgan va bu bilan islom dinini haqorat qilgan degan
fikrga ishora bor edi. Shundan so’ng, maqolada kompaniya, Isroilda palastinliklarni
o’ldirishga aloqador bo’lgan yahudiy oilasini xususiy mulki ekanligi to’g’risida
axborot berilgan edi. Gazeta kelgusi kuni talabalarni Footwear International ga qarshi
namoyish o’tkazishga chaqirgan edi. Barcha ma’lumotga yakun sifatida gazeta bosh
sahifada kulfat keltiruvchi sandallar rasmini joylashtirgan edi.
Footwear International ning Bangladeshdagi boshqaruvchi direktori - Djon
Karlson ushbu portlovchi vaziyatni yaratgan o’ta jiddiy kelishmovchilikdan chiqib
ketish uchun juda tez harakat qilish zarurligini tushunib turar edi.
Karlson darhol dizayn bo’limi boshlig’i bilan bog’landi va sandalning dizayni
to’g’risida ma’lumot berishini so’radi. U ushbu sandal o’rta baholar darajasidagi,
mahalliy bozor xususiyatlarini hisobga olgan holda dizayni biroz o’zgartirilgan
ayollar oyoq kiyimi liniyasiga mansub ekanligini bilar edi. Dizayn bo’limini boshlig’i
ushbu dizayn mahalliy bozordan kompaniya dizayneri tomonidan sotib olingan Xitoy
qo’ng’iroqchalari ko’rinishi asosida yaratilganligi haqida hisobot berdi (rasm
kompaniya shtab - kvartirasiga Karlson uchun faks orqali jo’natildi).
Dizaynerga Xitoy qo’ng’iroqchalari juda yoqib qolgan edi, shu sababli u ularni
dizayn asosi sifatida foydalanish uchun bo’lim boshlig’iga ko’rib chiqish va
muhokamaga taqdim qilgan va ular tasdiqlangan edi.
Marketing va dizayn bo’limidagi barcha xodimlar musulmonlar edi. Dizayn
bo’limini boshlig’i shuningdek, ushbu modelni ishlab chiqqan dizayner ayol ham
nasl-nasabi Bangledeshlik bo’lgan musulmon ekanligi, lekin u arab tilida gapirish va
yozishni bilmasligi, bo’limning boshqa hamma xodimlari ham huddi shunday
ekanliklarini ma’lum qildi. U shuningdek, ko’plab bo’lim xodimlari yangi dizaynni
xabardor bo’lganligi va uni tasdiqlashdan oldin bunday muammolar kelib chiqishi
xayollariga ham keltirmaganliklarini ta’kidladi.
379
Karlson sandaldagi dizayn va arab tilida yozilgan “Allax” so’zini yozilishini bir-
biriga solishtirdi.
Karlson maqola mazmuni va uning chop etilishi vaqtini tushunib etolmas edi.
Sandallar bozorda yangi mahsulot hisoblanmas va shu daqiqagacha hech qanday
shikoyatlar kelib tushmagan edi. U maqolani qayta-qayta o’qigan sari, nima uchun
aslida kompaniyaga egalik qiladigan oila xristian oilasi ekanligiga qaramasdan,
kompaniya yahudiy oilasiga tegishliligiga urg’u berilganligi tushunib etolmas edi. U
yana shuni tushunmas ediki, nima uchun sandallar to’g’risidagi maqolada talabalarga
bunchalik katta e’tibor berilmoqda.
Kun davomida vaziyat yanayam murakkablashdi. Karlsonga kompaniyaga
qarshi kelgusi kuni namoyish qilishga chaqiriq bilan chiqqan ikkita yoshlar guruhi
tamonidan tarqatilayotgan varaqalarning tarjimasini ko’rsatishdi. Varaqalar
kompaniyani, Salman Rushdini va yahudiylar jamiyatini bir butun sifatida bir-biriga
bog’lar, “Biz o’z hayotimiz evaziga bo’lsa ham yahudiylar fitnasiga qarshi chiqamiz”
deb qo’rqitishar edi.
Shundan so’ng, yana yomon yangiliklar keldi. Karlson va 4 ta chet elliklarni
ataylab millatlararo tushunmovchiliklarni keltirib chiqarganligi va musulmonlarni
haqorat qilganligi uchun telefon orqali jinoyat kodeksi bandlari bo’yicha ayblab
tahdid qilishdi.
Biroz vaqt o’tib, Karlson mahalliy huquqshunosdan hech qanday yaxshi
xabarlarni va’da qilmaydigan isk-ariza kopiyasini oldi. Isk-arizada kompaniya
Bangledesh fuqarolariga, ularning dini hisoblangan - Islom diniga kechirib bo’lmas
zulm etkizganligi to’g’risida yozilgan edi.
Karlson mavjud vaziyat to’g’risida o’ylab turgan vaqtda, sekretarning tashvishli
ovozi, premer-ministr qo’ng’iroq qilganligi va kelib chiqqan holat kechirib bo’lmas
jinoyat deb ataganini etkazdi. Vaziyat har bir daqiqa o’tgani sari yanayam
jiddiylashib borar edi va Karlson zararni minimallashtirish uchun nima qilish
kerakligi to’g’risida o’ylardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |