0-54 ball«qoniqarsiz»
Fan mashg’ulotlari mavzulari bo’yicha koniqarsiz bilimga ega.
Amaliy mashg’ulotda fan mavzulariga bog’liq masalalar yuzasidan
aniq tasavvurga ega emas, bilmaydi.
o’tilgan fanning nazariy va uslubiy asoslarini bilmaslik;
iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil etish bo’yicha tasavvurga ega
emaslik;
o’rganilayotgan jarayonlarga iqtisodiy usullarni qo’llay olmaslik.
Reyting baholash turlari
Maks.ball
O’tkazish vaqti
Joriy nazorat:
36
ma’ruza
mashg’ulotlarda
faolligi,
muntazam
ravishda
konspekt yuritishi uchun
6
Semestr
davomida
Mustaqil
ta’lim
topshiriq-
larining o’z vaqtida va sifatli
bajarilishi
10
Amaliy mashg’ulotlarda faolligi,
savollarga
to’g’ri
javob
berganligi, amaliy topshiriqlarni
bajargan-ligi uchun
20
Oraliq nazorat
34
Birinchi oraliq nazorat yozma
ish
(amaliy
mashg’ulot
o’qituvchisi tomonidan qabul
qilinadi).
14
10 hafta
Ikkinchi
oraliq
nazorat
(ma’ruzachi
o’qituvchisi
tomonidan qabul qilinadi).
Ikkinchi
oraliq
nazorat
2
bosqichda
amalga
oshiriladi.
Birinchi bosqich, 10 ball-talaba
yakka tartibda topshiriqlar oladi
va
himoya
qiladi.
Ikkinchi
bosqich, 10 ball-talabalar kichik
guruhlarga bo’linadi (har bir
guruhda
talabalar
soni
5-7
tagacha bo’lishi mumkin), har
bir guruhga alohida topshiriqlar
beriladi
va
himoya
qabul
qilinadi.
Topshiriqlar
2-3-
haftalar oralig’ida talabalarga
biriktiriladi. Guruhning faolligi,
berilgan topshiriqni nazariy va
amaliy
jihatdan
yoritilishi,
xulosalarning
mantiqiy
bog’liqligi,
kreativ
mulohazalarning
mavjudligi,
huquqiy-normativ
hujjatlarni
20
17-hafta
359
bilishi va boshqa talablarga
mosligi
hisobga
olinadi.
Guruhdagi har bir talabaga 0-10
oralig’ida bir xil ball qo’yiladi.
Himoya
kafedra
mudiri
tomonidan tasdiqlangan grafik
asosida dars mashg’ulotlaridan
so’ng tashkil etiladi
Yakuniy nazorat
30
20 hafta
Yozma ish
30
JAMI
100
4.KEYSLAR BANKI
KEYSLAR
KEYS-1.KENNI ROJERS ROSTERS XITOY BOZORIDA
1995 yilning boshida Franshiz Investment Korporeyshn of Azia (FIKA)
tashkiloti Kenni Rojers Rosters (KRR) kompaniyasi bilan franchayzing
shartnomasini imzoladi va uning konsepsepsiyasini Xitoyning ikki yirik shaharlari –
Pekin va Shanxayda yoyish huquqiga ega bo’ldi. Ushbu loyihani amalga oshirish
maqsadida FIKA tashkiloti prezidenti Toni Vang qiziqish bildirgan mahalliy
kompaniyalardan uchtasi bilan muzakaralar olib borishni boshladi.
Kelishuvning tarixi quyidagicha. 1964 yilda Kentukki Fraed Chiken (KFCh)
firmasining advokati bo’lmish 29 yoshli Djon Broun 60 yoshli Dek Massey bilan
birgalikda KFCh firmasini 74 yoshli Garland Sandersdan 2 mln. Dollar evaziga sotib
olishadi. Keyingi besh yil mobaynida sheriklar kompaniyaning mavjud restoranlari
qatoriga yana minglab yangilarini qo’shishdi va o’rtacha sotuv hajmini yiliga 96%ga
ko’tarishga erishdilar.
Kompaniya bu o’sishga quyidagilar evaziga erishdi:
1. Bozorga kirishning nisbatan kamxarajat yo’li bo’lgan franchayzing
shartnomalarini mahalliy restoranlar bilan imzolashni yo’lga qo’ydi.
2. Kompaniya rahbari Broun eng perspektiv loyihalarni tanlash qobiliyatiga
ega edi.
1971 yilda KFCh Geblen Ink. kompaniyasiga 275 mln. dollar evaziga sotildi.
Natijada ikkala sherik juda boyib ketishdi.
70-yillarda Broun Kentukki shtatining gubernatori etib saylandi va birdaniga
uchta basketbol klubiga (shular qatorida Boston Seltiks) ega bo’ldi. 80-yillarning
oxirlarida AQShda ekologik toza va sog’lom taomlarga talabning keskin oshishi
natijasida ko’pgina restoran egalari sohlom taom menyularini taklif qiladigan yangi
tipdagi restoranlarga pullarini tika boshladilar. Ushbu yangi talabni hisobga olgan
holda, Broun asosiy taomi olovda tayyorlangan tovuq bo’lgan yangi
konsepsepsiyadagi restoranlar zanjirini ochishni rejalashtirdi. Maqsadini amalga
oshirish uchun u o’zining eski qadrdoni, o’sha paytlarda Amerikada mashhur bo’lgan
360
hofiz, 3 ta Gremmi, 4 ta platina albom, 5 ta multiplatina albom va bir qator oltin
albomlar sohibi Kenni Rodjersni taklif etadi.
Shunday qilib, Kenni Rojers Rosters (KRR) kompaniyasi 1991 yil 17 yanvarda
Kentukki shtatining Luisvill shahrida birinchi restoranini, avgustda esa Florida shtati
Koral Geybls shahrida ikkinchi restoranini ochdi. Restoranning asosiy menyusi
ziravorlar va tsitrusda marinadlanib, kuchli olovda qovurilgan tovuq go’shti hamda
bir necha xil garnirlardan (masalan, qaylali kartofel pyuresi, pishirilgan loviya, pasta-
salat) tashkil topdi. Kompaniya juda tez suratlarda o’sa boshladi, xodimlar soni 5
kishidan 100 kishiga etdi. 1995 yilning oxiriga kelib u o’z qarorgohini Florida
shtatining Fort-Lauderdeyl shahriga ko’chirib, 310 ta restoranga egalik qila boshladi.
KRRning AQShning 35 ta shtatida, Kanadada o’ndan ortiq, Gretsiya, Kipr, Isroil,
Malayziya, Koreya, Filippin, Yaponiya, Singapur va Iordaniyada bittadan restoranlari
faoliyat olib borardi. 2002 yilgacha kompaniya o’z restoranlari sonini AQShda 1200
tagacha, boshqa davlatlarda 240 tagacha etkazishni rejalashtirdi.
1995 yil holatiga kompaniya hali o’z aktsiyalarini investorlar orasida uncha
keng taqsimlamagan edi. Firma mulki uning egalari tomonidan quyidagicha
taqsimlangan edi: 28% Brounga, 14,5% Kenni Rojersga, 35% malayziyalik
investorlar guruhiga va qolgan 22,5% Broun va Rojersning bir qator tanishlariga
tegishli edi. Brounnnig o’zi kompaniyaning direktorlar kengashi raisi etib saylangan
edi. Rojers direktorlar kengashi a’zosi bo’lib, bevosita firma faoliyatida ishtirok
etmasdi, lekin kompaniya imijini ommalashtirishda faol ishtirok etardi.
Kompaniyaning boshqaruvchilar tarkibini shakllantirishda Broun ilgari o’zi bilan
KFChda ishlagan odamlarni va Vendays, Burger King, Pitstsa Xat, Arbayz,
Makdonalds kabi tezkor xizmat ko’rsatish restoranlari zanjirlarida ishlaydigan
tajribali mutaxassilarni taklif qildi.
AQShda KRR restoranlari bir vaqtning o’zida 180 tagacha mijozga xizmat
ko’rsatish imkoniyatiga ega edi. Restoranlar asosan kantri-vestern uslubida,
Rojersning ijodiga mos holda bezalardi. Ularda Rojers videolarini va reklama
roliklarini namoyish etadigan monitorla o’rnatilgan edi.
O’tin yoqiladigan mangallar restooranning ko’zga tashlanadigan sohalariga
joylashtirilardi. Garnirlarning xilma-xil turini taklif etadigan bufet-ustun ham
o’rnatilardi. KRR restoranlarida hamma taomlar joyida tayyorlanardi. Tovuq go’shti
tuni bilan marinadlanardi va kuchli olovda tayyorlanardi. Ba’zi garnirlar kompaniya
qarorgohi yaqinidagi o’quv markazida tayyorlanadigan yarimfabrikatlardan qilinardi.
Mehnat xarajatlari sotuvlarning 26-27% ini, xom-ashyo xarajatlari esa 30% ni tashkil
etardi.
Kompaniyaning umumiy daromadi 1993 yilda 68,7 mln., 1994 yilda 150 mln.,
1995 yilda 321 mln. dollarni tashkil etdi. 1995 yilda oldinda buyurtma bo’yicha
sotuvlar umumiy sotuvlar hajmining 45-50% tashkil etdi va kompaniya bu
ko’rsatichni 60% ga etkazishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Restoranning maxsus
darchasi orqali yo’llarda sotuvlar hajmi haftasiga 1800 ta tovuqni, tushumlar esa
yiliga 1 mln. dollarni tashkil etdi.
1995 yiildan e’tiboran KRR kompaniyasining rivojlanishiga franchayzing
shartnomalarining imzolanishi katta turtki bo’ldi. 310 restorandan 85% i bilan
361
franchayzing shartnomalari tuzildi. Kompaniyaning barcha xorijiy restoranlari aynan
shu sxema asosida ishlardi. Shartnomalarni imzolashda restoran biznesini sevadigan
va biladigan restoranlarga imtiyoz berilardi. Kompaniya franchayzing shartnomalari
va kontraktlarni o’rtacha 20 yil muddatga imzolardi. Franchayzing shartnomalari
alohida restoranlar bilan imzolansa, kontrakt shartnomalari 5-10 talik restoranlar
guruhlari bilan tuzilardi.
KRR bilan franchayzing shartnomasini imzolashdagi birlamchi to’lov 29,5 ming
dollarni, joriy to’lovlar esa yiliga sotuv hajmidan 4,5% ni tashkil etardi. Bundan
tashqari, Kompaniyalar uchun reklama materiallarini ishlab chiqish fondiga 0,75%,
Milliy reklama fondiga 2% va Mahalliy reklama fondlariga kamida 3% dan to’lovlar
amalga oshirilardi. Boshlang’ich to’lov shartnoma imzolangunga qadar, qolganlari
esa oy sayin to’lab borilardi. Rivojlanish kontraktlari bo’yicha to’lovlar ham
yuqoridagilar kabi amalga oshirilardi. Boshlang’ich to’lovdan tashqari, mijoz
guruhga qabul qilinadigan har bir qo’shimcha restoran uchun 10 ming dollar
miqdorida to’lovni amalga oshirardi. Bu to’lov restoran qurilishi boshlanishi bilan
to’lanardi.
Kompaniya tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, AQShdagi har
bir yangi restoran qurilishi 650 dan 672 ming dollargacha, mavjud restoranni
rekonstruktsiya qilish esa 405 dan 545 dollargacha bo’lgan mablag’ni talab qilar
ekan. Bu xarajatlarning tarkibiga ijara haqi, me’moriy va muhandislik ta’minoti
xarajatlari, sug’urta, litsenziyalash, asbob-uskunalar, jihozlar, ma’muriy xarajatlar,
birlamchi xom-ashyolarga xarajatlar va boshqalar kiradi.
KRR kompaniyasi franchayzilar va restoranlar uchun xodimlarni tayyorlashga
muhim ahamiyat qaratdi. Uchta tayyorlov kurslaridan iborat tsikl KRR qarorgohi
qoshidagi tayyorlov va rivojlantirish markazida amalga oshirilardi. Hamma
xarajatlar, jumladan transport, istiqomat qilish bilan va hokazolar franchayzi
zimmasiga yuklatilardi. Birinchi kurs uch kun davom etadi va yangi franchayzilar va
sheriklar uchun mo’ljallangan. Qolgan ikki kurs birinchisidan farqli o’laroq majburiy
hisoblanmaydi. Har bir franchayzi sertifikatsiyadan o’tishi shart va kamida 2 ta
menejeri bo’lishi kerak. Barcha menejerlar uchun bitta kurs 4 haftalie intensiv dastur
asosida tashkil etiladi va restoran ochilishigacha 4-6 hafta oldin o’tkaziladi (birinchi
daraja). KRR kompaniyasi mutaxassislar tayyorlashning o’ziga xos uslubidan
foydalanar, unga ko’ra har bir menejer o’zining ustozi bilan birga yashab, ulardan
kunlik operatsiyalarning barcha aspektlarini o’rganishardi.
Ikkinchi daraja menejerlarni bosh direktor lavozimiga tavsiya etishganida talab
etiladi. Bu 6-kunlik dastur faqatgina operatsion amallarni o’rganish bilan
chegaralanibgina qolmay, menejmentning nozik qirralariga, masalan personal va
mijozlar bilan munosabatlar, ayniqsa muammoli vaziyatlardagi holatlarga e’tiborni
qaratadi.
AQShda yangi restoranning ochilishi bilan 60-65 ish o’rni yaratiladi va bu ish
o’rinlarining taxminan 60% i faoliyatning ilk oylarida band etiladi. KRRning
tayyorlov va rivojlantirish markazi uskunalarni ishlatish va taom tayyorlash bilan
bog’liq operatsiyalarni namoyish etadigan 12 qismdan iborat videodasturni ishlab
chiqdi. Bu videomaterial mahalliy xodimlar bilan bir qatorda xorijdagi xodimlarni
362
ham tayyorlashda ishlatiladi. Har bir mamlakat uchun alohida menyularni tuzish
jarayoni restoranlar faoliyatining muhim qismi hisoblanadi. Masalan, pishirilgan
loviya bilan bekonga bo’lgan talab musulmon mamlakatlarida juda past. Bunday
holatlarda franchayzilar mamlakatda sertalab va shu bilan birga kompaniya
standartlariga javob beradigan taomlarni taklif qilishlari zarur. Bir xil taomni
tayyorlashda har bir mintaqaning mijozlarining didi va talablarini e’tiborga olish juda
zarur. Masalan, Tinch okeani mintaqasida taom tayyorlashda iloji boricha kamroq
shakar mahsulotlarini ishlatish tavsiya etiladi. Biroq, har bir menyu kompaniya
qarorgohi bilan kelishilgan holda tuzilishi lozim.
Menyuni ishlab chiqishda KRR o’zining aksar mahsulotlari va uskunalariga
umumiy standartlarni joriy qildi. O’z-o’zidan ma’lumki, kompaniya dunyoning har
bir mamlakatida tovuq go’shti, non mahsulotlari, ziravorlar, marinadlar, qadoqlarni
etkazib beruvchilarni belgilab oladi. Aksariyat hollarda mahalliy tovuq go’shti
etkazib beruvchilarni topish qiyin emas. Ammo ba’zi maxsus mahsulotlar, marinadlar
va qadoqlar kompaniyaning amerikadagi etkazib beruvchisidan sotib olinadi.
KRR qarorgohi va franchayzilar o’rtasidagi aloqaning uzluksizligini ta’minlash
uchun har bir franchayzi o’z restoranlarida kompyuter tizimini o’rnatishi alab
qilinadi. Bunday tizim KRRga har bir restorandan sotuvlar to’g’risidagi
ma’lumotlarni o’z vaqtida olishga va franchayzini moliyaviy hisobot tayyorlash va
restoranni muvaffaqiyatli boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot bilan ta’minlash
imkonini yaratadi. Shu bilan birga, kompaniya dunyoning har bir mamlakatida
zahiralarni boshqarish, daromad-yo’qotishlar ko’rsatkichi nazoratining standart
shakllariga ega.
Keysning boshida aytilganidek, KRRning Xitoy bozoriga kirishida KFChning
sobiq xodimi, Uzoq Sharq mintaqasida katta ish tajribasiga ega bo’lgan Toni Vang
bosh figuraga aylangan edi. Toni Vang 1944 yilda Xitoyning Sichuan provintsiyasida
tug’ilib, Tayvanda ulg’aydi va 60-yillarning oxirlarida AQShga ko’chib o’tdi.
AQShda u avvaliga Kentukki shtati Luisvil shahridagi KFCh kompaniyasida menejer
bo’lib ishladi. Bir qator lavozimda ko’tarilishlardan so’ng u 1986 yilda
kompaniyaning Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi bo’yicha vitse-prezidentiga aylandi.
Uning ofisi Singapurda joylashgan bo’lishiga qaramasdan, Vang asosiy e’tiborini
Xitoyga qaratdi (1,2 mlrd. aholi va ovqatlanish industriyasining sust rivojlanganligi
tufayli). 1987 yilda u Pekin shahrida birinchi g’arb andozasidagi tez ovqatlanish
restoranini ochishda bevosita ishtirok etdi. Bu restoran KFChning dunyodagi eng
yirik restoraniga aylandi va Tyananmqn maydonida Mao maqbarasining ro’parasida
joylashdi.
Qushma korxona tuzishda sheriklarni tanlashda Vang restoran rivoji uchun
joylashish joyi maqbul bo’lganlariga xayrixohlik bildirardi. U restoranni ochishda va
uning keyingi faoliyati rivojida o’ziga tegishli rol o’ynaydigan uchta xitoylik sherikni
tanladi: Pekindagi hayvonlarni urchitish byurosi (qo’shma korxonaning 10% ulushiga
ega) restoranni mahalliy tovuqlar bilan ta’minlashni o’z bo’yniga oldi; Pekin turist
byurosi (ulushi 14%) joyni tanlashda, hukumatdan turli ruxsatlarni olishda, ijara va
personalni tanlashda yordam berardi; Xitoy banki (ulushi 25%) daromadni
konvertatsiyalashda yordam berardi. Tovuq narxining yuqori bo’lishiga qaramasdan
363
(AQShga nisbatan ikki barobar qimmat), loyiha o’zini oqladi. Vang Xitoyda restoran
ochilishini quyidagicha baholadi: “Biz kommunistik davlatlardagi ilk g’arbiy tez
xizmat ko’rsatuvchi restoran edik. Bu judayam hayajonli g’oya edi. Ertalablari
restoran ochilishi oldidan uning eshiklari tagida katta navbat to’planardi va biz bu
navbatni tartibga solish uchun politsiyani chaqirishimiz odatiy holga aylangandi”.
1989 yilning sentyabr oyida Toni Vang KFCh kompaniyasidan SP Fuds Servises
Ko (bu firma Osiyoning eng yirik qishloq xo’jalik kompaniyasi hisoblanmish
Charoen Pokfand Grupp tarkibiga kirardi) kompaniyasiga prezident bo’lib o’tdi.
Yana ikki yildan so’ng Vang AQShga qaytdi va V.R.Greys end Ko ga tegishli Greys
Fud Servises kompaniyasiga prezident bo’ldi. Bir yil o’tib Vang aylanmasi 1,2 mlrd.
dollar bo’lgan Fudmeyker Interneshnl kompaniyasiga prezident etib tayinlandi.
O’zining 8 yillik faoliyati davomida Vang 800 ta yangi restoran ochdi, ularning
aksariyati Tinch Okeani mintaqasida edi.
1993 yilning yanvarida Sietl shahrida joylashgan Vang boshqaruvidagi Djak in
de Boks zanjiriga tegishli restoranlardan birida ifloslangan gamburgerlarning topilishi
ortidan kompaniya katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bosh aybdor kaliforniyalik
etkazib beruvchi bo’lishiga qaramasdan, Fudmeyker serxarajat sudlashish jarayonini
boshlashga majbur bo’ldi. Yuzaga kelgan g’ala-g’ovur sotuvlar hajmi va moliyaviy
tushumlarning keskin kamayishiga olib keldi. Shu tufayli kompaniya xalqaro
bozordagi kengayishni orqaga surib turishga qaror qildi.
Toni Vang xalqaro miqyosda kengayishinig katta imkoniyatlarini sezgan holda
o’zining shaxsiy mablag’larini jalb qila boshlaydi. Unin shaxsiy Kuik Servis Restoran
(KSR) kompaniyasi Fudmeyker bilan shartnoma tuzadi va Yaqin Sharq, Osiyo,
jumladan Xitoy va Yaponiyada Djak in de Boks konsepsepsiyasini rivojlantirish va
franchayzing shartnomalarini tuzish huquqini oladi. Bu kelishuv 1994 yilning 1
yanvaridan e’tiboran keyingi 10 yil davomida KSR kompaniyasiga yuqorida
keltirilgan mintaqalarda biznesni rivojlantirish uchun mustaqil tarzda franchayzilarni
tanlash, ular bilan qo’shma korxonalar tuzish, franchayzilardan olingan tushumlarni
Fudmeyker kompaniyasi bilan bo’lib olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu vaziyatni
Vang qo’yidagicha sharhladi: “Bu o’zaro foydali kelishuv. Ular nou-xauga ega
bo’lgani bilan, pullari bo’lmasa, nima ham qila oladilar? Ularning yirik
konsepsepsiyasi bor, lekin uni xalqaro miqyosda qo’llay olishmaydi”.
Ovqatlanish industriyasiga qaytganidan so’ng Vang boshqa investitsion
loyihalarda ham ishtirok etadi. Masalan, 80-yillarning oxirlaridan boshlab u eng yirik
amerika sug’urta kompaniyalaridan biri Ameriken Interneshnl Grup Ink. (AIG)
rahbariyati bilan aktiv muzokaralar olib bordi. 1990 yilda AIG franchayzing bozorida
faoliyat yuritishi ko’zda tutilgan FIKA kompaniyasini ta’sis etadi va unga prezident
sifatida Vangni taklif etadi. Biroq Vang bu g’oyani hali erta deb hisoblaydi.
Vang bu taklifni 4 yil o’tganidan keyingina qabul qildi va 1991 yil yanvaridan
e’tiboran FIKA prezidenti va mulkdoriga aylanib, qarorgohni Gonkongga ko’chirdi.
Kompaniya aktsiyalari qo’yidagicha taqsimlandi: 60% - AIG, 40% - KSR.
FIKA kompaniyasi quyidagi vakolatlarga ega bo’ldi:
1. Osiyoda franchayzing kelishuvlarini imzolash va konsepsepsiyalarni
rivojlantirish;
364
2. Mintaqada franchayzilar uchun konsultatsiyalar berish;
3. Franchayzilarni xom-ashyo bilan ta’milab berish.
FIKA kompaniyasi o’sha paytning o’zida Filippin va Tayland bozorlarini
egallash uchun Tsirkl-K kompaniyasi bilan, Xitoy bozorini egallash uchun esa Karvel
Ays Krim kompaniyasi bilan franchayzing shartnomasini imzoladi. Keyinchalik
ularning hamkorligi Tinch Okeani mintaqasining boshqa bozorlariga ham tarqaldi.
1994 yilda FIKA KRRning Xitoy bozoridagi faoliyatini ushbu bozordagi o’z
ekspansiyasini kengaytirish maqsadida o’rganishni boshladi. 1995 yilda FIKA
KRRdan Pekin va Shanxay shaharlarida tez xizmat ko’rsatish restoranlarini ochish
huquqini oladi.
Franshiza huquqi uchun to’lovlardan tashqari Vang birinchi restoranni qurish
uchun mablag’ topishi lozim edi. Restoran joyi tasdiqlanganidan so’ng (kerakli
xodimlar va menejerlarni topish osonligi tufayli bu shahar Pekin bo’lib chiqdi) Vang
mahalliy sherikni izlay boshladi. Xitoy uzoq vaqt mobaynida ochiq eshiklar siyosatini
olib borayotganligiga qaramasdan, investitsiyalar sohasiga bu narsa tegishli emas edi:
ovqatlantirish kompaniyasi 100% xorijiy egalik huquqiga ega bo’lishi mumkin emas
edi. Shu bilan bir qatorda, egalik huquqiga oid bir qator echilmagan muammolar
mavjud edi. Shundan kelib chiqib, Vang sherik tanlashda “tashkiliy kuch” taklif qila
oladigan va ko’nikmalarga ega bo’lgan kompaniyaga e’tiborini qaratdi.
Avvaliga Vang o’zining KFChdagi eski tanishlari bilan aloqa o’rnatdi. Keyin u
o’z vaqtida hamkorlik qilgan Ist Siti Fud Servises end Distribyushn Ko
kompaniyasiga chiqdi. Bu kompaniya shahar hukumatiga tegishli bo’lib, Pekin va
uning atroflarida har xil tipdagi 30 ta xitoy restoranlariga va 100 dan ortiq sotuv
nuqtalariga egalik qilardi. Muzokaralar natijasi o’laroq, Vang kompaniya
rahbariyatidan kadrlar siyosati, marketing va ta’minot sohasida qo’llab-quvvatlash
imkoniyatini oldi.
Vang muzokaralar olib borishni boshlagan ikkinchi kompaniya yirik xalqaro
savdo kompaniyasi bo’lmish Greyt Uoll Treyding Ko ning Pekindagi filiali edi. U
g’arb ishbilarmon doiralarida keng aloqalarga ega bo’lib, boshqa xorijiy transmilliy
kompaniyalar kabi Pekinda investitsiyalarni amalga oshirishga qiziqish bildirardi.
Vangning uchinchi sherik kompaniyasi – ko’chmas mulk bilan shug’ullanuvchi
D end D Realti Ko bo’lib, yillik aylanmasi 1,8 mlrd. dollarni tashkil etardi va
qarorgohi Gonkongda joylashgan edi. 1993 yilda u Xitoy bozoriga kirishni boshladi
va 1994 yilda Pekinda o’z ofisini ochadi. 1995 yilda u Pekin markazida joylashagan
va Gonkong investorlari puliga qurilgan yangi 14-qavatli biznes markaz ijarasi
bo’yicha agentga aylandi. Kompaniya ushbu binoning birinchi qavatida tegishli
restoran ochilishidan manfaatdor edi va shu tufayli FIKA bilan kelishuv imzoladi.
Keyinchalik u Vangga KRR restoranlari uchun butun Pekin bo’ylab binolarni izlab
topishni va’da berdi.
1995 yilda Toni Vang FIKA prezidenti sifatida boshqa majburiyatlarga ega
bo’lishiga qaramasdan, KRR restoranlarining Pekinda tarqalishiga katta kuch sarflay
boshladi. Ammo KRR konsepsepsiyasi bilan bog’liq holat FIKAning boshqa savdo
konsepsepsiyalarini Xitoy bozoriga yoyishga xalaqit bera boshladi. KRR
konsepsepsiyasidagi restoranlarining intensiv rivojlanishiga Xitoy bozorining
365
to’yinmaganligi ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. 1995 yilning oxirida Pekinda 17 ta
MakDonalds, 10 ta KFCh, Xard Rok Kafe, Pitstsa Xat va TDjAy Fraydis kabi
zanjirlarning restoranlari ham faoliyat yuritayotgan edi.
G’arb tez ovqatlanish restoranlarinnig va taomlarining mashhurligiga hamda
Xitoy bozorining ulkan potentsialiga qaramasdan, Xitoy ommaviy ovqatlanish
industriyasi juda sekin templarda rivojlanayotgandi va juda katta tavakkalchilikni
taqozo etardi. MakDonalds va KFCh kompaniyalari lizing bo’yicha faoliyat
yuritishardi. 1995 yilning fevralida MakDonaldsning rahbariyati ularning dunyodagi
eng yirik va ilg’or restorani ijara binosini tark etishi lozimligi to’g’risida
ogohlantirildi. Gonkonglik milliarder Li Ka-Shing bu joyda yangi savdo va biznes
markazini qurishni rejalashtiradi. MakDonalds rahbariyati uzoq muddatli ijara
shartiga asoslanib, bu ogohlantirishlarni e’tiborga olmadi. Restoran o’sha yilning kuz
mavsumigacha ishlagan bo’lsada, atrofda olib borilayotgan qurilish ishlari uning
faoliyatiga ta’sir ko’rsata boshladi. Pekinda ishlayotgan ishbilarmon doiralarda atayin
ijara shartnomasining mavjud emasligi to’g’risida mish-mishlar tarqala boshladi. Boz
ustiga KFCh Tyananmin maydonidagi restoranning ijara shartnomasini ijara to’lovi
oshirilganligi tufayli uzaytirish imkoniyatidan voz kyechishi to’g’risidagi mish-
mishlar ham tarqala boshladi. Ammo Xitoyda biznes yuritish muammolari nafaqat
ijara muammoalari bilan, balki materiallar va uskunalar importiga yuqori bojlar (50-
100% atrofida) bilan ham bog’liq edi. KRR mutaxassislari hisob-kitoblariga ko’ra,
bitta restoran uchun uskunalarni import qilish kamida 150 ming dollarga tushar ekan.
Boshqa muammo personalni tanlash va tayyorlash bilan bog’liq bo’lib, sababi, 15 ta
yangi restoran uchun yaqin bir necha yil ichida minglab xodim zarur edi. Personalni
tayyorlash gurug’larida hech kim xitoy tilini bilmasdi, xitoy tilida uslubiy materiallar
ham mavjud emasdi.
Vang oxirgi paytda ish haqi tez suratlarda o’sa boshlaganligini aniqladi. Xorijiy
transmilliy kompaniyalar ingliz tilini birmuncha biladigan xodimlariga oyiga 1500
yuan, inglizchada erkin so’zlasha oladigan top-menejerlarga esa 10 ming yuan maosh
berardi. Taqqoslash uchun: Xitoyda xodimlarning 95% idan ko’prog’i davlat
sektorida band bo’lib, ularning o’rtacha oylik maoshi 500-700 yuandan iborat edi.
Pekinda bunday maoshdan aqalli ijara haqini to’lash ham qiyin hisoblanardi. Natijada
hukumat subsidiyalar hisobiga oylik yashash to’lovini 80 yuangacha tushirishga
muvaffaq bo’ldi. Subisidiyaga kirmaydigan yashash joylarining ijara haqi shu
paytning o’zida kamida 1000 yuan bo’lib, ularning narxi joylashishi, qulaylik
darajasiga qarab o’zgarardi.
1995 yilning oktyabr oyigacha KRR qarorgohida mahalliy etkazib beruvchilar
borasida noaniqlik hukmron edi va bu o’z navbatida menyuni shakllantirishda
qiyinchilik tug’dirardi. Xitoy oshxonasida tovuq go’shti doimo tanovul qilinishiga
qaramasdan, KRRning an’anaviy menyusi Pekinda hali sinovdan o’tkazilmagandi.
Xitoyliklarning AQShda baralla reklama qilinayotgan sog’lom ovqatga munosabati
ham qanaqa bo’lishi borasida noaniqliklar mavjud edi. Vang va uning hamkasblari
oldida qisqa vaqt mobaynida echilishi shart bo’lgan bir qator muammolar yuzaga
kelgandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |