Muvozanat tamoyili
Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng oson yo’li – chuqur
nafas oling va «Qo’limdan kelganini uddalayman» degancha xotirjamlik bilan ro’yxat
tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar ekansiz, eng muhimlarini
amalga oshirishga vaqtingiz etishiga ishonch hosil qilasiz.
Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib
ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, o’z vaqtida to’xtamasangiz, u payt
poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador bo’lish uchun taym-menejementning o’zi kamlik qiladi.
Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda ko’p bo’lishi mumkindir, lekin
oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling.
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda o’tkazadigan vaqtingizni belgilab
oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |