Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

Global savdo mexanizmi. 

Umumjahon savdo tashkiloti (UST) 1995 yilning 1-yanvarida tashkil topdi. UST 

ko’p  tomonlama  savdo  tizimlarining  huquqiy  va  institutional  asosidir.  U  muhim 

shartnoma  majburiyatlarni  ta’minlaydi.  Bu  shartnoma  majburiyatlari  hukumatlarga 

ichki  qonunchilikni  shakllantirish  va  amalga  oshirishda,  shuningdek  tashqi  savdoni 

boshqarishni  aniqlab  beradi.  UST  1947  yilda  tashkil  topgan  va  1948  yilning  1-

yanvaridan  kuchga  kirgan  Tariflar  va  savdo  bo’yicha  bosh  kelishuv  (GATT)ning 



558 

 

davomchisi  hisoblanadi.  UST  kelishuvi  xalqaro  savdoning  yangi  qonuniyatlarini, 



Urugvaydagi ko’p tomonlama muzoqaralar jarayonida erishilgan bitimlarni umumiy 

idoraga  jamlashni  qamrab  oladi.  Bu  qoidalar  GATT  doirasida  125  ta  mamlakat 

ishtirokida  yetti  yil  davom  etgan  va  1993  yilning  15  dekabrida  Urugvayda  tugagan 

ko’p  tomonlama  muzoqaralar  natijasidir.  Vazirlar  1994  yil  aprelda  Marokashdagi 

majlisda  Yakunlovchi  aktni  imzoladilar.  15  apreldagi  «Marokko  deklaratsiyasi» 

Shuni  tasdiqladiki,  Urugvay  raundi  natijalari  jahon  iqtisodiyotini  mustahkamlab, 

savdo va kapital qo’yilmalarini, bandlikni liberallashtirib, butun jahonda tushumlarni 

ko’payishga  olib  keladi.  GATT-USTning  qismi  sifatida  quyidagi  asosiy  qoidalarga 

ega: 

1. 


Tariflar  orqali  milliy  iqtisodiyotni  himoyalash.  GATT  erkin  savdo  bilan 

shug’ullansa  ham  USTga  a’zo  mamlakatlari  o’zlarining  milliy  sanoatini  tashqi 

raqobatdan himoya qilish huquqiga egaligini tan oladi. Biroq, GATT mamlakatlardan 

tariflar  orqali  himoya  qilishni  talab  etadi.  Bu  tamoyilni  amalda  bajarilishini 

ta’minlash  uchun  GATT  qonun  -  qoidalariga  ko’ra  bir  necha  istisnolar  bo’yicha 

miqdoriy cheklovlardan foydalanish man etildi. 

2. 

«Tariflarni  aloqalash».  Davlatlar  ko’p  tomonli  savdo  kelishuvlari  orqali 



milliy  sanoatni  qo’llab-quvvatlashni  kamaytirishi,  iloji  bo’lsa,  tariflarni  kamaytirib, 

boshqa  savdo  to’siqlarini  olib  tashlashi  kerak.  Tariflar  ma’lum  darajada  kamayib 

«aloqa»ga  kirmoqda.  Aloqaga  kirishish  shuni  bildiradiki,  aniq  bir  mahsulotni 

munosabatga  kirishishdagi  tarif  darajasi  UST  a’zosining  majburiyatidir  va  asosiy 

savdo sherigi bilan kompensatsiya haqidagi kelishuvsiz tarifni oshira olmaydi. 

3. 


«Eng  qulay  rejim»  .GATT  ning  ushbu  qonuni  ajratmaslik  prinsipi 

hisoblanadi.  Qonunda  ta’kidlanishicha,  eksportyor  va  importyor  davlatlarga 

o’zgartirilgan tarif va boshqa me’yorlar USTning a’zosi bo’lgan boshqa davlatlarga 

ham  kamsitishlarsiz  qo’llanilishi  kerak.  Xech  qanday  davlat  boshqasiga  alohida 

savdo  foydasi  yoki kamsituvchi choralar qo’ya  olmaydi. Hamma  bir  xil  darajada va 

hamma savdo to’siqlarini tushirish maqsadidagi barcha choralardan foyda oladi. 

4. 

«Milliy  rejim».  Agar  afzal  ko’rilgan  davlatlarda  kamsitish  man  qilingan 



bo’lsa, «Milliy rejim» qoidasida esa bozorga chiqarilgan tovarlar davlat ichida ishlab 

chiqarilgan ekvivalent tovarlar bilan bir xil shart- sharoitda amalga oshirilishi kerak. 

Umumjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lish jarayoni qiyin va uzoq vaqtni talab 

qiladi.  Birinchi  bosqichda  USTga  qo’shilishni  xohlovchi  davlatlarning  hukumat 

boshliqlari  USTda  kuzatuvchilik  huquqini  beruvchi  ariza  beradi.  Bunda  hukumat 

USTga yuboruvchi o’z memogapdumida mamlakatning savdo va iqtisodiy siyosatini 

to’liq  qamrab  olgan  aspektlarni  taqdim  etadi.  Bu  memogapdum  qo’shilish 

to’g’risidagi  so’rovlarni to’liq o’rganish uchun  asos  bo’ladi.  Shundan  so’ng  USTga 

ariza  beruvchi  davlatlar  bo’yicha  ishchi  guruh  tuziladi.  Ishchi  guruh  yigilishlarida 

ariza  bergan  hukumat  tovar  va  xizmatlar  savdosiga  nisbatan  o’z  huquq  va 

majburiyatlarini 

aniqlab  olishlari  maqsadida  qiziquvchi  a’zo-mamlakatlar 

hukumatlari  bilan  ikki  va  ko’p  tomonlama  muzokaralar  olib  boradi.  Muzokaralar 

natijasida USTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi bo’yicha bajarishi 

lozim  bo’lgan  va  o’zgartirilmaydigan  aniq  bir  tariflar  beradi.  Ariza  beruvchi 

davlatning savdo rejimini o’rganish va bozorga kirishga imkon beruvchi muzokaralar 




559 

 

tuzish  bilan  ishchi  guruh  asosiy  qo’shilish  shartlarini  ishlab  chiqadi  va  yig’ilish 



natijasiga ko’ra USTga kirayotgan davlat to’g’risida qaror tayyorlaydi va bu hujjatlar 

bosh  kengash  yoki  vazirlar  konferensiyasida  tasdiqlash  uchun  taqdim  etiladi. 

Qo’shilish  to’g’risidagi  qaror  UST  a’zolarining  2/3  qismi  ovoz  bergan  taqdirda 

imzolangan  hisoblanadi.  USTga  a’zo  bo’lgan  davlat  Urugvay  raundi  qamrab  olgan 

bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kerak bo’ladi. 

Urugvay raundi yangi ko’p tomonlama savdo tizimi tashkil topishida muhim rol 

o’ynaydi.  1994  yilning  15  aprelida  Marokashda  (Marokko)  125  ta  a’zo-

mamlakatlarning  vazirlari  Urugvay  raundi  quyidagi  tizimlardan  tashkil  topganligini 

tasdiqlovchi bitimni imzoladilar. 

Umumjahon Savdo Tashkiloti to’g’risida Marokash bitimi. 

• 

Tovarlar savdosi 



• 

Xizmatlar savdosi. 

• 

Xizmatlar savdosi. Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh bitim (GATS) 



• 

Intellektual  resurslar  huquqi  (IPRS).  Intellektual  resurslar  savdosi  bo’yicha 

bitim o’z navbatida: 

Chegaralangan ishtirokchilar soniga ega sektorial savdo bitimga. 



Fuqaro aviatexnikasi bo’yicha bitimga. 

Davlat xaridorlari to’g’risidagi bitimlarga bo’linadi. 



2001 

yilning  noyabrida  Doha  shahrida  (Qatar)  USTning  4-vazirlar 

konferensiyasi  bo’ldi.  Uning  natijasida  «Doha  taraqqiyot  tartibi»  savdo 

muzokaralarining  yangi  raundi  bosqichi  to’g’risida  qaror  qabul  qilindi. 

Konferensiyada  dunyo  savdo  tizimining  liberalizatsiyasi  bo’yicha  qo’yidagi  asosiy 

mavzular-  xizmatlar,  sanoat  mollari  savdosi  tariflari,  intellektual  mulk  huquqining 

savdo  tomonlari,  qishloq  xo’jaligida  ichki  qo’llab-quvvatlash  va  eksportga 

subsidiyalar berish, «Singapur muammolari», savdo va investitsiya, raqobat borasida 

siyosat,  davlat  xaridlarida  tgapsparentlik,  savdo  hamkorligi,  savdo  va  atrof-muhit 

muammolari kabi  mavzular ko’rib  chiqildi. Bu  muammolar  bo’yicha turli qarashlar 

konsepsiyasi bilan bog’liq bo’lgan jahonning 148 mamlakatni savdo vazirliklari 2003 

yilning  10-14  sentyabrida  Meksikaning  Kankun  shahrida  bo’lib  o’tgan  USTning  5-

vazirlar konferensiyasi chog’ida  savdo  tizimini  erkinlashtirish bilan bog’liq bo’lgan 

yagona fikrga kela olmadilar.  

Jahon amaliyotida tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishni tarif va notarif 

uslublari  mavjud  bo’lib,  ularni  qay  me’yorda  va  qay  ko’lamda  qo’llanilishi  har  bir 

davlatning  tashqi  iqtisodiy  siyosati  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyatidagi  asosiy 

yo’nalishlari  bilan  belgilanadi.  UST  talablariga  ko’ra  barcha  tashqi  savdo 

operatsiyalari imkon qadar tariflar yordamida, ya’ni bojxona bojlari asosida tartibga 

solishni maqsadga muvofiq. 

UST  tashkil  etilgunga  qadar  GATT  1960-yillar  oxirlarida  notarif  uslublarni 

tashqi  savdo  operatsiyalarini  tartibga  solishda  qo’llanilishi  «xalqaro  savdoni  erkin 

oqimiga to’sqinlik qiluvchi, tarifdan o’zga barcha choralar»-deb e’tirof etgan. Ularni 

turkumlash  va  tegishli  guruhlarga  ajratish  bo’yicha  hozirgi  kungacha  xalqaro 

miqyosda  kelishilgan  va  tasdiqlangan  umumiy  bir  qoida  yo’q.  Shu  tufayli  tashqi 



560 

 

savdoni  davlat  tomonidan  notarif  uslublar  asosida  tartibga  solishda  xalqaro 



(universal) me’yoriy hujjat mavjud emas. 

UST,  xalqaro  savdo  palatasi,  BMTning  savdo  va  rivojlanish  bo’yicha 

Konferensiyasi,  Jahon  taraqqiyot  va  tiklanish  banki,  AQSh  tarif  komissiyasi  hamda 

turli  olimlarning  notarif  uslublarini  turkumlashga  o’zgacha  yondashuvlari  mavjud. 

BMTni  savdo  va  rivojlanish  konferensiyasi  tashqi  savdodagi  notarif  uslublarni 

(notarif cheklovlarni) quyidagi turkumlarga bo’ladi va u umuman olganda USTning 

turkumlashiga mos keladi: 

a) paratarif uslublar 

b) narxlarni nazorat etish choralari 

c) moliyaviy choralar 

Paratarif  uslublar  o’z  mazmuniga  ko’ra  tegishli  davlat  hududida  xorijiy 

tovarlarni  kiritish  chog’idan  bojxona  bojlaridan  tashqari  mavjud  bo’lgan  barcha 

to’lovlar,  soliqlar,  aksizlardan  tarkib  topgan  bo’lib,  bojxona  yoki  boshqa  savdoni 

nazorat  etuvchi  organlar  tomonidan  undiriladi.  Bir  ko’rishdan  ular  bojxona  bojlari 

singari qo’llanilsada,  iqtisodiy  mazmuniga  ko’ra  notarif  uslublar  sanaladi.  Masalan, 

qo’shimcha  qiymat  solig’i  (QQS),  aksizlar,  bojxona  undiruvlari,  ichki  soliqlar, 

maxsus maqsadli to’lovlar. Ular ichida QQS, aksizlar juda keng qo’llanilsada, ayrim 

davlatlarda esa o’zgacha tarzdagi to’lovlar, soliqlar tarzida belgilangan. 

Masalan, Avstriyada «Eksportni rivojlantirish fondiga yig’im», Daniyada «Atrof 

muhit himoyasi uchun yig’im», Shvetsiyada «O’simliklarni himoyalash uchun soliq», 

Finlandiyada  «Chiqindilarga  kurash  uchun  yig’im»  va  boshqa  shu  kabi  yig’im  va 

soliqlar  shular  jumlasidandir.  Umuman  olganda  paratarif  uslublar  tegishli 

mamlakatning yalpi bojxona rejimiga bilvosita ta’sir o’tkazadi. 

Narxni  nazorat  etish  choralari-import  qilinayotgan  tovarlar  narxini  sun’iy 

kamaytirishiga  yoki  eksporter  davlatdagi  eksport  subsidiyalariga  qarshi  belgilangan 

barcha  turdagi  chora  tadbirlarni  o’z  ichiga  oladi.  Bu  holat  ko’pgina  importyor 

davlatlarga jahon eksport narxlaridan past narxlarda tovarlar kiritilishida uchraydi va 

antidemping to’lovlari (poshlinalarni) qo’llanilishini keltirib chiqaradi. 

GATTning 1994 yillarda qabul qilingan VI-moddasiga (odatda u «Antidemping 

Kodeksi» deb ataladi) ko’ra, dastlab demping holatini (faktini) aniqlash uslubi orqali 

antidemping  to’lovlari  (poshlinalarni)  qo’llash  yuridik  jihatdan  asoslanishi  lozim. 

Shundan  so’ng,  antidemping  to’lovlarni  (poshlinalarni)  qo’llash  uchun  tegishli 

tekshiruvlar o’tkaziladi va u haqiqatda importyor davlatning tegishli tarmog’i uchun 

moddiy zarar yetkazganligini aniqlash kerak. 

Ko’plab  davlatlar  o’rtasidagi  savdo-sotiq  operatsiyalarida  antidemping 

tekshiruvlari  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  ko’pgina  holatlarda  «dempingdagi  ayblov» 

to’liq  isbotlanmay  qoladi.  Lekin,  ushbu  tekshiruvlarni  boshlanish  jarayonining  o’zi 

davlatlar  o’rtasidagi  savdo-sotiq  munosabatlariga,  ayniqsa  yirik  eksportyor  va 

importyor tashkilotlar o’rtasiga sovuqchilik tushiradi. 

Bundan  tashqari,  ko’p  davlatlar  eksportga  ko’mak  berish  maqsadida 

dotatsiyalar, soliq imtiyozlari, imtiyozli tariflar va boshqa turdagi moliyaviy vositalar 

bilan  protensionistik siyosati tadbirlarini  amalga oshiradilar. «Yangi proteksionizm» 




561 

 

deb  nom  olgan  ushbu  choralarni  qo’llash  tartibi  UST  doirasida  qabul  qilingan 



«Subsidiyalar va kompensatsion poshlinalar to’g’risidagi Bitim»da o’z aksini topgan. 

Moliyaviy  choralar-  valyuta  operatsiyalarini  amalga  oshirishning  o’ziga  xos 

qoidalari  tarzida  tashqi  savdo  aloqalarida  qo’llaniladi.  (Masalan,  tashqi  savdo 

operatsiyalaridan olingan valyuta tushumining bir qismini albatta sotish tartibi). 

Miqdoriy nazorat choralari (kvotalash) tegishli mamlakatga muayyan tovarlarni 

kiritish va chiqarishdagi miqdoriy chegaralarni qo’llanilishida o’z ifodasini topadi. 

GATTning  1994  yilda  qabul  qilingan  hujjatlarida  miqdoriy  choralarni 

amaliyotda qo’llanilishidan voz kyechish-jahondagi tegishli iqtisodiy munosabatlarni 

erkinlashtirish omili sifatida belgilangan bo’lsada, u yoki bu tovar bo’yicha miqdoriy 

cheklovlarni qo’llashga ruxsat etilgan. Shu tufayli, ko’pgina davlatlar, mamlakatning 

to’lov  balansida  muvozanatni  saqlash,  ichki  bozordagi  raqobatni  ta’minlash 

maqsadlarida miqdoriy cheklov (kvotalash) choralarini qo’llaydilar. Ko’p hollarda u 

import qilinayotgan tovarning fizik miqdori bo’yicha cheklov, (xususan tonna, dona, 

metr va h.k.) yoki tovarlar guruhi bo’yicha pul miqdoridagi cheklov (masalan, 5 mln. 

AQSh dollari hajmida) belgilandi. 

Avtomatik  litsenziyalash  choralari,  tegishli  tovarni  mamlakatga  kiritish  va 

chiqarishda 

muayyan 


hujjat-litsenziyaning 

mavjud  bo’lishini  talab  etadi. 

Litsenziyalash  kiritilishi  bilan  tovarlar  savdosini  monitoring  qilish,  kuzatish  imkoni 

vujudga  keladi.  Odatda  litsenziyalashning  avtomatik  tarzda  amalga  oshirilishi 

ko’pgina  davlatlar  tajribasida  keng  qo’llanildi.  UST  doirasida  «Importni 

litsenziyalash  tadbirlari  to’g’risidagi  Bitim»  (Importni  litsenziyalash  Kodeksi) 

mavjud bo’lib, u import litsenziyalarini berishdagi rasmiyatchiliklarni soddalashtirish 

va unifikatsiyalashtirishga qaratilgan. 

Monopolistik choralar tarkibiga davlatning rivojlanish bosqichida ichki va tashqi 

savdo  tizimini  davlat  qo’lida  saqlanishiga  oid  bo’lgan  tashkiliy  jarayonlar  kiradi. 

Tashqi  savdoga  davlat  monopoliyasi  u  yoki  bu  tovar  guruhiga  yoki  barcha  tizimga 

ham  taaluqli  bo’lishi  mumkin.  Bunda  ushbu  tadbirlar  ma’naviy  asoslar,  sihat-

salomatlikni  saqlash  (masalan,  alkogol  va  tamaki  mahsulotlariga  nisbatan),  aholini 

uzluksiz dori-darmon bilan ta’minlash, oziq-ovqat bo’yicha xavfsizlik (masalan, don 

mahsulotlariga nisbatan), sanitariya-veterinariya nazoratini kuchaytirish maqsadlarida 

(masalan, oziq-ovqat va go’sht mahsulotlariga nisbatan) qo’llanilishi mumkin. 

GATTning  1994  yilgi  Bosh  Bitimining  XVII-  moddasi  tashqi  savdoda 

monopolistik choralar qo’llanilishini nazarda tutadi va davlat savdo korxonalarining 

unda  faoliyat  yuritishini  man  etmaydi.  Lekin, ular  o’z  faoliyatida diskriminatsiyaga 

yo’l qo’ymasliklari va tijorat prinsiplari asosida sifat va narx bo’yicha mutanosiblikni 

ta’minlashlari zarurligi alohida ta’kidlab o’tilgan. 

Texnik  choralar  yoki  texnik  baryerlar.  Import  qilayotgan  mamlakat  o’z  milliy 

standartlari  asosida  xavfsizlik  va  tovarlar  sifatini  nazorat  etish  maqsadida  ushbu 

notarif  uslubdan  foydalandilar.  Ushbu  turkumga  cheklovlar  muayyan  bir  standartlar 

tarzida  bo’lib,  eksport  qilinayotgan  tovarlar  sifatini  ta’minlash,  ishlab  chiqarish 

texnologiyasini  takomillashtirish,  insonlar  hayoti  va  xavfsizligini  ta’minlash,  atrof 

muhit himoyasi, milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan asoslangan bo’lishi lozim. 



562 

 

UST doirasida savdoda texnik barerlar to’g’risidagi Bitimga asosan har qanday 



davlat  majburiy  texnik  standartlarini  belgilashi  mumkinligi  ta’kidlab  o’tilgan. 

Xususan,  u  tovarlarni  qadoqlanishi,  markirovkasiga  ham  tegishli  bo’lishi  mumkin. 

Amalda qo’llanilaetgan texnik barerlar texnik standartlar tarzida mahsulot sifatining 

texnik  me’yorlarini  (masalan,  elektr  toki  quvvati,  kuchlanishi,  mahsulotning  milliy 

o’lchov  birliklar  tizimiga  mosligi,  ekologik  zararsizligi  va  h.k.  talablar)  ifodalaydi. 

Tashqi  savdoda  texnik  barerlarni  qo’llayotgan  davlatlar  xalqaro  standartlar  asosida 

uni  belgilashlari  yoki  nima  asosida  kiritilayotganliklari  haqida  UST  sekretariatiga 

xabar berishlari lozim. 

Tashqi  savdo  operatsiyalarini  tartibga  solishda  asosiy  o’rinni  tarif  uslublari 

xususan, import bojxona tarifi egallaydi. o’z tabiatiga ko’ra import bojxona tariflari 

bir-biriga bog’langan to’rt asosiy elementdan tarkib topadi: 

• 

mamlakatga  kiritiladigan  tovarlar  turkumining  (nomenklaturasi)  tizimga 



solingan tarkibi. Odatda u Bojxona hamkorligi Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan 

va UST/GATT tizimida tan olingan «Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning komil 

tizimi»  (ingl.  Harmonised  Commodity  Description  and  Coding  System)  asosida 

amalga oshiriladi. Ko’pgina hollarda u sodda tarzda «Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar 

nomenklaturasi»; 

• 

bojxona  qiymatini  aniqlash  uslublari  va  bojlar  undirish  tartibi.  U  tegishli 



davlatning  Bojxona  Kodeksi  va  Boj  tariflari  to’g’risidagi  qonun  va  hukumatning 

maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi; 

• 

bojlarni  kiritish  va  bekor  qilish  mexanizmi  (tartibi).  Bu  elementlar  ham 



Bojxona  kodeksi,  Boj  tariflari  to’g’risidagi  qonun  hamda  hukumat  yoki  qonun 

chiqaruvchi organlarning maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi; 

• 

tovarlarni  kelib  chiqish  mexanizmini  aniqlash  qoidalari.  UST/GATT  hamda 



xalqaro bojxona tashkiloti yo’riqnomalari, tavsiyalari asosida tovarga qaysi manzilda 

ko’proq qo’shimcha qiymat qo’shilganligiga asoslanib, unga asosiy ishlab chiqarilgan 

davlat manzilini belgilash. 

Shunday qilib, tashqi savdoni tartibga solish uslublari o’ta murakkab va o’zaro 

bog’liq bo’lgan qoida va tartiblar bilan bir qatorda, turli yo’nalishdagi choralarni o’z 

ichiga  oladi.  Tashqi  savdoda  tarif  va  notarif  uslublarni  qay  me’yorda  qo’llanilishi 

tegishli mamlakatning tashqi savdo siyosatiga bog’liq. 


Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish