O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari (Qz Dst) – ommabop
mahsulotlar uchun belgilanadi, O‘.R. hududida, ya’ni davlat boshqaruv idoralari,
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qo‘llanishga majburdir.
Tarmoq standartlari ushbu sohaning barcha korxonalari, shuningdek soha
mahsulotlaridan foydalanuvchi korxonalar va boshqa tarmoqlarga mansub
tashkilotlar uchun majburiydir.
Korxona standarti- korxona tomonidan tayyorlanadi va qabul qilinadi.
Tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan
xujjat bo‘lib, o‘z ichida sifatiga qo‘yiladigan talablarni mujassam ettiradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |