61
olish, fotosintez, suv bug‘latish, harakat-
lanish, o‘sish, rivojlanishni yuqori darajada
tartiblangan tarzda na moyon bo‘ladi, o‘z-
o‘zini idora etish va tiklash, ko‘payish
xususiyatlariga ega, o‘zidagi mavjud irsiy
axborotlarni keyingi avlodga barqaror
o‘tka zilishini ta’minlovchi biologik siste-
ma ekanligini qayd etish zarur (33-rasm).
Organizm yoki alohida olingan individ
populatsiya tarkibiga muayyan tuzilish va
funksional tarkibga ega bir qismi sifatida
kiradi va populatsiya – tur jarayonida mu-
him o‘rin tutadi.
Odam organizmi o‘z-o‘zini idora eta-
digan yaxlit biologik sistema ekanligi,
organlar sistemalarida sodir bo‘ladigan ha-
yo tiy jarayonlarning bosh qarilishi, tash -
qi muhit omillarining ta’siri, sog‘lom
tur mush tarzi va gigiyena qoidalariga amal qilinmagan holda yuqumli va
surunkali kasalliklar kelib chiqishi haqida «Odam va uning salomatligi» o‘quv
fani orqali sizga ma’lum (34-rasm).
Evolutsiya jarayonida ko‘p hujayrali organizmlarda dastlab gumoral idora etish
paydo bo‘lgan. Yuqori darajada tuzilgan hayvonlar va odamning o‘z-o‘zini idora
etishda gumoral boshqarish bilan bir qatorda nerv tizimi ham muhim o‘rin tutadi.
U tirik organizmlar hayotiy jarayoni barqarorligi, doimiyligi va davomiyligini
amalga oshiradi, zarur hollarda korreksiyalaydi va tashqi muhit hamda organizm
o‘rtasidagi munosabatlarni muvofi qlashtiradi. Nerv sistemasi organizmning
yaxlitligi va gomeostazning doimiyligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Gumoral boshqarish nerv orqali idora qilishga bo‘ysungan holda yagona
nerv-gumoral tizimni hosil qiladi. Organizmdagi nerv-gumoral tizim irsiy
axborot asosida vujudga keladi va har bir organizmda o‘ziga xos xususiyatga
ega bo‘ladi. Har bir organizmning irsiy axboroti organizmning hayotiy
jarayonlarini idora etishni ta’minlab, doimiy o‘zgarishda bo‘ladigan tashqi
muhitga moslashishga yordam beradi.
33-rasm. O‘simliklarda moddalar
almashinuvi.
Mineral
oziqlanish
Suv bug‘latish
Yuqoriga
ko‘tariluvchi
oqim
Pastga
tushuvchi
oqim
Ildiz
tukchalari
Fotosintez
Suv
va mineral tuzlar
62
34-rasm. Organizm va tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi.
Bir hujayrali organizmlar boshqarilishi gumoral-kimyoviy yo‘l bilan
amalga oshadi.
O‘simliklarda o‘sish va morfofi ziologik rivojlanishini biologik faol mod-
dalar stimulatorlar – fi togormonlar (auksin, gibberellin, sitokinin) boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: