15-§. ORGANIZMLARNING JINSIY KO‘PAYISHI Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ota va ona organizmlarining jinsiy
hujayralari – gametalar ishtirokida hosil bo‘ladi. Erkaklik va urg‘ochilik jinsiy
hujayralarining qo‘shilishi natijasida zigota hosil bo‘ladi. Zigotadan yangi
organizm rivojlanadi. Yangi organizm genotipi ota-ona genotipidan farq qiladi.
Jinsiy ko‘payish asosida kombinativ o‘zgaruvchanlik yotadi.
Jinsiy ko‘payishning ahamiyati. Jinsiy ko‘payish organizmlar evolutsiya-
sida muhim rol o‘ynaydi. Bu jarayon ota-ona irsiy belgilarining birlashishiga
imkon beradi. Hosil bo‘lgan yangi avlod ota-onasiga nisbatan yashovchan va
o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi.