vazmin, o'ychan ohang yuzaga kelgan bo'lsa, o'zgacharoq tarzda turoqlangan o'n to'rt bo'g'inli
quyidagi parchada endi butkul boshqacha - shiddatkor o'ynoqi ohang hosil bo'ladi:
Qush bo'lib qochar bo'lsang, tarlon bo'lib
quvgayman,
(3+4/4+3)
Tog'larda sharsharadek g'uboringni yuvgayman.
(3+4/4+3)
Har mushkul,har
xatarda har balodan saqlagum,
(3+4/4+3)
Qayrilsang-qayrilmasang o'lguncha ardoqlagum.
(3+4/4+3)
(Mirtemir)
Turoqlanish tartibining ritm va ohangni hosil qilishdagi rolini yana ham yorqinroq tasavvur
qilish uchun she'riyatimizda ancha keng tarqalgan o'n bir bo'g'inli she'rlarning turlicha
turoqlangan ko'rinishlariga e'tibor qiling:
1)Oddiy mashinani ko'rsa bolalar
11
(6+5)
Hayratga tushishni kanda qilmaydi.
11 (6+5)
(A. Oripov)
2)Ko'nglimga cho'g' soldi, cho'g' soldi, netay, 1
Javdirab-javdirab
jayron
boqishi.
Xanjarsiz jon oldi, jon
oldi,netay,
O'sha nozik ado, jonon
boqishi.
(Mirtemir)
3)
Men yo'qman. Yolg'onlar meni
yo'qotdi.
Chin gaplar sevgimga qilmadi karam.
(U.Azim)
4)
Ohista-ohista
yog'adi
yomg'ir,
Ohista-ohista
qo'zg'alar
shamol.
Ohista-ohista
to'kar
yumshoq
nur
Bulutlar bag'ridan ko'ringan
hilol.
(U.Azim)
5)
Ko'nglim qolgani yo'q yorug'
olamdan,
Xayolimda
yo'qdir
na
viqor,
na
kin.
Baribir bir kuni sizdan
ketaman
—
Qayga ketganimni bilmaydi
hech kim.
(U.Azim)
6)
Kuzakning besohib kechalarida
Izg'irinlar yelar, yomg'irlar
ezar...
Dunyoning
xo'lzulmat
ko'chalarida,
Tentirab
kezinar
yolg'iz
deraza.
(U.Azim)
E'tibor berilsa, yuqoridagi she'rlarda misralardagi bo'g'inlar sonining teng bo'lgani holda,
misralardagi turoqlanishning o'zaro munosabati turlicha: misralardagi turoqlarning aynan mos
kelishi (1,3), juft va toq misralardagi turoqlarninggina o'zaro mos kelishi (2,5,6), uchinchi
misradagi turoqlanishning biroz farqli bo'lgani holda qolganlarining aynan mos kelishi (4) kabi
hollarni kuzatamiz.
Turoqlanishning misralararo munosabatidagi bu xil turlichalik she'rlardagi ohangning farqli,
o'ziga xos bo'lishiga xizmat qiladi.
O'zbek adabiyotshunosligida barmoq tizimidagi vaznlarning sodda va qo'shma turlari ajratiladi.
Sodda vazndagi she'rlarga yuqoridagilar misol bo'lib, ularning misralaridagi bo'g'inlar soni o'zaro
I (6+3+2) 11(6+2+3)
II (6+3+2) 11 (6+2+3)
11 (3+3+5)
U (3+3+5)
11 (3+3+3+2)
11(3+3+3+2)
11 (3+3+2+3)
11 (3+3+3+2)
11 (6+2+3)
11 (6+3+2) 11 (6+2+3) 11
(6+3+2)
11 (3+3+5) 11 (6+5) 11 (3+3+5)
11 (6+5)
teng bo'ladi. Qo'shma vazndagi she'rda esa misralardagi bo'g'inlar soni bir xil emas:
Qoqiladi / xorg'in otlar
8 (4 + 4)
g'ijirlaydi / arava.
7 (4 + 3)
g'ildiraklar / izi yo'lda
8 (4 + 4)
To'zg'iyotgan / kalava
7(4+3)
Do'stlaringiz bilan baham: