SHE'R TIZIMLARI
«She'r tizimi» va «vazn» tushunchalari haqida. She'riy tizimlar. Barmoq she'r tizimi. Erkin
she'r (sarbast) haqida.Ma'lumki, ilmiy termin (istiloh) muayyan fan tarmog'i doirasida faqat
bitta tushunchani anglatishi lozim. Shunga qaramay, amaliyotda bu qoidadan chekinilgan
hollarga bot-bot duch kelamiz: ba'zan tushunmaganlikdan, ba'zan so'zning an'anaviy
ishlatilishiga ergashib istilohiy chalkashliklarga yo'l qo'yamiz. Masalan, biz aniq bir g'azal
haqida «aruz vaznida yozilgan» deyishimiz ham, adabiyot tarixi haqida gapiraturib «aruz vazni
musulmon sharq she'riyatida yetakchi mavqeni egallagan» qabilida fiMashimiz ham mumkin.
Holbuki, konkret g'azal «aruz vazni»da emas, aruzning «falon vaznida» (ramali musammani
maqsur, xazaji musammani maxzuf va hokazo) yozilgan bo'ladi, ya'ni vazn konkret she'rda
namoyon bo'ladigan hodisa, u konkret she'rning o'lchovini bildiradi. Shunga binoan, ikkinchi
holda «aruz vazni musulmon sharqi she'riyatida yetakchi mavqeni egallagan» deyilganda «vazn»
emas, balki vaznlar sistemasi - she'r tizimi nazarda tutilgan. Ko'rinadiki, biz «vazn» terminini
ham konkret she'rning o'lchovi (metr) ma'nosida, ham «she'r sistemasi» ma'nosida ishlatyapmiz
va shu bois ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda. Mutaxassis sifatida biz bu xil
chalkashlikdan qochishimiz lozim bo'ladi. Shu bois ham biz «she'r tizimi» deganda muayyan
o'lchov tamoyillarga asoslangan vaznlar majmuini tushunamiz. Masalan, «aruz tizimi»
deyilganda misralarda cho'ziq va qisqa hijolarning ma'lum tartibda takrorlanib kelishiga asoslangan
«she'riy sistema» tushuniladiki, bu tizim yuzlab konkret vaznlarni o'z ichiga oladi.Ma'lum
bo'ldiki, «she'r tizimi» she'r tuzilishining asosini, asosiy qonuniyatlarini belgilab beradi. Наг bir
xalq she'riyatidagi «she ny tizim» o'sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Mavjud she'r tizimlarining hammasida asosiy o'lchov birligi sifatida bo'g'in olingan. Bo'g'in esa,
ma'lumki, turli tillarda turlicha sifat va miqdor ko'rsatkichlariga ega. Shunga ko'ra, jahon xalqlari
she'riyatida mavjud she'riy sistemalar bo'g'inning miqdori (sillabik she'r tizimi), urg'uli yoki
urg'usizligi (tonik), cho'ziq yoki qisqaligi (metrik), baland yoki past talaffuz qilinishi (melodik)
kabi jihatlarni o'lchov asosi qilib oladi.Metrik she'r tizimi misralarda cho'ziq va qisqa hijolarning
muayyan tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bu she'r tizimi unlilari cho'ziq-
qisqaligi jihatidan sezilarU farqlanuvchi tillarga ko'proq xosdir. Masalan, qadimgi yunon va rim
she'riyati metrik sistemaga asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tugal sistema
sifatida shakllanib, o'shandayoq uning nazariy asoslari, qat'iy qoidalari ishlab chiqilgan. Antik
adabiyotdagi metrik sistemada qisqa hijo ( v ) mora deb nomlanib, u eng kichik o'lchov birligi
sanalgan. Cho'ziq hijo (-) ikki moraga (v v ) teng deb qaralgan. Shuning o'ziyoq metrik she'r
tizimida misralardagi bo'g'inlar soni turlicha bo'lsa-da, ularning talaffuz vaqti teng bo'lganligini va
ayni shu narsa izometriyani (izoxroniya asosida) ta'minlaganini ko'rsatadi. Sharq she'riyatida
yetakchi o'rin tutgan aruz ham metrik sistemaning bir ko'rinishidir.Sillabik she'r tizimida
misralardagi bo'g'inlar miqdorining tengligi o'lchov asosi sanalib, bu tizim bo'g'inlari sifat
jihatidan sezilarli farqlanmaydigan tillarga xosdir. Masalan, o'zbek tilida bo'g'in cho'ziq-qisqaligi
jihatidan (mas., arab tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi, urg'u ham turg'un (asosan, so'z
oxirida) xarakterga ega. Shuning uchun ham sillabik she'r tizimi o'zbek till xususiyatlariga
ko'proq muvofiq keladi - she'riyatimizda qadimda (mas., folklor) va hozirgi kunda barmoqning
yetakchilik qilishi shu bilan izohlanadi. Sillabik she'r sistemasi polyak, serb va xorvat
she'riyatlarida ham yetakchi °'rin tutadi. Shu o'rinda she'r tizimi tilning tabiatiga mos bo'lishi
zarurligining yorqin misolini keltirib o'tish joiz. Rus she'riyatida polyak she'riyati ta'sirida XYIII
asrgacha sillabik she'r tizimi qo'llangan. Urg'usi turg'un bo'lgan bu tizim urg'u o'rni muqim
bo'lmagan rus tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus she'riyatida uzoq yashay olmadi.
Tonik she'riyatda misralardagi urg'ular miqdori o'lchov asosi qilib olinadi. Ya'ni bu tizimda
misralardagi bo'g'inlar miqdori ahamiyatsiz, urg'ular miqdori teng bo'lsa kifoya. Bilasizki,
so'zlar turli bo'g'inlardan tarkib topadi, ularning ayrimlari urg'u olmaydi. Demak, tonik she'rning
misralari bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi ko'rinishi jihatidan nasriy nutqqa o'xshab ketishi
mumkin. Tonik she'riyatning alohida bir ko'rinishi sifatida sillabo-tonik she'r tizimini
ko'rsatishimiz mumkin. Bu she'r tizimi XYIII asr o'rtalaridan boshlab rus she'riyatida qaror topa
boshlagan va hozirda unda yetakchi mavqe egallaydi. Unda misralarda urg'uli bo'g'inlarning
muayyan tartibda (beshta asosiy turoq shaklida: -v, v -, - - v, v - -, - v - ) takrorlanib kelishi
o'lchov asosi sanaladi.Hozirgi o'zbek she'riyatining yetakchi she'r tizimi - barmoq, yuqorida
aytilganidek, misralardagi bo'g'inlar sonining tengligiga asoslanadi. A.Fitrat barmoq vaznini
milliy vazn deb atarkan, shunday yozadi: «Milliy vaznimizda asos so'z bo'g'imlarining
sanog'idir. Bir baytning birinchi misra'i necha bo'g'im esa, ikkinchi misra'i ham shuncha bo'g'im
bo'ladir. Bo'g'imlarning harf, cho'zg'i sonlariga esa ahamiyat berilmaydir»,- deb yozadi. Fitratning
barmoqni «rrdlliy vazn» deb atashiga asos shuki, barmoq tizimi o'zbek tili tabiatiga, uning
tovush xususiyatlariga muvofiq keladi. Shu bois ham o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalari
asosan barmoqda yaratilgan. Keyinroq, arab istilosidan keyin yozma adabiyotda aruz qaror
topgan bo'lsa-da, xalq og'zaki ijodinmg asosiy she'r tizimi barmoq bo'lib qolaverdi. Bu, birinchi
galda, barmoqning o'zbek tili xususiyatlariga to'la muvofiqligi bilan izohlanadi. XX asr
boshlaridan, jadid shoirlar Cho'lpon, Fitrat, Hamzalarning ijodi bilan she'riyatimizda yana
barmoqning yetakchilik davri boshlandi.Barmoq she'r tizimida mutaxassislar 4 bo'g'inlidan
tortib 16 bo'g'inligacha bo'lgan vaznlar tarqalganini ta'kidlaydilar. Vazn har bir konkret she'rda
yuzaga chiqadigan hodisa sanalib, uni metr(o'lchov) deb ham nomlanadi. Barmoqdagi o'lchov
belgilanganda, avvalo bo'g'inlar soni, keyin turoqlanish tartibi ko'rsatiladi. Masalan:
Yuzlaringni / mayliga yashir,
9 (4 + 5)
Kerak emas / nozlar, imolar.
9 (4 + 5)
Go'zallikning / qoshida axir,
9 (4+ 5)
Cho'kka tushgan / hatto xudolar.
9
(4
+
5)
Do'stlaringiz bilan baham: |