2. O’zbekistonning mineral xom ashyo resurslari saloxiyati va zahiralari
O’zbekiston zamini turli tabiiy mineral boyliklarga ega. Bu hol hududning
geologik jihatdan uzoq o’tmishlarda murakkab rivojlanish jarayonlarni boshdan
162
kechirganligi, ilk bor tog’ hosil bo’lish hodisalarini, dengiz havzalarining vaqt-vaqti
bilan quruqlikka bostirib kirganligi, qobiq nurashining kuchli tarzda ro’y berganligi,
vulqon harakatlari, yer osti magmatik jinslarni turli qatlamlarga kirib, qotib qolishi va
boshqa geologik hodisalar natijalari bilan bog’liq.
Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda 2700 dan ziyod qazilma boylik konlari va
istiqbolda ochilishi mumkin bo’lgan yangi konlar aniqlangan. Ushbu konlarda yer
yuziga yaqin joylashgan xilma-xil mineral xom-ashyolar mavjud. Ularning 60 hilidan
iqtisodiyotda
foydalanilmoqda.
O’zbekistonning umumiy mineral xom-ashyo
salohiyati 3,3 trl. AQSH dollarida baholanmoqda. Har yili konlardan umumiy qiymati
5,5 mlrd.. AQSH dollariga teng bo’lgan turli qazilma boyliklar qazib olinadi.
Bir qator muhim foydali qazilmalar, chunonchi, oltin, uran, mis, tabiiy gaz, kaliy
tuzlari, fosforidlar, kaolin bo’yicha O’zbekiston zahiralarining ko’pligi va istiqbolda
foydalanish bo’yicha nafaqat MDH mamlakatlari balki, jahonda oldingi o’rinlarni
egallaydi. Masalan, oltin zahiralari bo’yicha dunyoda 4- o’rinni, qazib olish bo’yicha
esa 7-o’rinni egallaydi, mis bo’yicha 10-11-o’rinni, uran bo’yicha esa 7-8-o’rinni
egallaydi (Karimov, 1997). Tabiiy gazning umumiy zahirasi qariyb 2 trln. m
3
,
ko’mirniki 2 mlrd.. t. dan ziyodroq. Mo’taxassislarning dastlabki baholash natijalariga
ko’ra mamlakat hududining taxminan 60% qismi neft va gaz zahiralari bilan band.
O’zbekiston hududida Farg’ona, Surxondaryo, Janubi-Farbiy Hisor, Buxoro-Xiva
va Ustyurt neft va gazli mintaqalardir. Hozirgi vaqtda eng ko’p neft va tabiiy gaz
Buxoro-Xiva neft-gaz rayonida-o’rtabuloq, Ko’kdumaloq, SHo’rtan, Toshli,
SHo’rtepa, Zevar va boshqa ularga yaqin bo’lgan konlardan qazib olinmoqda. Birgina
Qashqadaryodagi gaz konlari butun respublikada qazib olinayotgan tabiiy gazning
90%ini yetqazib bermoqda. Keyingi vaqtlarda Ustyurt platosi va Orol dengizining
suvdan bo’shab qolgan qismida neft va gaz konlarini qidirish ishlar jadallik bilan olib
borilmoqda. Bu hududlarda tabiiy gaz va neft konlari ochilishi mumkinligiga
mo’taxassislar katta ishonch bilan qaramoqdalar (hozirgacha SHohpaxta, Urga,
Berdaq, SHibinli, qizilqayir, Oqshuloq, qorashuloq kabi joylardagi konlar istiqbolga
ega), dastlabki gaz konlari ishga tushirilgan (hozirgi kunda Urga gaz konidan kuniga
1,2 mln.. m
3
gaz olinmoqda, shuningdek, har kuni 25 t. gaz kondensati qazib
olinmoqda).
O’zbekistonda 20 dan ortiq ko’mir konlari va ko’mirli havzalar aniqlangan.
Ko’mirning sanoat zahiralari Angren, SHarg’un va Boysun konlarida joylashgan.
Boysun (jami zahirasi taxminan 150 mln.. t.) konida ochiq usulda tosh ko’mir qazib
olish boshlangan. g’o’zor-qumqo’rg’on temir yo’lini ishga tushirilishi bilan bu kondan
ko’plab ko’mir olish mumkin bo’ladi.
O’zbekiston noyob va nodir metallar-oltin, kumush, uran va boshqalar qazib olish
bo’yicha oldingi o’rinlarni egallaydi. Oltinning umumiy zahirasi 4 ming t. dan ko’p,
respublikada tarkibida oltin va kumush mavjud bo’lgan 30 dan ortiq ruda konlari
topilgan. Yirik oltin konlari Muruntov, Marjonbuloq, Qurama va CHotqol tizma
tog’larida topilgan. Kumush Qizilnura tarmoqlarida, Qizilqumda katta zahiralarga ega.
Odatda oltin boshqa elementlar bilan birga uchraydi.
Rangli va nodir metallar–mis, qalayi, qo’rg’oshin, vol fram, litiy, alyuminiy xom-
ashyosi(alunitlar,kaolinlar) va boshqalardan iborat. Mis rudasi qurama tog’larida
qalmoqqir, Saricheka, qizota konlarida, vol fram, molibden, qalayi, vismut, simob, sur
163
ma Janubiy va o’rta Tyanshandagi qoratepa, Langar, Qo’ytosh, Ingichka, Yaxshon,
Sargardon va boshqa joylarda mavjud, 20 ta molibden koni aniqlangan. Vismut
rudasi, mish yak-vismut, mis-vismut konlari CHotqol-qurama tog’larida (Burchmulla,
o’rtasaroy) bor. Janubiy Farg’onada 100 dan ortiq simob va 10 dan ziyod surma
konlari mavjud.
Qora metallar (temir,titan, marganets va xrom)ning bir necha yuz konlari mavjud.
Ulkan titan marganetsli kon Sulton Uvays tog’larida (Tepabuloq, zahirasi 4 mlrd.. t.),
Nurota tog’larida, marganetsli cho’kindi konlari Zarafshon-Zirabuloq, qoratepa,
Lolabuloq va boshqa joylarda topilgan.
Tog’-kimyo sanoati xom-ashyosi bo’lgan fosforitlar (qizilqum), osh tuzi va
boshqa tuzlarning katta zahiralari Borsakelmas, Xo’jaikon, Boybichakon va boshqa
joylarda aniqlangan. qurilish materiallarning 370 dan ortiq koni borligi hisobga
olingan. Oq, qora, qizg’ish, marmar konlari ishga tushgan. Geologiya qidiruv ishlari
keng miqyosda jadallik bilan davom ettirilmoqda, istiqbolda yangi konlarning topilish
ehtimoli katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |