O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/244
Sana15.08.2021
Hajmi1,67 Mb.
#148042
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   244
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
34 
MAVZU 3. EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH CHORA-                         
TADBIRLARI 
1. Maqsad: 
Talabalarni  epidemiyaga  qarshi  kurashish  uchun  qo’llaniladigan  chora-
tadbirlar, ularning maqsadi, mohiyati, qo’llanish usullari bilan tanishtirish. 
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 5 soat amaliy mashg’ulot. 
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi: 
3.1. Kirish so’zi va talabalarning shu mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash. 
3.2.  Amaliy mashg’ulot savollarini muhokama qilish: 
a)  Epidemiyaga  qarshi  kurashish  chora-tadbirlarini  yo’nalishiga,  epidemik 
jarayonning  qaysi  zvenosiga  ta’sir  ko’rsatishiga  va  boshqa  alomatlariga  qarab 
guruhlarga bo’lish. 
b)  Yuqumli  kasallikni  qo’zg’atuvchilarning  asosiy  manbalari,  ya’ni  odamlar 
yoki hayvonlarga nisbatan olib boriladigan tadbirlar. 
v)  Kasalliklarning  yuqish  yo’llari  va  yuqish  omillariga  nisbatan 
qo’llaniladigan choralar. 
g) Yuqumli kasallik sog’lom odamlarga yuqib qolganda uning oldini olishga 
qaratilgan  tadbirlar:  reja  asosida  emlash  va  shoshilinch  emlash  orqali  yuqumli 
kasalliklarning oldini olish. 
d)    Epidemiyaga    qarshi    kurashish    uchun    qo’llaniladigan      qo’shimcha 
tadbirlar (dispozitsion va ekspozitsion tadbirlar). 
 3.3. Xulosa.  
4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar. 
4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida tushuncha. 
4.2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish va yuqumli kasallik paydo bo’lganda 
epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlarning o’rtasidagi 
farq nisbiy ekanligi. 
4.3.  Yuqumli  kasallikni  qo’zg’atuvchilarining  asosiy  manbalariga  nisbatan 
olib  boriladigan  tadbirlar.  Yuqumli  kasallik  bilan  og’rigan  bemorlarni  vaqtida 
aniqlash  usullari,  bemorni  ajratib  qo’yish,  davolash,  antroponoz  kasalliklarning 
tarqalishiga  qarshi  bemorlar  uchun  cheklovchi  va  tartib  choralarini  qo’llash, 
zoonoz kasalliklar uchun  esa sanitariya  va  veterinariya  qoidalariga  amal  qilish  va 
kemiruvchilarga qarshi bo’lgan tadbirlar. 
4.4.  Yuqumli  kasalliklarning  yuqish  yo’llari  va  yuqish  omillariga  nisbatan 
qo’llaniladigan  chora-tadbirlar:  sanitariya-gigiyena,  dezinfeksiya,  sterilizatsiya  va 
dezinseksiya tadbirlari. 
4.5.  Yuqumli  kasallik  yuqib  qolgan  holda  uning  oldini  olishga  qaratilgan 
tadbirlar: zudlik bilan emlash va reja asosida emlash orqali yuqumli kasalliklarning 
oldini olish. 
4.6.  Yuqorida  ko’rsatilgan  barcha  yo’nalishlarga  oid  bo’lgan  umumiy 
tadbirlar: laboratoriyada tekshirishlar, sanitariya-maorif ishlari. 
4.7.  Epidemiyaga  qarshi  qo’llaniladigan  dispozitsion  va  ekspozitsion 
tadbirlar. 
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart: 


 
35 
5.1.  Epidemiyaga  qarshi  kurashish  uchun  qo’llaniladigan  asosiy  chora-
tadbirlar. 
5.2.  Yuqumli  kasalliklarning  oldini  olish  uchun  qo’llaniladigan  profilaktik 
tadbirlar bilan epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlar 
o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlay bilish. 
5.3. Epidemiyaga qarshi kurashish kuchlari va vositalari. 
5.4.  Epidemiyaga  qarshi  kurashish  uchun  qo’llaniladigan  dispozitsion  va 
ekspozitsion tadbirlar. 
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar: 
6.1.  Yuqumli  kasallik  bilan  og’rigan  bemorlarni,  bakteriya  tashuvchilarni 
aniqlash  usullarini  bilish,  bemorlarni  ajratib  qo’yish  va  kasallik  tarqalishini 
cheklovchi chora-tadbirlarni amalda qo’llay bilish. 
6.2.  Yuqumli  kasalliklarni  qo’zg’atuvchilarining  manbaiga  nisbatan 
qo’llaniladigan chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni amalda qo’llay bilish. 
6.3.  Yuqumli  kasalliklarning  yuqish  yo’llariga  va  yuqtirish  omillariga 
nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni amalda qo’llash. 
6.4.  Rejali  va  shoshilinch  emlashning  yuqumli  kasalliklar  profilaktikasida 
tutgan  o’rni  va  bunday  emlashlarning  kasalliklarni  kamaytirishdagi  ta’sirini 
baholay bilish. 
7. Talabalarning mustaqil ishi. 
7.1.  Ushbu  mavzu  yuzasidan  axborot  uchun  ma’lumotlar,  ma’ruzalar  va 
adabiyotlar bilan tanishtirish. 
7.2. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining sxemasini tuzish. 
7.3. Epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini tuzish. 
7.4.  Tanlangan  belgilarga  asosan  epidemiyaga  qarshi  qo’llaniladigan 
qo’shimcha tadbirlarni o’rganish. 
7.5.  Epidemiyaga  qarshi  kurashish  tadbirlari,  epidemik  jarayonning 
rivojlanishi  uchun  shart  bo’lgan  uchta  omilga  (infeksiya  manbai, 
qo’zg’atuvchining  yuqish  mexanizmi  va  o’sha  kasallikka  moyil  aholiga) 
bog’liqligini ko’rsatib berish. 
7.6.  Epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  tizimini,  yuqumli  kasalliklarning 
oldini olish va epidemiya o’choqlarini tugatish tadbirlarini aytib berish. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish