O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemiologik tekshirishda quyidagi uslublardan foydalaniladi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/244
Sana15.08.2021
Hajmi1,67 Mb.
#148042
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244
Bog'liq
1-Эпид-амал.машг

Epidemiologik tekshirishda quyidagi uslublardan foydalaniladi: 
a)  Epidemiologik  vaziyatni  aniqlash,  buning  uchun  ushbu  kasallik  haqida 
mavjud  bo’lgan  hujjatlar  o’rganiladi  (DSENM  da  mavjud  bo’lgan  hujjatlar  -  uy 
kartatekasi,  bolalar  muassasalaridagi  yuqumli  kasalliklar  kartotekasi  va  yuqumli 
kasalliklar  daftari).  Bu  hujjatlar  asosida  turar  joyda  yoki  ish  joyida  (bolalar 
muassasasida)  xuddi  shu  kasallik  bilan  ilgari  kasallanish  qayd  qilinganligi  yoki 
yo’qligi  aniqlanadi.  Epidemiologik  tekshirishning  keyingi  bosqichi  kasallangan 
kishidan so’rab ba’zi ma’lumotlarni to’plashdir. 
b)  Kasallik  o’chog’idagi  kasallangan  va  sog’lom  kishilarni  so’rab  chiqish. 
Ko’pincha  bemorning  ahvoli  og’ir  bo’lganda,  yosh  bo’lganda,  kasallanib  qolgan 
kishining  qarindoshlaridan,  qo’shnilaridan,  xizmatdoshlaridan  va  ba’zi  boshqa 
shaxslardan  so’rashga  to’g’ri  keladi.  Bu  so’rashlar  natijasida,  tekshirilishi  va 
so’ralishi  lozim  bo’lgan  shaxslar,  ko’zdan  kechirilishi  lozim  bo’lgan  ob’ektlar, 
laboratoriya  tekshiruvlari  hajmi,  o’rganilishi  kerak  bo’lgan  hujjatlar  aniqlanadi. 
So’rash  qanchalik  puxta  bo’lmasin,  u  kasallik  o’chog’ini  ko’zdan  kechirishning 
o’rnini bosa olmaydi. 
v)  Kasallik  o’chog’ini  va  atrof-muhitni  ko’zdan  kechirish.  Tekshirilish 
o’tkazilayotgan  kasallikka  ko’ra  turli  xil  ob’ektlar  ko’zdan  kechiriladi.  Masalan: 
yuqumli  ichak  kasalliklarda  suv  ta’minoti  inshootlari,  suv  idishlari,  ovqat 
tayyorlanadigan  va  saqlanadigan  joylar,  pashshalar  borligiga  e’tibor  beriladi. 
Zoonozlarda  -  hayvonlar  va  hayvonlardan  olinadigan  mahsulotlarga  ahamiyat 
beriladi. 
g)  Laboratoriya  tekshirishlari  natijasini  o’rganish,  kasallik  manbaini  topish 
uchun,  kishilar  va  hayvonlarni  bakteriologik  va  serologik  tekshirish  zaruriyati 
borligi va yo’qligini aniqlash katta ahamiyatga egadir. 
d)  To’plangan  ma’lumotlarni  tahlil  qilib,  kasallik  o’chog’i,  uning  paydo 
bo’lish  sabablari,  o’choqning  chegaralari  va  uni  tugatish  yo’llari  haqida  ma’lum 
xulosaga kelinadi. 
Epidemiologik  tekshirish  natijasida  to’plangan  ma’lumotlar  maxsus  (№357 
hisob shakli) epidemiologik tekshiruv kartasiga kiritiladi. Epidemiologik tekshiruv 
kartasi hamma  ma’lumotlar yozilishi lozim bo’lgan hujjat hisoblanadi. Kartalarni 


 
29 
chiroyli  yozuvda  to’ldirishga,  kartadagi  hamma  bandlarga  javoblar  bo’lishiga, 
ortiqcha  qisqartmalar  qilmaslikka  ahamiyat  berish  kerak,  chunki  keyinchalik 
boshqa shaxsning bu kartalar bilan ishlashi mumkinligi ehtimoldan holi emas. 
Epidemiologik tekshiruv kasallik o’chog’ida bitta emas, bir nechta (bir guruh) 
bemorlar  uchragan  holda  olib  borilsa,  yuqorida  ko’rsatilgan  ma’lumotlarga 
qo’shimcha kasallik o’chog’ida sodir bo’lgan kasallanish dinamikasini o’rganishni, 
epidemiologik  belgilariga  binoan,  kasallik  o’chog’ida  uchragan  kasalliklar 
strukturasini tahlil qilishni ham taqozo qiladi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish