2. Angliya va Fransiyada ilk klassik iqtisodiy maktabning
shakllanishi.
A) V. Pettining iqtisodiy bilimlari;
B) P.Buagilberning iqtisodiy g‘oyalari.
XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoy iqtisodiy sharoitlarda dastlab
Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi
iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (burjua inqilobi, manufaktura va
savdoning rivojlanganligi, agrar isloxat, dexqonlarning chegaralanishi,
mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy-tabiiy va geografik hamda iqlimiy
sharoitlar tufayli).
Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g‘oya merkantilizdan
prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi
(javoxir, oltin, kumush, pul, savdosi) da vujudga keladi deb qaralgan bo‘lsa,
endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi.
V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni
ximoya qildi. Xususiy mulkni "Mukaddas" va "Daxlsiz" deb bildi. U iqtisodiy
tadqiqotda tabiiy fanlarn ya’ni abstrakt usullarni qo‘llab, xar bir masalaning
ichki bog‘liqligiga asosiy e’tiborni qaratdi.
Matematik va statistik usullardan keng foydalaniladi.
V.Petti «Tabiiy baxo», «(qiymat)», «Siyosiy baxo» tushunchalarini kiritdi,
tovar qiymatining unga sarflangan mexnat miqdori bilan ulchanishi g‘oyasiga,
ya’ni qiymatning mexnat nazariyasiga asos soldi.
"Mexnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi.
Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushungan.
Ish xaqini ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo‘lgan jismoniy minimum,
ya’ni "Yashash, mexnat qilish va ko‘paytirish" uchun kerakli darajada to‘lansa,
bas, degan g‘oyani ilgari surdi.
Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarni soliq
to‘lashlarini zarur deb bildi.
Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri
xal etdi, ya’ni pul miqdori ishlab chiqarilgan maxsulot miqdoriga to‘g‘ri,
pulning aylanish aborotiga esa teskari proporsionalligini anikladi. Pulning
meyorida bo‘lishini qo‘llab quvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta
ishlab chikdi. Ish xaqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (er
baxosini to‘g‘ri xal etmadi).
14
Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, anikrogi
demografik statistika faniga asos soldi (axoli boyligi asosiy masalasini to‘g‘ri
kuydi). Milliy daromad masalasini kuydi va uni qisman xal etdi.
Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vaqili p.buagilber ham
muxim g‘oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat axvoli angliyanikidan ancha katta
farq qiladi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar
V.Petti ko‘proq sanoat va savdoni qullagan bo‘lsa, buagilber asosan qishloq
xo‘jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muxim xulosalarini chiqardi.
Qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushindi.
"Proporsional baxolar" tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin
baxolarni qulladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inkrozini to‘g‘ri tushuntirib berdi.
Pulga salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlarni yovyzlik sababi deb
bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatladi, sanoat va
savdoga kam e’tibor berdi. Buagilberning iqtisodiy isloxotlari bo‘yicha
takliflari o‘z davri uchun nixoyatda ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |