100
26. Fermalarda suv bilan taminlovchi gorizantal trubaning keng joyida suv 0.6
m/s tezlikda ega. Agar trubaning keng va tor joyida bosimlar farqi 3.3 kPa
bo‘lsa tor joyida suvning tezligini toping.
27. Og‘irligi havoda 78 g, suvda 68 g bo‘lgan jism sirka kislotaga botirilganda
67.3 g og‘irlikga ega. Sirka kislotaning zichligini toping.
28. Naycha uchining diametri 2 mm bo‘lgan tomizgich asbob yordamida
olingan 35 tomchi kana kunjut moyining massasi qancha bo‘ladi?
29. DAS-21 sut sog‘ish apparatidagi trubada bosim 40 kPa ga kamaytirildi.
Agarda 550 litr sutni trubaning bir qismidan ikkinchi qismiga ko‘chirishda
ishqalanishni engish uchun 25 kJ energiya sarflanadigan bo‘lsa, trubaning
ikkinchi uchida bosim qancha?
30. Diametri 8 mm va uzunligi 0.3 m bo‘lgan it kapelyarining uchlaridagi
bosimlar farqi 800 paskal bo‘lsa, kapilyar orqali 1 soatda qancha bosimda
qon o‘tadi?
31. Sutdan qaymoq olishda diametri 2 mkm bo‘lgan moy zarralari harakatining
tezligini aniqlang. Sutning zichligi 1.034 gr/sm
3
, moyniki esa 0.94 gr/sm
3
.
Sutning yopishqoqligi 0.01 gr ga teng deb olingan.
32. Diametri 8 mkm va uzunligi 0.7 sm bo‘lgan kapilyarlardagi qon oqimiga
ko‘rsatiladigan qarshilikni aniqlang.
33. Cho‘chqaxonalardan suyuq go‘ngni chiqarishga mo‘ljallangan UN -10
nasos qurilmasi 1 soatga 10 m
3
go‘ngni dalaga qo‘yadi. Agar gorizantal
trubaning uchlaridagi bosimlar farqi 30 kPa bo‘lsa, trubadagi ishqalanishni
engish uchun qancha ish bajariladi?
34. Gorizantal trubaning biror joyida ko‘ndalang kesim yuzadan suv 1 m/s
tezlik bilan oqayotgan bo‘lsa, ikkichi qism yuzasi birinchisidan ikki marta
kam bo‘lgan shu qismlardagi bosimlar farqini aniqlang.
35. Sigirning qonida normal holatda eritrositlar o‘tirish tezligi 0.7mm/soat
bo‘ladi. Yallig‘lanish tufayli eritrositlar bir-biriga yopishib qoladi va
ularning effektiv diametri oshadi. Bunda SOE 40 mm/soat bo‘lsa, sigirning
qonidagi eritrositlar uyushmalarining diametrini tiping.
36. Hayvonlardagi nafas olish yo‘llarini davolash uchun ishlatiladigan XII
apparati dorilarni ayrozollar shaklida purkatadi. Yuqori dispersiyali aerozol
diametri 5 mkm va zichligi
3
10
7
.
1
kg/m
3
bo‘lgan aerozollarning 20
0
C
temperaturadagi o‘rtacha kvadratik tezligini aniqlang.
37. Qoramollarning normal temperaturasi 37
0
C. Kasal bo‘lishi tufayli
temperatura 39
0
C ga ko‘rsatilgan. Bunda qon zarralarining o‘rtacha kvadrat
tezligi qanchaga oshgan?
38. Efir
0
)
(
2
5
2
Do'stlaringiz bilan baham: