bo'lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va talablarning vujudga kelishi bilan
asoslanadi.
Birinchi navbatda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, ishlab chiqarish
munosabatlarining takomillashuvi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishi
kompleks va tizimli tahlilga bo‘lgan amaliy talabning vujudga keltirdi.
Boshqaruv tahlilisiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni boshqarish hamda maqbul
qaror qabul qilish juda mushkuldir.
Ikkinchidan, boshqaruv tahlili fanining paydo bo’lishi umumiy iqtisodiy
fanlarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Har qanday fan rivojlanib borgan sayin uning
o’rganish doirasi kengayib boradi, fan tarmoqlari paydo bo’ladi. Boshqaruv tahlili
fani ham ijtimoiy fanlarni rivojlanishi natijasida shakllana bordi.Bu fanning
rivojlanish bosqichlarida uning vazifasini “Buxgalteriya hisobi”, “Moliya” va
“Statistika” fanlari bajarib kelgan. Lekin ishlab chiqarishning rivojlanishi boshqaruv
tahlilini mustaqil fan bo‘lib ajralib chiqishiga sabab bo‘ldi.
Boshqaruv tahlilining mazmuni korxonani boshqarish tizimidagi roli,
funksiyasidan kelib chiqadi va boshqaruv jarayonidan markaziy o‘rinni egallaydi.
Ishlab chiqarishni boshqarish metodlarini takomillashtirish hozirgi vaqtda eng
dolzarb va birlamchi masaladir. Bu masalaning yechilishi natijasida ishlab chiqarish
samaradorligi va iqtisodiyotning o‘sish darajasi ta’minlanadi.
Korxonani boshqarish jarayoni ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi
bog’liqlikni ta’minlash va ularning bir me’yorda ishlashiga zamin yaratadi.
Korxonani boshqarish tizimi boshqarishga taalluqli bo‘lgan barcha funksiyalarni
bajaradi: rejalashtirish, hisob olib borish, nazorat qilish, iqtisodiy tahlil, qaror qabul
qilish va boshqaruv obyektini zaruriyatiga qarab o‘zgartirish.
Korxona iste’molchilar talabidan, tovar bozorining holatidan va korxonaning
imkoniyatidan kelib chiqqan holda o‘z faoliyatini rejalashtiradi. Rejada bir yilga,
kvartal, oylar, dekadalar va kunlar bo‘yicha, sex, uchastkalar miqyosida mahsulot
hajmi, assortimenti, ishlab chiqarishga yetarli darajada xomashyo materiallar,
asbob-uskunalar, ishlovchilar soni, ish haqi fondi, mahsulot tannarxi, foyda va
rentabellik hamda tashkiliy- texnikaviy tadbirlar rejasi tuziladi.
Shunday qilib, korxona faoliyatini rejalashtirish uni boshqarishning asosiy
bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.
Rejalashtirish - bu iqtisodiyoyotni boshqarish jarayonining ajralmas qismi
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish uchun korxona holatini yaxshi bilish lozim, ya’ni
ishlab chiqarish jarayoni haqida to‘la ma’lumot bilan ta’minlangan bo‘lish kerak.
Shuning uchun ham boshqarish funksiyasiga kiradigan yana bir funksiya hisob olib
borishdir. Bu funksiya bilan chambarchas bog’langan yana bir boshqaruv funksiyasi
birlamchi ma’lumotlarga asoslangan holda ishlab chiqarish jarayonini nazorat qiladi.
Ko‘p hollarda bu ikkala funksiya birlashtirilib hisob va nazorat funksiyasi deb
ataladi.
Jamlangan birlamchi ma’lumotlarni qayta ishlash zarur, vaholanki, korxona
ahvoli va undagi ishning holatini bilish yetarli emas. Aniq va tezkor boshqarish
uchun ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish tendensiyasining bilish zarur.
Buning uchun jamlangan ma’lumotlarni asl mazmuniga yetish va tushunish tahlil
yordamida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlil o‘tkazish tufayli birlamchi ma’lumotlar
ikkilamchi ma’lumotlarga aylantiriladi, korxona texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlari
hisob- kitob qilinadi, korxona faoliyatiga obyektiv baho beriladi va ularga ta’sir
qilgan omillar hamda kamchiliklar aniqlanadi. Xulosa shuki, iqtisodiy tahlil
mazmunini iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni tashkil etadi.
Boshqaruv tahlili - bu ilmiy asosda qaror qabul qilishni ta’minlaydigan
boshqaruv funksiyasidir.
Boshqaruv tahlili natijasiga asoslanib ilmiy asoslangan qaror qabul qilinadi va
u tufayli .boshqaruv tizimi boshqariladigan obyekt faoliyatini zaruriyatga qarab
o’zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonining asosidir. Yangi xo’jalik
yili uchun ishlab chiqilgan reja bu korxonaning kelajakda rivojlanishini
ta’minlaydigan qarordir. Boshqaruv tahlili jarayonida korxonada qabul qilingan
rejani asoslanganligi tekshiriladi, rejaga kiritilmagan imkoniyatlar aniqlanadi.
Boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini talab darajasiga ko‘taradi, uni yana ham
ilmiy asoslanganlik darajasini ta’minlaydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan
boshqaruv tahlili o‘rtasidagi bog’liqlik aniq ko‘rinib turadi. Rejalashtirish korxona
faoliyati tahlili bilan boshlanadi va yakunlanadi.
Korxonaning boshqaruv tizimi boshqarish jarayonini quyidagi bosqichlarda
amalga oshirdi: ma’lumotlarni jamlash, ularni tahlil qilish, qaror qabul qilish.
Quyidagi birinchi chizmada korxonani boshqarishda foydalaniladigan, uni
tashqi muhit bilan o‘zaro va teskari aloqasini ta’minlaydigan funksional tizimi
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: