Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   185
v) Xato. 
Davlatlarning  ichki  huquqida  xato  “shaxsning  huquq  yoki  fakt  
haqidagi  noto’g’ri  tasavvuri  natijasida  yoxud  noto’g’ri  tasavvursiz 
bo’lmaydigan  biron  bir  harakatni  sodir  etishi  yoki  sodir  etishga  yo’l 
qo’yishi”  holati  tushuniladi
3
.    Nazariyachilar  xatoga  ko’plab  ishlarini 
bag’ishlagan.  Muzokaralarga  oid  xato  to’g’risidagi  qoidalar  davlat 
qonunchiligida alohida o’ringa ega. Shuning uchun birinchi xalqaro ahvol 
bo’yicha mutaxassis – yuristlar Rim huquqiga tayanib, xatoga katta e’tibor 
                                                 
1
  Qarang:  Лукашук  И.И.  Современное  право  международных  договоров.  Том  I.  Заключение  международных 
договоров - М.: Волтерс Клувер, - C.383. 
2
 Qarang:U.N. Conference  on  the Law of Treaties. Sekond session. 1969.P.88 
3
 Black”s Law Dictionary. St. Paul. 1983. P. 518 


156 
 
berishgan
1
.  Keyingi  davrda  mualliflarning  aksariyat  qismi  shartnomaning 
haqiqiy emasligiga asos sifatida xatoga salbiy munosabat bildirgan
2

Ichki  qonunchilikda  keltirilgan  xatoning  ta’rifidan  farqli  o’laroq, 
xalqaro  huquqda  xato  huquqqa  emas,  balki  faqat  faktga  tegishli  bo’lishi 
mumkin.  1933  yil  Xalqaro  sudning  Doimiy  palatasi  Sharqiy  Grenlandiya 
haqidagi ishni ko’rib, xato shartnomani haqiqiy emasligini tan olish uchun 
asos  bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin  deb  aniqladi.  Ammo  bunda  xato 
huquqni  emas,  faktlarga  tegishli  bo’lishi  lozim.  Bu  faktlar  keyin  paydo 
bo’lmasdan  shartnoma  tuzish  paytida  mavjud  bo’lishi  kerak.  Norvegiya 
tashqi  ishlar  vazirining  javobi  to’la  va  aniq  bo’lib,  bu  holatda  xatolikka 
yo’l qo’yish uchun asos yo’qligi aniqlandi
3

Bu  masala  bo’yicha  sud  amaliyoti  ko’p  emas.  U  asosan  chegara 
to’g’risidagi shartnomalarga tegishli. Sud odatda bunday holatlarda xatolik 
ahamiyatli bo’lishi va uning mavjudligi isbotlanishidan kelib chiqadi. 1959 
yil  Xaqaro  Sud  tomonidan  ayrim  chegara  hududlarining  mustaqilligi 
to’g’risida ko’rilgan ish bo’yicha qaror qabul qilindi. Niderlandiya Belgiya 
tayangan  1843  yilgi  bayonnomalar  jiddiy  xatoliklarga  yo’l  qo’yganini 
e’tirof etdi. Niderlandlar xatoliklarni isbot qilib bermaganligi sababli, sud 
bayonnomalarni haqiqiy deb tan oldi
4
.  
Xatolik to’g’risidagi umumiy qoidalardan istisno holat tarzida, unga 
yo’l  qo’ygan  tomon  aybdor  bo’lgan  holat  hisoblanadi.  Vixear  qoshidagi 
ibodatxona  haqidagi  Xalqaro  Sud  qarorida  shunday  yozilgan:  “Agar 
xatolikni ko’rsatuvchi tomon, o’z harakati bilan uning mavjudligi yoki uni 
bartaraf etishga hissa qo’shgan bo’lsa, yoki holatlar shunday bo’lib, tomon 
ijobiy xatolikni o’rnatgan bo’lsa, bunday holda xatolikka yo’l qo’yilmaydi 
deb belgilab qo’yilgan huquq normasi hisoblanadi”
5

A.A.Talalaev xatolik qachon bo’lishi haqida quyidagi xulosaga keldi: 
“Agar tomonlarning yoki bironta tomonning asl hoxish –irodasi buzilsa va 
shuning uchun xalqaro shartnomaning qonuniy kuchiga to’la yoki qisman 
e’tiroz uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin”
6

Xalqaro 
huquq 
Komissiyasida 
ma’ruzachi  Dj.Fismoris  o’z 
ma’ruzasida  ichki  huquqni  asosga  olib,  xatoga  katta  e’tibor  qaratdi. 
Ma’ruzachi  X.Uoldok  ikkita  maqolani  taqdim  etdi.  Ulardan  biri 
                                                 
1
 Qarang: Grotsiy G. Urush va tinchlik huquqi haqida. M., 1956. 1 Bob; Pufendorf  S.De jure naturrae et gentium, libri 
octo Amsterdamm, 1988. Kitob III, Bўlim VI.  
2
 Qarang: Basdevant I.Regles generals du droit de la paix // RdC, 1936. T.58.P.226. 
3
 Qarang: PCIJ.1933. Ser. A/B. No.53. 
4
 Qarang: ICR.Reports. 1959 .P.209. 
5
 Qarang: ICJ. Reports. 1961 .P.30 
6
 Талалаев А.Н. Право международных договоров. Общие вопросы. М., 1980, -C. 252. 


157 
 
birgalikdagi  xatoga  bag’ishlangan  bo’lsa,  ikkinchisi  –  bir  tomon  xatosi 
haqida. Biroq keyinchalik ko’plab huquqiy tizimlar birgalikda xato va bir 
tomonlama  xato  o’rtasidagi  farqni  ajratsada,  xalqaro  huquqda  esa  bu 
to’g’ri bo’lmaydi.  
Komissiya  ta’rif  bergan  moddada  xato  faqat  u  ishda  ahamiyatli 
bo’lsa,  shartnoma  bilan  kelishuvda  muhim  asosga  ega  bo’lsagina 
kelishuvga  ta’sir  ko’rsatadi  deyilgan.  Bunday  xato  avtomatik  tarzda 
shartnomani  haqiqiy  emas  deb  bera  olmaydi,  lekin  jabrlanuvchi  tomonga 
kelishuvning  haqiqiy  emasligiga  asos  bo’lishini  e’tirof  etish  huquqini 
beradi.  
Agar shartnomaning haqiqiy emasligi moddaga muvofiq belgilangan 
bo’lsa, bu shartnoma boshidan haqiqiy emas bo’ladi (ab initio). 
Shartnoma  uning  mazmun-mohiyatiga  ko’ra  xato  asosida  tuzilgan 
bo’lsa,  uning  haqiqiy  emasligini  tan  olish  huquqning  umum  tan  olingan 
prinsiplaridan hisoblanadi.  
Agar xato davlat va tashkilotning tahminiga ko’ra fakt yoki holatning 
shartnomani  tuzishda  mavjud  bo’lgan  bo’lsa  va  mazkur  shartnomaning 
bajarilishi  bo’yicha  kelishuv  uchun  muhim  asosni  tashkil  etsa,  davlat  va 
xalqaro  tashkilot  shartnomani  bajarishda  kelishuvning  haqiqiy  emasligini 
asos qilib shartnomada xatoni ko’rsatishga huquqlidir deyilgan (48 -modda 
“Xato”).  Mazkur  qoida  agar  davlat va  xalqaro  tashkilot  o’z  hatti-harakati 
bilan  bu  xatoning  vujudga  kelishiga  ko’maklashgan  bo’lsa  yoki  holatlar 
shunday  bo’lganki,  bu  davlat  yoki  bu  tashkilot  sodir  bo’lishi  mumkin 
bo’lgan  xatoga  e’tibor  berishi  lozim  bo’lgan  ushbu  holatlarga 
qo’llanilmaydi.  “Faqat  shartnomaning  matniga  tegishli  xato  uning 
haqiqiyligiga  ta’sir  ko’rsatmaydi,  bu  holatda  80-modda  qo’llaniladi”  (80-
modda shartnomalar matnida xatolarni tuzatishga bag’ishlangan).  
Matnni ifoda qilishdagi xatolar tomonlar kelishuviga ko’ra tuzatiladi. 
Agar  shartnoma  imzolangan  bo’lsa,  u  holda  Vena  konvensiyalari  maxsus 
tartibni nazarda tutadi. (1969 yilgi Vena konvensiyasi 79-moddasi va 1986 
yilgi Vena konvensiyasi 80-moddasi). 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish