40) Ong va ongsizlik nima.
Javob:
Ong va Ongsizlik. Ong inson ruhiy hayotini to’la ifodalay olmaydi. Inson ruhiyatida ong
bilan birga ongsizlik ham mavjud. Jahon falsafiy an’anasi va psixologiyasida ong va ongsizlik olimlar
tomonidan tan olinmoqda. Biroq yaqin o’tmishda, ya’ni o’tgan asrning 20-50 yillarida sobiq ittifoqda
ongsizlik tushunchasi qoralangan va idealistik tushuncha hisoblangan edi. 60- yillardan boshlab
ongsizlik tushunchasi qayta tiklanib, uning fenomeni faol o’rganila boshlandi.
Ongsizlik inson aqliy sohasidan tashqarida ong tomonidan nazoratga olinmaydigan turli ruhiy
hodisa va holatlar majmuidir. Ongsizlikka tush ko’rish, gipnotik hollar, g’ayrishuuriy holatlar va
hokazolar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |