ILOVALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov rahbarligida o`z siyosatida
rivojlanishning ijtimoiy yo`naltirilganligi, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o`tishni eng ustivor yo`nalish deb tanladi. Bunda jahonda o`xshashi bo`lmagan
rivojlanishning “O`zbek modeli” yo`li ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Tarix
uchun uncha katta bo`lmagan qisqa muddat ichida bu “O`zbek modeli” o`zining
nechog’lik to`g’ri tanlanganligini va bugungi kunda natijalarini butun dunyoga
ko`rsatib berdi. Bugun mamlakatimiz iqtisodiyoti jahonda juda kamchilik
davlatlarda kuzatilayotgan yuqori sur`atlar bilan o`sib bormoqda. Bu yutuqlar
qatorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining va Internet imkoniyatlari
tatbiq etilayotgan sohalarning ham o`ziga yarasha ulushi bor. Bunda mazkur
sohalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyoz va ustunliklar ancha qo`l
kelmoqda.
XX asr ikkinchi yarmiga kelib insoniyat ilm-fan sohasida ulkan yutuqlarni
qo`lga kirita boshladi. Bunday yutuqlarning eng muhimlaridan biri elektron
hisoblash mashinalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga chiqish bo`ldi desak
adashmagan bo`lamiz. CHunki bu sohadagi tadqiqotlar birinchidan, komp’yuter va
axborot texnologiyalarning yangidan-yangi vakillarini ishlab chiqishga qaratilgan
bo`lsa, ikkinchidan, bu sohadagi barcha yutuqlar nafaqat boshqa fanlarni, balki
ishlab chiqarish, iqtisodiyot, madaniyat, ma`rifat, ma`naviyat kabi barcha
sohalarning rivojlanishida muxim vositalardan, ta`bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki,
asosiy xarakat mexanizmlaridan biriga aylanib ulgurdi. Uchinchidan, aholining
turmush darajasining o`zgarishiga sabab bo`ldi. Bugunga kunga kelib insoniyat
axborot omili va axborot tarqatishda misli ko`rilmagan natijalarga erishib
kelmoqda. Global axborot tarmog’i deb hisoblanayotgan Internet o`rgimchak to`ri
6
singari butun dunyo davlatlarini qamrab oldi va shu sababli hech kimni axborotsiz,
axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishning iloji yo`q.
Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida moddiy muhitning ob`ektlari asosiy
mehnat predmetlari bo`lib kelgan. Davlatning qudrati esa, eng avvalo oltin
zaxirasi, mehnat va tabiiy resurslari, xududi, joylashgan o`rni, aholi soni va shu
kabilar bilan aniqlanadi. endi esa bu mezon o`z mohiyatini o`zgartirib bormoqda.
Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin:
- birinchidan, inson tomonidan to`planayotgan bilimlar hajmi nihoyatda
yuqori sur`atlar bilan ortib bormoqda. Masalan, XVIII asrlarda bu hajm har
50 yilda ikki marta oshgan bo`lsa, 1950 yilga kelib har 10 yilda, 1970 yilda
har 5 yilda, hozirga kelib esa har 2 yilda ikki martaga oshib bormoqda
(eslatib o`tamiz, bu ham muvaqqat) .
- ikkinchidan, ushbu bilimlar manbasidan foydalanish samaradorligining
o`sishi hamda inson faoliyati davomida qayta ishlanadigan axborot
hajmining ortib borishi mehnat resurslarining moddiy ishlab chiqarishdan
axborot muhitga qayta taqsimlanishiga olib kelmoqda. Buni ayniqsa
rivojlangan davlatlar misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Masalan, 1880
yilda AQSHdagi axborot muhitda ishlovchilar soni umumiy ishlovchilarning
5 % ini, 1900 yilda 10 % ni, 1946 yilda 30 % ni, 1980 yilda 45 % ni, 1990
yilda esa 51 % ni tashkil etgan. Hozirda bu ko`rsatkich 60 % ni tashkil
etmoqda .
SHunday qilib, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan bir qatorda
yangi - axborot resurslari tushunchasi ham sekin-asta etakchi o`rinlarni egallay
boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda “axborot sanoatlashgan jamiyat”da “bilimlar
iqtisodi”, ”axborot sanoati” kabi tarmoqlar vujudga kelmoqda, axborot va axborot
texnologiyalari ishlab chiqarish tarmog’i esa shiddatli rivojlanuvchi va eng
daromadli tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda. Agar sanoatlashgan jamiyatda
kapital strategik resurs bo`lib hisoblansa, axborot-sanoatli jamiyatda resurs sifatida
axborot, bilimlar va ijodiyotni ko`rishimiz mumkin.
Ko`pgina rivojlangan davlatlar o`zlarining eksport-import siyosatlarini qayta
7
ishlab chiqib, chetdan ko`proq zarur bo`lgan tabiiy resurslarni olib, tashqariga
ko`proq g’oya, ilmiy texnikaviy bilimlarni va axborot texnologiyalarni sota
boshladilar. Masalan, YAponiya, 1990 yillardan boshlab ko`proq mashinalar va
qurilmalarni emas, balki yangi ilmiy-texnikaviy ma`lumotlarni, axborotlarni va
axborot
texnologiyalarni
(“know-now”,
ya`ni
so`zma-so`z
“bilaman,
qandayligicha” ma`nosini anglatuvchi mahsulotlar va texnologiyalarni) chetga sota
boshladi.
Endilikda "Ogoh bo`lsang olam seniki" degan ibora tobora ommalashib
bormoqda. Aynan mana shunday sharoitlarda axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish
va qayta ishlash jarayonlariga nisbatan qo`yiladigan talablar tobora ortib va
qat`iylashib bormoqda. CHunki, bu jarayonlarni amalga oshirishning sifati va
tezkorligi ham mos ravishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etib bormoqda.
Jahon bozorining zamonaviy rivojlanish yo`nalishlariga ko`ra, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalarning kiritilishi va ularning
samarali qo`llanilishi korxonalarda boshqaruv va texnologik jarayonlarning
samaradorligini oshirishga zamin yaratib, iqtisodiyotning turli jabhalarida mavjud
tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni yaratish uchun sharoit
yaratadi va shu orqali aholi turmush darajasining yaxshilanishiga sabab bo`ladi. Bu
haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday deb ta`kidlaydi:
“Bugungi kunda hayotimizni komp’yuter texnikasi, axborot texnologiyalari,
Internet, mobil’ telefon aloqasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi” .
Bunday xolatda ta`lim muassasalari bitiruvchilarini zamonaviy hayotga
faoliyatga tayyorlash uchun ta`lim tizimni qayta ko`rib chiqishni, o`qitishning
zarur xollarda islohotlarni amalga oshirishni talab chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Barkamol avlod yili”
Davlat dasturida ta`lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik
texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali
mamlakatimiz ta`lim tizimi sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalarining
o`quv-laboratoriya bazasini, zamonaviy turdagi o`quv va laboratoriya uskunalari,
komp’yuter texnikasi bilan mustahkamlash, raqamli va keng formatli
8
telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish
zarurligi asosiy vazifalardan biri deb etib belgilangan.
Ta`lim tizimida qo`llanilayotgan innovatsion texnologiyalaridan biri
masofaviy ta`lim tizimi, bu axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga
asoslangan ta`lim shaklidir. Masofadan o`qitish ta’lim jarayonida an`aviy o`qitish
vositalari bilan birga innovatsion-komp’yuter texnikasi va telekomunikatsiyalarga
asoslangan hamda ta`lim texnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutug’lardan
foydalaniladi.
Masofaviy ta`lim tizimining elektron axborot muhiti mamlakatimiz ta`lim
tizimi uchun quyidagi jarayonlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi:
- ta`lim sohasidagi islohotlarni davom ettirish;
- aholining ta`lim texnologiyalariga ehtiyojini shakllantirish;
- xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish;
- ta`lim jarayoni ishtirokchilari o`rtasida axborot almashish uchun sifatli, yangi
texnik vositalarning paydo bo`lishi va tez rivojlanishi;
- ta`lim sohasida xalqaro integratsiyani o`stirish.
O`zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to`g’risidagi” 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-sonli Qarorining ijrosini
ta`minlash borasida mamlakatimizda barcha tarmoqlar va sohalarda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi yangi yutuqlarni joriy etishga
doir izchil chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Axborot asri deb nom olgan
XXI asrda hayotimizning hech bir lahzasini axborot - kommunikatsiya
texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Zamon shiddatining o`zi bizni
tezkorlik sari chorlamoqda. Bunda bizga zamonaviy texnika va texnologiyalar,
Internet resurslari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish qo`l
keladi. Bugun bu masala davlat ahamiyati darajasiga chiqib ulgurdi. An`anaviy
hukumatdan elektron hukumatga izchillik bilan, bosqichma-bosqich o`tib borar
ekanmiz, say-harkatlarimizning asosi sifatida Internet resurslari va imkoniyatlarini
majburiy rekvizitlardan biri sifatida belgilash imkonini berdi.
9
Globallashuv jarayonlari chuqurlashayotgan va milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi o`sayotgan pallada telekommunikatsiya sanoati iqtisodiyotning
alohida olingan sohasi sifatida rivoj topishi hamda iqtisodiyotning boshqa
sohalarida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
qo`llanilishiga
doir
masalalar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlarning kengayishi va
mazkur
sanoatning
salohiyatini
amaliyotda
to`laqonli
qo`llash
milliy
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim rol o`ynaydi va shu
tarzda xususiy va davlat tuzilmalarining strategik barqarorligini ta`minladi.
Hozirgi kunda mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari
yoki muassasalarining faoliyati ko`p jihatdan ularning qay darajada zaruriy
ma`lumot va axborotlar bilan to`la ta`minlanganligiga, hamda ushbu
ma`lumotlardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo`lib
qolmoqda.
Avvalo bir echimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga
(sohaga) aloqador bo`lgan juda ko`plab ma`lumotlarni to`plash, ularni qayta
ishlash va tahlil qilish zarur bo`ladi. Ba`zan bunday ma`lumotlar miqdori shu qadar
ko`payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar
yordamisiz amalga oshirib bo`lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda
qabul qilish, qayta ishlash zarur bo`lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib
borayotganligi sababli, ba`zan ularni guruhlar bo`yicha jamlash, maqsadli tarzda
taqsimlash va ishlov berish ko`p vaqtni talab etmoqda.
Axborot hajmining bu qadar ko`payib ketishi hamda ma`lumotlar oqimining
tezlashib borishining asosiy sabablaridan biri axborot texnika, texnologiyalarning
rivojlanishi zamonaviy eng yangi texnologiyalarini qo`llash, ikkilamchi xom-
ashyolardan oqilona foydalanish, energetik resurslarni tejamkorlik bilan ishlatish,
inson mehnatini engillashtirish hisobiga oshirish bosqichiga kirganligidir.
Bu esa, o`z navbatida, yuqori darajada axborotlashgan jamiyat bo`lishini talab
etadi.
Jamiyatning axborotlashuv atamasi - D.Benk va E.Masudolar tomonidan ilk
bor qo`llanilgan bo`lib, bugungi kunda mavjud bo`lgan ziddiyatlardan xoli bo`lgan,
10
komp’yuterlar, informatika, elektronika bilan uyg’unlashib ketgan jamiyat
ma`nosini anglatadi. Kengroq ma`noda olsak, axborotlashgan jamiyatda –
jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonunlaridan biri bo`lib
hisoblanadi. Bu inson faoliyatining barcha sohalariga intellektual mehnat quroli
sifatida axborotlarni tezkorlik bilan yig’ish, qayta ishlash, jarayon, voqea va
hodisalarni
modellashtirish,
ularni
tahlil
qilish
imkonini
beruvchi
komp’yuterlashtirilgan tizimlar va boshqa axborot texnologiyalari kirib kelishini
anglatadi. Ana shunday texnologiyalardan biri – shak shubhasiz MICROSOFT
EXCEL dasturi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |