qaratqich kelishigi -ning bilan shakllanadi va real qarashlilikni ifodalaydi: Usta
Mahkamning kichik qizi Inobat mahmadonagina chiqqan (S.A.hmad). Qo‘rquvdan
Nilufarning ko‘zlari pir-pir ucha boshladi (U.Nazarov).
Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi tushirilgan bo‘lsa, belgisiz qaratqich hisoblanadi:
Xotiralar iskanjasida lom-mim demay, «xotirjamlik»ni ijro etmoqdaman (Yo.Akram).
Urush azoblari xotiraga aylanmaydi, aksincha har kuni davom etaveradi (Q.Norqobil).
Belgisiz qaratqich kelishigidagi otlar o‘zidan keyingi ot bilan zich bog‘langan
bo‘ladi va ular orasiga boshqa so‘z kiritib bo‘lmaydi. Bunday bog‘lanishda qarashlilikdan
ko‘ra aloqadorlik ma’nosi ustun bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |