Mikroskopgacha, mikroskopik va elektronmikroskopik davrlar.
Ikkinchidan dunyo mamlakatlarida bu fanning shakllanishi har xil.
Ayrim mamlakatlarda bu fan ertaroq, boshqalarda esa, kechroq
shakllangan. Ayrim davlat olimlari bu fan taraqqiyotiga ko‘proq hissa
qo‘shganlar, qo‘proq ma’lumot to‘plaganlar. Albatta fan taraqqiyotiga
katta hissa qo‘shgan buyuk olimlarni bilish ham fanni o‘rganishga
kiradi.
Gistologiya fanini o‘rganish uzoq xorij, keyinchalik Rossiyada va
O‘zbekistonda boshlangan.
Biz osonroq bo‘lishi va qiyoslab ko‘rish uchun ham gistologiya
fanini uzoq xorij, Rossiya va O‘zbekiston davlatlarida qanday rivoj
topganligini alohida ko’rsatmoqchi bo‘ldik. Bunda gistologiya fanini
tarixini bosqichlarini ham inobatga oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |