ishi bo’lib, firmaning maqsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo’li va
tomonlari tahlil qilinadi. Bu tahlil firmaning real imkoniyatlarini aniqlash uchun
kerak bo’ladi.
2) biz qaysi yo’ldan yurmoqchimiz? Qo’shimcha ravishda boshqa ichki
muhit omillaridan tahlil qilinadi: iqtisodiy sharoitlar, texnologiya saviyasi,
tashkilotdagi
ijtimoiy
va
madaniy
o’zgarishlar.
Tashqi
muhitning ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishiga baho beradilar: raqobat sharti,
qonunlar, siyosiy ahvol va boshqalar. Natijada rahbariyat qanday maqsadni
ko’zlashni va unga erishishga nimalar halaqit berishini aniqlaydi.
3) buni biz qanday qilib bajaramiz? Menejment umumiy va aniq doirada
ishlovchilar qo’yilgan masalani echish uchun nimalar qilishi kerakligini
aniqlaydi. Rejalashtirish kengroq ko’rilmog’i kerak. Bu usul yordamida rahbariyat
barcha tashkilot a’zolari harakatlarini yagona yo’nalishga, uning umumiy
maqsadiga erishishiga safarbar qiladi.
Rejalashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan tashkil topgan:
1. Tashkilotning bosh maqsadi, ya’ni firmaning (korporatsiyaning)
hayot kechirishdan maqsadi aniqlanadi. Bu kabi maqsad tashkilotni xususiyati
bilan bog’liq. Masalan: IBM korporatsiyasining maqsadi - hisoblash
apparatini etkazib berishdan iborat, bankning maqsadi - firmalarni kredit bilan
ta’minlashdan iborat.
2. Tashkilotning faoliyatini aniqlash. Bu jarayon bir vaqtda
menejmentning barcha saviyalarida o’zaro muvofiqlashtirilib amalga
oshiriladi. Yuqori saviyada bu masala odatda tovar xizmatining ahamiyatini
va sifatini aniqlaydi, quyi savollarda esa bular aniq masalalar, aniq raqamlar
bilan ish olib boriladi, qanday detallar partiyasini, raqamlar davrida, qanday
korxonada ishlab chiqarish.
3. Bajariladigan ishlar rejasini quyidagi masalalar bo’yicha tuzib
chiqish. Bunga echiladigan masalaning samarali ekanligini aniqlovchi
standartlar ishlab chiqish kiradi.
4. Rejalarning boshqarilishini aniq qoida va mulohazalarini ishlab
chiqish. Mulohaza deganda, qo’yilgan masalani echishda ketma-ket
bajaradigan harakatlar tushiniladi. Qoidalar, maxsus va aniq ko’rsatmalar u
yoki bu ishni bajarish yoki bajarmaslikka xizmat qiladi.
Rejalashtirishning vazifalarini menejmentdagi ko’rib chiqilgan
tavsiflarini quyidagi rejalashtirish jarayoni chizmasida ko’rish mumkin (3.3-
chizma).
Tashkilotning ichki muhiti to’g’ri burchakli to’rtburchak shaklida
ko’rsatilgan, ular doirasida esa, rejalashtirish amalga oshiriladi (vertikal
bo’yicha qarang). Tashqi to’rtburchakda esa tashqi muhitning shartlari
tashkilot faoliyatiga, shu jumladan rejalashtirish vazifasiga ham qanday ta’sir
ko’rsatishi keltirilgan. Bu bir tomondan shunday ta’sir ko’rsatuvchi omillar
yig’imiki - jamiyat, hokimiyat, raqobatchi - boshqa tomondan firmaning aniq
faoliyatini qanday darajada bog’liqligini bildiruvchi omillardir.
2.3-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: