R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni


 LOK-BO‘YOQ QOPLAMALAR ISHLAB CHIQARISH



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

4.6. LOK-BO‘YOQ QOPLAMALAR ISHLAB CHIQARISH 
TEXNOLOGIYASI
Emulsion bo‘yoq ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan 
jihozning modellashtirilgan shakli 46, 47-rasmlarda tasvir-
langan.
46-rаsm. Dissоlvеrning ichki 
ko‘rinishi.
47-rаsm. Dissоlvеrning umumiy 
ko‘rinishi.


160
Kerakli komponentlar: suv, bo‘r, titan oksidi, kaliy karbonat 
eritmasi, sirt faol modda, akril emulsiyasi, dibutilftalat, natriy 
karboksimetilselluloza, talk, natriy polifosfat, monoetanolamin 
va bura. 
100 g suvli-dispersion bo‘yoq tayyorlash uchun kerak 
bo‘ladigan moddalar ulushlari:
1.  Suv – 23,1%;
2.  Bo‘r – 53,3%;
3.  Titan oksidi – 5–12%;
4.  Kaliy karbonat – 0,13% (25% li eritma);
5.  Sirt faol modda – 0,37%;
6.  Akril emulsiyasi – 12,77%;
7.  Dibutilftalat – 0,81%;
8.  Natriy karboksimetilselluloza (NaKMS) – 0,42%;
9.  Talk – 1,16%;
10.  Natriy polifosfat (kolgen) – 0,32%; 
11.  Monoetanolamin – 0,18%;
12.  Bura – 0,025%.
Komponentlarni tortishdan avval ularni yaxshilab mayda-
lanadi. Maydalanish jarayonini osonlashtirish uchun mod-
dalarni yaxshilab quritib olinadi.
Birinchi navbatda kukun holidagi xomashyolarni oftobda 
havo harorati 35
o
C bo‘lgan sharoitda quritib olinadi. So‘ngra bu 
moddalar hovonchada maydalanib, yirikligi 1 mm li elakdan 
o‘tkaziladi. Keyin yana maydalanib 0,26 mm li yiriklikdagi 
elakdan o‘tkaziladi.
Elakning o‘lchami Mir-2 mikroskopida yorug‘lik yaxshi 
tushadigan joyga shtativni vertikal holatda joylashtirilib o‘lchab 
olinadi. O‘lchami katta bo‘lgan elak 1,2 mm, kichigi esa 0,26 
mm ekanligi aniqlanadi.


161
Barcha maydalash ishlarini sirlangan chinni kosa va 
nikel qoshiq yordamida amalga oshiriladi. Emulsion bo‘yoq 
tayyorlash jarayonida komponentlarni aralashtirish ishlari 
shisha tayoqcha yordamida amalga oshirildi.
Emulsion bo‘yoqlar uchun to‘ldiruvchilar sifatida bo‘r, talk, 
natriy polifosfat, oksidlar va boshqalar ishlatilishi mumkin. 
To‘ldiruvchi qo‘shish pigment kam sarf bo‘lishini, mahsulot 
narxining arzonlashishini, pigmentning asosga yaxshi shimi-
lishini, tishlashishini, ya’ni asosga mahkam ushlanib turish 
xususiyatini, lok-bo‘yoq pardalarining mustahkamligi, chidam-
liligini oshiradi, ularni suv, o‘t (yuqori harorat), kislotalar, 
ishqorlar hamda atmosfera ta’siriga chidamli qiladi, bo‘yoq 
pardalarning yaltiroqligi yoki xiraligini ta’minlaydi, qurishini 
tezlashtiradi. Tiksotroplik xossasini oshirish uchun poliefir lok-
bo‘yoq materiallari tarkibiga qo‘shilgan bunday to‘ldiruvchilar 
bir marta surkashdayoq kerakli qalinlikdagi parda qatlamni 
hosil qilish imkonini beradi. Xuddi shuningdek, diatomitli 
qum 
tuproqlar parda qatlamning metall bilan adgeziyasini 
(yopi shuv chanligini) oshirish uchun xizmat qiladi. Tabiiy qum-
tuproqlar (kvars, diatomit) metall buyumlarni ta’mirlash uchun 
g‘ovak to‘ldiruvchilar tayyorlashda, lok-bo‘yoq materiallarda 
bo‘lsa oraliq qatlamlar sifatida surkashda, qatlamlar orasida 
adgeziyani oshirish maqsadida ishlatiladi.
Natriy karboksimetilsellulozaning eruvchanligi alohida 
tajribalar yo‘li bilan aniqlanadi. Eruvchanligi bevosita erituv-
chiga va haroratga bog‘liq ekanligi aniqlanadi. 
Titan oksidini maydalab elakdan o‘tkazib akril emulsiyasiga 
solinganda yaxshi erishi, kristallanib qolmasligi aniqlanadi. 
Bo‘rning ham dispersligi yuqori bo‘lishi muhim ahamiyatga 
ega. Chunki, dispersligi yuqori bo‘lgan bo‘r akril emulsiyasida 
11—


162
yaxshi eriydi va titan oksidi kabi bu ham kristallanib qolmasligi 
aniqlandi. Emulsion bo‘yoq tarkibidagi komponentlarning 
eruvchanligi va dispersligi yuqori bo‘lsa cho‘kmaga tushmasligi 
ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari, cho‘kmaga tushmasligini sirt 
faol moddalar ham ta’minlashi aniqlandi.
Turli yuqori sifatli qurilish materiallari olish uchun xom-
ashyo aralashmasini g‘ovaklashtirish muhim. Bunga yuqorida 
aytib o‘tilgan usullar yordamida aralashmaga texnik usulda 
olingan ko‘pik yoki ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shish bilan va uni 
intensiv aralashtirgan holda disperslangan havo pufakchalarini 
hosil qilib erishish mumkin.
Xomashyolarni quyosh nurida quritishdan maqsad shuki
xomashyo qanchalik quruq bo‘lsa uni elakdan o‘tkazish oson 
bo‘ladi va tarkibidagi namlik maksimal quriydi. Namlik tayyor-
lanadigan bo‘yoqning sifatiga va xossalariga yomon ta’sir etadi. 
Bu xomashyolarga talk, bo‘r, natriy karboksimetilselluloza va 
titan oksidi kiradi. 
Kerakli xomashyolarni dastlab yirik elakdan o‘tkazilsa, 
so‘ng mayin elakdan o‘tkazish oson bo‘ladi. Elaklashdan maq-
sad xomashyoning yuqori dispersligini ta’minlashdir. Yuqori 
disperslikka ega bo‘lgan xomashyo erituvchida yaxshi eriydi 
va bir jinsli aralashma hosil qilishga osonlik bilan erishiladi. 
Disperslik darajasi muhim bo‘lgan komponentlardan biri pig-
ment kukunidir. Uning yordamida tayyorlangan emulsion bo‘-
yoq 
lar devorlarga surtilganda devor yuzasi notekis bo‘ladi 
ham da qora nuqtalar paydo bo‘ladi. Bu qora nuqtalar pigment-
ning erimay qolgan yirik zarralaridir. Mazkur qora nuqtalar 
mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari
zarrachalar dispersligining kattaligi qorishmaning g‘ovaklik 
darajasi yuqori bo‘lishiga olib keladi.


163
Shu bilan birgalikda pigmentning disperslilik darajasi 
ular ning qoplovchanlik darajasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Pig-
mentning maydalilik darajasi qanchalik kichik (mayin) bo‘l sa, 
ular pardozlanayotgan devorlarni shunchalik yaxshi qoplay di. 
Bo‘yash jarayonlarida purkaydigan mexanizmlardan foydala-
nilganda bu katta ahamiyatga ega. 
Tarkibiy qismlarni tortishda elektron tarozidan foydala-
niladi. Tortishda tortish qoidalariga amal qilinishi shart. Eri-
tuv chilarni tortish ishlari og‘zi zich berkiladigan idishlarda 
olib boriladi. Bundan tashqari, emulsion bo‘yoq tayyorlash 
jarayonida komponentlarini aralashtirishga ham alohida e’tibor 
berish talab etiladi. Chunki, komponentlar yaxshi aralashmasa 
mahsulot sifati buziladi.
Barcha ishlar chinni idishda bajarilishiga sabab ishlatiladigan 
xomashyolar chinni bilan kimyoviy ta’sirga kirishmaydi, ara-
lashtirgich sifatida esa xomashyo bilan kimyoviy ta’sirga 
kirishmaydigan nikel qoshiqdan foydalaniladi.
Sanoat korxonalarining ish sur’atlari hamda atrof-muhit-
ga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori oshgan hozir 
gi 
vaqtda lok-bo‘yoq ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqarila-
yotgan mahsulotga ana shunday salbiy holatlarga javob bera-
digan, arzon va mahalliy xomashyolar asosida bo‘yoqlar va 
loklar ishlab chiqarish ayni vaqtda juda muhimdir. Bunday 
mahsulotlarga yupqa qavatli plyonka hosil qiluvchi suv asosi-
dagi sistemalar kiradi. Hozirgi vaqtda suv asosidagi lok-bo‘yoq 
materiallarining ulushi rivojlangan mamlakatlarda qariyb 20–
30% ni tashkil qiladi. Ilk suv tarkibli plyonka hosil qiluvchi 
qoplamalarni – suvemulsion bo‘yoqlarni tabiiy va sintetik 
lateks asosida olingan.


164
Kolloid kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan plyonka qavat 
hosil qiluvchi polimer dispers sistemalari olish sohasidagi 
yutuqlar suvemulsiyasidan iborat lok-bo‘yoq materiallar turla-
rini ko‘paytirish imkonini berdi. Bunday materiallarni ishlab 
chiqarish texnologiyasida vinilasetatning gomo- va sopoli-
merlari, vinilxlorid, etilen, akrilatlar, stirol va boshqa bir qan-
cha monomerlar latekslari ishlatiladi. Shuningdek, bu kabi 
materiallarning sun’iylari ham mavjud bo‘lib, ular oligomer-
larning yumshash haroratlaridan yuqoriroq harorat larda yoki 
oligomer va polimerlarning eritmalarini (ba’zi hollarda erit-
masini haydash bilan) yuqori haroratlarda emulgirlanishidan 
olinadi. Bu sistemalarda plyonka hosil qiluvchi moddalar – 
yuqorida sanab o‘tilgan oligomerlar va polimerlar, alkidlar, 
epoksidlar, poliuretanlar, bitumlar, quriydigan moylar va h.k.lar 
bo‘lishi mumkin.
Lok-bo‘yoq ishlab chiqarish sanoatining asosiy tovar mah-
suloti pigmentli lok-bo‘yoq materiallardir. Bular quyidagi 
sohalarda ko‘plab ishlatiladi: mashinasozlik, radioelektronika, 
aviatsiya va kemasozlik, sanoat va uy-joy qurilishi, kosmik 
tex 
nika va xalq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va 
boshqalar.
Lok-bo‘yoq materiallarining qaysi qavatiga pigmentlangan 
materiallar kerakligiga qarab ularni emallarga va bo‘yoqlarga 
(shuningdek, suvemulsiyali, kukunli), gruntovkalar va h.k.larga 
bo‘linadi. 
Pigmentli lok-bo‘yoq materiallari tarkibi ko‘p komponentli 
murakkab kompozitsiyali sistemadir. Ularning tarkiblariga qu-
yi dagi ingridiyentlar kiradi: oligomerlar (polimerlar), pig ment-
lar va to‘ldirgichlar, erituvchilar va suyultirgichlar, shuning-
dek, maxsus holatlar uchun qo‘shimchalar (sikkativlar, plas-


165
tifikatorlar, SFM lar va h.k.). Pigmentli bo‘yoq va qoplama 
materiallar xossasi, asosan, oligomerlar pigmentlarning xossalari 
bilan hamda ularning ta’sirlashishining fizik-kimyoviy holati 
bilan aniqlanadi. Uning tarkibidagi boshqa komponentlari ham 
materialning reologik xossalariga, qotish jarayoniga (qoplama 
hosil bo‘lishiga) va qoplamaning ekspluatatsion tasnifiga sezi-
larli ta’sir qiladi.
Pigmentli lok-bo‘yoq materiallarini tarkibining asosi bo‘l-
gan oilgomerning turi bo‘yicha sinflash qabul qilingan. 
Masalan, gliftal (GF), pentaftal (PF), epoksid (EP), poliuretan 
(UR), kremniyorganik (KO) va boshqa materiallar.
Pigmentli materiallarni bir fazali va ikki fazali suyuq 
plyonka hosil qiluvchi sistemalar asosida tayyorlanadi. Bir 
fazali sistemalarga organik erituvchilardagi oligomerlarning 
erit malari, oliflar va tabiiy birikmalarning eritmalari kiradi. 
Ikki fazali sistemalarga suvli va organodispersli polimer 
sistemalar kiradi.
Quyida misol tariqasida biz emallar, aniqrog‘i suvemulsiyasi 
bo‘yog‘ini ishlab chiqarish bilan tanishamiz.
Har bir pigmentni biserli dispergatorlar (1–3) da alohida 
holatlarda dispersiyalanadi. Texnologik sxemada (48-rasm) 
ular ning uchtasi keltirilgan. Jarayonda pigmentlar soniga qarab 
ular ko‘p bo‘lishi mumkin. Pigmentli pastani tayyorlash ishini 
navbat bilan ishlovchi tezyurar aralashtirgichlarda (disolverlar – 

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish