Emulsiоn bo‘yoqlar tarkibi. Pardozlanadigan yuzalarga
yup qa qatlam ko‘rinishida surtiladigan va quriganidan keyin
asosga mahkam yopishib qoladigan parda hosil qiladigan tar-
kib lar umumiy nom bilan lok-bo‘yoq mahsulotlari deb ataladi.
Hosil bo‘lgan zich, qattiq va mustahkam (pishiq) parda lok-
bo‘ yoq yoki bo‘yoq qoplamasi deyiladi. Surtilgan bo‘yoq qatla-
mining qalinligi, ishlatilgan material turiga qarab, 60–500
mkm qalinlikda bo‘lishi mumkin.
Lok-bo‘yoqlar bir necha komponentdan, ya’ni quruq modda
(pigmentlar va to‘ldiruvchilar), bog‘lovchi modda (aliflar, po-
li merlar, yelimlar), erituvchilar, suyultiruvchilar va turli qo‘-
shimchalardan tashkil topgan.
Bo‘yoqlar tarkibida polimer moddalardan butadiyen-stirol,
stirol-akrilat, akrilat yoki versatat bo‘lishi mumkin. Bo‘yoqlar
oq rangli bo‘lishini oq pigmentlar – rux oksidi yoki titan oksidi
ta’minlaydi. Bo‘yoqlar ishlab chiqarishda bo‘r to‘ldiruv chi va-
zifasini bajaradi. Bu vazifani yana barit, kalsit, talk, slyuda
mine
rallari ham bajarishi mumkin. Bo‘yoqlarning quyuq-
suyuqligini ta’minlashda maxsus quyuqlashtiruvchi moddalar
139
qo‘shiladi. Quyuqlashtiruvchi sifatida NaKMS – natriy karbok-
simetilselluloza ishlatilishi mumkin.
Suvli-dispersion bo‘yoqlarning tarkibi: suv – 50 %, pig-
ment va to‘ldiruvchilar – 37%, plastifikatorlar – 7%, boshqa
qo‘shimchalar – 6 %.
Suvli-dispersion bo‘yoqlar uchun qo‘shimchalar: emulga-
torlar (difinil, sirt aktiv moddalar); dispergatorlar, pigmentlar
va to‘ldiruvchilar (masalan, natriy geksametafosfat); quyuqlash-
tiruvchilar (selluloza efiri, metakril kislotaning sopolimeri);
tik
sotrop moddalar (bentonit, aerosil); korroziyaga qarshi
himoya vositalari (NaNO
2
C
6
H
5
COONa).
Turli yuqori sifatli qurilish materiallari olish uchun xom-
ashyo aralashmasini g‘ovaklashtirish muhim. Bunga yuqorida
aytib o‘tilgan usullar yordamida aralashmaga texnik usulda
olingan ko‘pik yoki ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shish bilan va uni
intensiv aralashtirgan holda disperslangan havo pufakchalarini
hosil qilib erishish mumkin. Suvli-dispersion bo‘yoqlar ishlab
chiqarish texnologiyasi to‘rt boshqichda amalga oshiriladi:
– polimerlar bilan pigment va to‘ldiruvchilarning suvli-dis-
per sion birikma hosil qilishi;
– pigment pastasini dispergatsiyalash;
– qo‘shimcha komponentlar kiritish;
– tayyor aralashmani filtrlash va qadoqlash.
Dispergatsiya suyuq yoki qattiq jismni ingichka holatgacha
maydalash jarayonidir. Bu jarayonda aerazol, suspenziya, kukun
va emulsiya usullaridan foydalaniladi. Bu jarayon maxsus dis-
pergator – sharli tegirmonda amalga oshiriladi. Jihozning
ishlashi vertikal va gorizontal kameralarda komponentlarni
maydalashga asoslangan.
140
Dispergatsiya jarayoni tugagandan so‘ng aralashtirgich
o‘rna tilgan dissolver idishga tushiriladi va komponentlar qo‘-
shib uni intensiv aralashtirib turiladi. Jarayon taxminan 20–30
daqiqa borishi mumkin. Bu vaqt dispergator va dissol verning
xususiyatiga, aralashmadagi komponentlarning miqdo
ri va
xossasiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Yuqoridagi boshqichlar tugagandan so‘ng filtrlangan tayyor
bo‘yoq qadoqlanadi. Barcha jarayonlar +5 dan past bo‘lma gan
haroratda amalga oshirilsa bo‘yoq o‘zining xossasini yo‘qot-
maydi.
Suvda eriydigan bo‘yoqlarning xossalari bog‘lovchi sifatida
qanday polimer ishlatilganiga bog‘liq.
Masalan yupqa parda hosil qiluvchi toza akril asosida
oli nadigan bo‘yoqning sifati yaxshi bo‘lib, u o‘z xossalarini
yaxshi saqlaydi, intensiv ultrabinafsha nurlanishiga chidamli,
shu xossasiga ko‘ra tashqi muhitga (atmosferaga) chidamliligi
uchun alkidli bo‘yoq materiallaridan ustun.
Yupqa parda hosil qiluvchi materiallarning keng tanlovidan
lateks asosida bo‘yoq materiallar tayyorlanadi, ishlatilishi
oddiyligi va tez qurishi bilan farqlanib turadi, uchuvchi modda-
larning yo‘qligi uni ekologik toza mahsulotlar qatoriga kiritadi.
Bog‘lovchi moddaning tarkibi ko‘rsatilmaydi, chunki is-
te’molchini bu qiziqtirmasligi mumkin. Bo‘yoq sotib olinganda
nimaga qo‘llanishini o‘ramiga qarab olinishi kerak.
Bo‘yoq quriganidan so‘ng, ustki qatlamida hosil bo‘lgan
yupqa parda himoya xossasiga ega, ya’ni bu qatlam asosni
saqlaydi va vizual qulaylikni ta’minlaydi, xuddi shu narsa
bo‘yoqni ishlatish uchun qulayligini ko‘rsatib beradi. Qoplanish
darajasi eng asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, har xil
bo‘yoqlarni obyektiv taqqoslash xossasini ko‘rsatadi (45-rasm).
141
45-rasm. Bo‘yoqlar katalоgi.
G‘arb-Yevropa firmalarining ko‘p mahsulotlari xalqaro
stan dartga to‘g‘ri keladi. Masalan, IS 6504\ 1, bu yerda: IS-
qoplanish darajasi, 6504-qoplanish sirti, 1 – 1 litr bo‘yoq
(m
2
/ l).
Bunda bo‘yoq qora va oqqa bo‘yalgan asosni 98% qopla-
shi kerak. Ba’zi hollarda maydon qoplash ko‘rsatkichi ko‘rsa-
tilmaydi, sarf bo‘lish ko‘rsatkichi ko‘rsatiladi. Bu ko‘rsatkich
aniq bo‘lmay, qoplanish maydoni sirtiga qarab bo‘yoqning sarf
bo‘lishi o‘zgaradi. Shu sababga ko‘ra ko‘rsatilgan raqamlarga
ko‘ra ehtiyotlik bilan qarash lozim. Masalan, bir xil bo‘yoq
olib har xil bo‘yalish sirtida qo‘llab ko‘rilsa ushbu ko‘rsatkich
ancha farq qiladi (10–13 m
2
/ l). IS 906504 bilan oldin bo‘yalgan
maydon sirti bo‘yalsa 10–12 m
2
/ l, shpatlyovka bo‘lgan maydon
bo‘yalsa 7–9 m
2
/ l, shtukaturka bo‘lgan maydon bo‘yalsa 3–5
m
2
/ l bo‘yoq sarflanadi.
142
Bo‘yoq sarf bo‘lishi mahsulotlarning chidamliligi, bo‘yash
texnologiyasi, qurollar va ishchi klassifikatsiyasiga bog‘liq.
Lok-bo‘yoq mahsulotlarining chidamliligi deyilganda, suv-
ga, yuvilishga, ishqalanishga, kimyoviy reagentlar va zam-
burug‘ hosil qilmaslikka chidamliligi tushuniladi.
Ushbu ko‘rsatkichga qarab, kerakli bo‘yoqni olish mumkin.
Ayrim suvda eriydigan bo‘yoqlar ba’zida yaltiramaydigan
ko‘rinishda chiqariladi.
Suvga chidamlilikni yuvish chidamliligi bilan sinaladi.
Faqat farqi shundaki, bo‘yalgan sirtni namlangan matо bilan
artiladi. Bu guruhga po‘panak hоsil bo‘lishiga qarshilik ko‘r-
satadigan bo‘yoqlar kiradi. Ularning tarkibida fungitsidli qo‘-
shimchalar bo‘ladi.
Barcha suvda eriydigan bo‘yoqlarda suvga chidamli tar-
kiblar yuvishga yuqоri chidamliligi bilan ajralib turadi.
Suvli-dispеrsiоn matеriallar muzlagandan kеyin o‘z хusu-
siyatini yo‘qоtadi, shuning uchun qish faslida ularni issiq
binоlarda, tеrmоstat furgоnlarda оlib yurish mumkun. Shu-
ning uchun bunday materiallarni qish faslida оchiq qurilish
bоzоrlaridan sоtib оlish mumkin emas.
Istisnо tariqasida ayrim firmalar qish sоvug‘iga chidamli
хоssalarini namоyon qiladigan suvda eriydigan bo‘yoqlarni
ishlab chiqaradi. Ular ishqоr va kislоtalar ta’siriga kimyoviy
jihatdan ancha chidamli hisоblanadi.
Mоy bo‘yoqlar ishqоr eritmasiga tеgsa bo‘yoq rangi o‘z-
garadi.
Masalan, havоrang bo‘yoq ishqоriy muhitda rangsizlanadi.
Ishqоrga barqarоrligi juda yuqоri bo‘lganlarining tarkibida
охra, mumiyo, marganеs pеrоksidlari bo‘ladi, sun’iylaridan esa
143
хrоm оksidi оrganik ranglar qizil va sabzi rang, titan bеlila sini
misоl kеltirish mumkin. Kislоtaga barqarоr bo‘yoqlar ishlab
chiqarilishi uchun faqat kislоtaga chidamli maхsus ranglar
ishlatiladi (titan bеlilasi, хrоm оksidi, qоra qalam).
Do'stlaringiz bilan baham: |