(rivojlanish stadiyasining ayrimlari tushib qoluvchi) bo`ladi. To„liq rivojlanish
stadiyasiga ega bo„lgan va ushbu stadiyalar ikkita xo„jainda o„tadigan zang
rivojlangan miselial to„plamini vujudga keltiradi. Barg plastinkasining ustki
gaploid piknidiosporalar shakllanadi. Zamburug„ning bu stadiyasi "pikndiya
bog„lami chiqib, u o„zidan qandsimon suyuqlik ajratib turadi. Natijada unga
hasharotlar qo„nib piknosporalarni tarqatadi. Aynan bargning usha joydagi
pastki yuzasiga yaqin qismida esa miseliylar to„plamidan biroz yirikroq,
sarg„ish qutichaga o„xshash etsidio stadiyasi hosil bo„lib, uning ichidagi zich
49
miseliylar o„ramidan boshlanadigan selindrik konidiya bandlari va uning
ustida esa ikki yadroli, bazopital holda joylashgan etsidio sporalar shakllanadi.
Etsidiyo stadiyasida zamburug„ diploid holga o„tadi. Bu jarayon gaploid
miseliylarning qo„shilishidan yoki ayrimlarida gaploid miseliy hujayralariga
piknosporalar qo„shilishidan juzaga keladi. Diploid etsidiosporalar shamol
yordamida tarqalib, asosan bug„doy yoki ayrim boshqa donli o„simliklarning
poyasi va barglarini zararlaydi. Zararlangan joylarda sariq zangga o„xshash
uzun dog„lar hosil bo„ladi. Bu dog„larning asosidagi epiderms tagida, maxsus
oyoqchalarda joylashgan diploid uredosporalar bo„lib, ularning tarkibidagi
yog„ tomchisi va karotin pigmenti zangga o„xshash ko„rinishni yuzaga
keltiradi. Zamburug„ning uredo stadiyasi donli o„simliklarning ma‟lum turiga
moslashganligi uchun ularni o„simliklarga nisbatan formalarini ajratiladi.
Masalan, bug„doyda Puccinia graminus f. tritici, javdarda - f. secale, sulida -
f. avenae kabi formalari farqlanadi. Ureydo sporalar yoz davomida birnecha
marta tarqalib yangi o„simliklarni zararlashi mumkin. Yozning oxirida esa
donli o„simliklarning ustida qoramtir-qo„ng„ir dog„lar paydo bo„ladi. Bu
paytda zamburug„ning miseliylari ko„payishning yangi stadiyasiga, ya‟ni
teleyto stadiyasiga o„tadi. Teleyto stadiyada ham maxsus sporalar vujudga
kelib, chiziqli zang zamburug„ida ular qalin qobiqqa o„ralgan, ikki yadroli,
oyoqchali va ikki xujayradan iborat bo„ladi. Ushbu sporalar o„simlik
g„oldiqlarida qishlab, erta bahorda har bir hujayradagi dikarionlar oldin
qo„shilib, keyin reduksion bo„linadi, Natijada 4 xujayrali fragmobazidiya va
ularning ustida bittadan bazidiyasporalar vujudga keladi. Bazidiyasporalar esa
o„z navbatida shomol yordamida tarqalib, zirkning barglariga tushadi.
Shunday qilib, umumiy xisobda chiziqli zang zamburug„i rivojlanish sikli
davomida bir-birini ketma-ket almashtiruvchi 4 ta (etsidio, uredo, teleyto, va
bazidio) stadiyalarini boshidan kechiradi.
Zang zamburug„lari kasallantiradigan o„simliklari, har bir stadiyasidagi
sporalarini tuzilishi, kasallikning tashqi ko„rinishi va boshqa bir qator belgilari
bilan bir-biridan farq qiladi. Ayniqsa ushbu zamburug„larning teleytosporalari
orasidagi farq anchagina sezilarli bo„ladi.
Zang zamburug„larga qarshi kurash anchagina qiyin bo„lib, ko„pchilik
madaniy o„simliklarni yangi navlarini jaratish davridayoq ushbu
zamburug„larga chidamliligi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: