zarralari boʻlganidan daryo shunday nom olgan. Poʻstak yokiuzun patli gilam
ustiga qum toʻkib, bosim bilan qumdan oltin ajratib olishgan. Lekin Zarafshon
58
tarixchilari asarlarida Politimet, oʻrta asrlarda Obi Koʻhak-koʻhak suvi deb
atalgan.Koʻhak- Samarqand shahri yaqinidagi Choʻponota tepaligining tojikcha
nomi (koʻhak-togʻcha, qir). Bu tepalik arab geograflaridan Ibn Havqal (Xasr)
asarlarida Jabali Koʻhak deb atalgan(arabcha jabal-“tog”). Daryoning Namik,
Roʻdi, Masof, Nahri, Sugʻd, (Obi Sugʻd), Sharh, Haramkom, Rudi, Somjon kabi
nomlari ham boʻlgan.
Qashqadaryo-gidronimi katta suv obyektlarining nomlari qadimiy boʻladi
degan fikrning toʻgri ekanligini isbotlaydi. Bu daryo nomining kelib chiqishi
haqida qancha fikrlar bildirilgan boʻlsa ham gidronim etimologiyasi toʻgʻri
aniqlangan
deb
boʻlmaydi.Qashqa
soʻzining
ma’nosi
koʻp.
Akademik
V.V.Bartoldning Qashqadaryo Kesh (Shahrisabz) shahri nomining fonetik
oʻzgarishi oqibatidir, degan fikri toʻgʻriga oʻxshaydi.Kesh shahri nomi asli
Kashboʻlgan, chunki shaharning epiteti ”Kashi-Dilkash” edi. Arab geograflari
asrlarida Qashqadaryo (Xasr) Keshkiroʻd deb, Temur davrida Xashqa
(Xashqaroʻd) deb yuritilgan va keyinchalik Qashqaryo boʻlib ketgan.
Surxondaryo- nomining etimologiyasi ham hamon jumboqligicha
qolayotir. Tojikcha ”Qizil suv” -Denov shahrigacha Qizilsuv ataladi). Surx yoki
Surxi degan turkman urugʻi ham bor. Oʻrta asrlarda, Amir Temur tarixida ham
Chagʻonrud deb atalgan.V.V.Bartold moʻgʻul tilida chagʻon “Oq” ekanini aytgan
(roʻd-daryo). Respublikamiz daryolarini havzalarga boʻlsak,koʻpchilik daryolar
Sirdaryo (Norin,Qoradaryo,Chirchiq, Ohangaron, Kalas, Aravansoy,Oqbura,
Isfayram Soy, Shohimardon, Soʻx Isfara, Xoʻjabaqirgʻon, Oqsuv, Poshshota,
Oqsuv, Kosonsoy, Gʻovasoy) va Amudaryo havzasiga (Zarafshon,Qashqaryo,
Gʻuzor Daryo, Sunxondaryo, Toʻpolondaryo, Sheroboddaryo) kiradi. Bu daryolar,
soylarning qancha irmoq va tarmoqlari bor. Bulardan tashqari, qancha koʻllar (Orol
dengizi, Arnasoy koʻllari va boshqa) suv omborlari (Kattaqoʻrgʻon, Janubiy
Surxon, Chimqoʻrgʻon, Chorvoq, Toshkent dengizi, Quyimozor va bosh) son-
sanoqsiz quduqlar ham mavjud. Quduqlarni hisobga Olmaganda gidronimlardan
har birining etimologiyasi haqida toʻxtalib oʻtishning iloji ham hojati ham yoʻq deb
59
hisoblaymiz. Bundan tashqari suv obyetlarining nomlarini hosil qilgan soʻzlarni
sanab oʻtish va iloji boricha, ularning ma’nosini tilga olish, maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: