Agar hushsiz odam qattiq shikastlangan bo`lsa:
U hushiga kelmagunga qadar uni joyidan siljitmagan ma`qul. Agar
uni siljitish shart bo`lsa, bunda juda ehtiyot bo`ling, chunki agar bo`yni
yoki beli singan bo`lsa, har bir noto`g`ri harakat ham yanada og`irroq
shikastlarga olib kelishi mumkin (201-bet). Jarohat yoki singan suyaklarni
izlang, lekin iloji boricha odamni kamroq siljiting. Bel va bo`yinini egmang.
Hushsiz odamga uning og’zidan hech narsa bermang
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
173
AGAR TOMOQQA BIROR NARSA TIQILIB
QOLGAN BO`LSA
Agar odamning tomog`iga ovqat yoki biror narsa tiqilib qolsa va u
nafas ololmasa, tezda quyidagilarni qiling:
• Orqasida turib, qo`llaringiz bilan belini aylan-
tirib ushlang.
• mushtingizni, kindikdan teparoqqa va qo-
vurg’alardan pastroqqa qilib, qorniga qo`ying.
• va qornini birdaniga tepaga qaratib kuch va
Do'stlaringiz bilan baham: |