1989 – 1991 yillarni qamrab olgan bosqich. Bu bosqich yangi generatsiyaga
mansub rahbarlardan biri Islom Karimovning Respublika rahbari lavozimiga kelishi,
O‘zbekistonda mustaqillik g‘oyalarining pishib yetilishi, davlat mustaqilligi tarixiy
tasodif voqelik ta’sirida emas, balki respublikada yuzaga kelgan ziddiyatli va
murakkab vaziyatdan chiqish yo‘l-yo‘riqlarini qidirish hamda sobiq Ittifoq
rahbariyatining O‘zbekiston yetakchisi Islom Karimov siyosatiga qarshi qaratilgan
fitnalarining oldini olish bilan xarakterlanadi. Mazkur yillarning alohida davr
sifatida e’tirof etilishida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asaridagi xronologik yondashuv
ham ushbu davrning konseptual asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |