O‘zbekistonning eng yangi tarixi


Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol



Download 343,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana10.08.2021
Hajmi343,3 Kb.
#143772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1ZjDIoPJ2hff2yo0rOI5choCj4pL8a3c

2.Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. 

O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi 

 

Mustaqillik  tushunchasi  o'zida  azaldan  insoniyatning  orzu-umidlarini,  armon 

va  iztiroblarini  mujassam  etgan.  Darhaqiqat,  inson  tabiatning  gultoji  sifatida 

hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o'zini erkin 

his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning 

uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha min-taqalarida ozodlik 

uchun  kurashni,  shaklan  turlicha,  mohiyatan  o'xshash  bo'lgan  hurriyatga  intilish 

hodisalarini ko'p ko'rgan. 

XX asrning 80 yillari oxiriga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar suverentetini 

va inson hukuklarini poymol kilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘z davrini o‘tab 

bo‘lganligi  yanada  yaqqolroq  namoyon  bo‘la  boshladi.  Bu  hol  o‘zbek  xalqining 

mustaqillik  uchun  bo‘lgan  kurashini  tezlashtirib  yubordi  va  bozor  iqtisodiyotiga 

asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana boshladi.  

XX  asr  intihosida  dunyoning  qariyb  uchdan  bir  qismida  misli  ko'rilmagan 

hodisalar sodir bo'ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo'ravonlik va tazyiqqa 

asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi 

mutlaqlikni da'vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. 

Uning  tarkibiga  kirgan  ittifoqdosh  respublikalar  torn  ma'nodagi  mustaqil  davlat 

maqomini oldilar. 

XX  asr  90-yillari  boshlariga  kelib  O‘zbekistonda  xalqning  mustaqillikka 

erishishidan  iborat  azaliy  orzusini  amalga  oshirish  bosh  masala  bo‘lib  qoldi. 

Mamlakatda  shunday  vaziyat  vujudga  keldiki,  bir  tomondan,  biri-biriga  qarama-

qarshi  bo‘lgan  turli  qarashlar  shakllandi.  Ikkinchi  tomondan,  o‘sha  davrdagi 

markaziy  davlat  rahbariyati  mamlakat  ichkarisidagi  vaziyatni  to‘g‘ri  baholay 

olmadi, 

milliy 


respublikalarda 

mustaqillikka 

erishish 

tobora 


kuchayib 

borayotganining  oldini  ololmay  qoldi.1990-yil  18-fevralda  O`zbekiston  SSR  Oliy 

Kengashiga saylov bo‘ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, 500 

saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatildi, deputatlik mandatiga 

bir nechtadan nomzodlar da’vogarlik qildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar 

birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchi 

turda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylov 

bo‘lib o‘tdi. 




1990  yil  boshida  O‘zbekistonda  boshqaruvning  Prezidentlik  shakli  masalasi 

ko‘tarildi.  Respublikada  boshqaruvning  shunday  shaklining  joriy  etilishi,  avvalo, 

siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  millatlararo  va  boshqa  sohalardagi  muammolarni  hal 

qilish  jarayonini  tezlashtirishga  ko‘maklashish  vositasi  sifatida  joriy  qilindi.  Eng 

muhimi,  Prezident  muassasining  joriy  etilishi  respublika  uchun  suverenitet  va 

davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi. 

Alohida  shuni  ta’kidlash  kerakki,  o‘sha  kezlari  keng  miqyosda  tartib  va 

intizomni,  eng  avvalo,  boshqaruvning  barcha  darajalarida  va  jabhalarda  ijro 

mexanizmini  qayta  qurishni  tezlashtirish  vazifalarini  vaqtida  hal  etish,  fuqarolar 

huquqlarini  himoya  qiluvchi  barcha  muassasalarni  nazorat  qilish  masalalari  ham 

katta ahamiyat kasb etmoqda edi. 

1990-yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston SSR 

Oliy  Kengashining  I-sessiyasi  bo‘lib  o‘tdi.  24-mart  kuni  sessiya  Moskvaning 

tazyiqiga  qaramasdan,  respublikalar  orasida  birinchi  bolib  “O`zbekiston  SSR 

Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida” qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart 

kuni  Oliy  Kengashda  yashirin  ovoz  berish  yo‘li  bilan  Islom  Abdug‘aniyevich 

Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I.A.Karimov nutq 

so‘zlab, O`zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-

o‘zi pul bilan ta’minlashni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’kidladi. 

Hali  SSSR  va  Markaziy  hokimiyat  mavjud  bo‘lgan  sharoitda  O`zbekistonda  o‘z 

Prezidentining saylanishi muhim voqea, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari 

tashlangan yana bir dadil qadam bo‘ldi. 

O`zbekiston  siyosiy  mustaqilligini  qo‘lga  kiritishga  tomon  tutilgan  yo‘l 

iqtisodiy  mustaqillik  masalasi  bilan  qo‘shib  olib  borildi.  O`zbekiston  rahbariyati 

xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish yo‘lini mustaqil belgilashga kirishdi. 

“O`zbekistonning  iqtisodiy  mustaqilligini  shakllantirish  konsepsiyasi”  ishlab 

chiqildi.  Konsepsiyada  O`zbekiston  xalq  xo‘jaligini  sog‘lomlashtirish  va  bozor 

iqtisodiyotiga  o‘tish  yo‘llari  belgilab  berildi.  Mazkur  masala  yuzasidan  hukumat 

dasturi  O`zbekiston  SSR  Oliy  Kengashining  IV-sessiyasida  muhokama  qilindi  va 

ma’qullandi.  Sessiya  respublika  hukumatiga  “O`zbekiston  SSR  mulkiga  egalik 

qilish,  uni  tasarruf  etish,  taqsimlash  undan  foydalanish  masalalari  yuzasidan 

respublikaning  suveren  huquqlarini  amalga  oshirishning  samarali  amal  qiluvchi 

mexanizmini yaratish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlashni topshirdi”. 

1991-yil  31-avgust  kuni  qabul  qilingan  O'zbekiston  Respublikasining  Davlat 

Mustaqilligi  to'g'risidagi  Bayonot  O'zbekiston  hukumatining  siyosiy  yo'lini  to'la 

qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi: 

•  «O'tmishdan  saboq  chiqarib  va  SSR  Ittifoqining  siyosiy  hamda  ijtimoiy 

hayotidagi o'zgarishlarni e'tiborga olib; 

•  xalqaro-huquqiy  hujjatlarda  qayd  etilgan  o'z  taqdirini  o'zi  belgilash 

huquqiga asoslanib; 

•  O'zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab;  

•  shaxs huquq va erkinlikining, Mustaqil davlatlar o'rtasidagi chegaralarning 

buzilmasligi to'g'risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatini bayon etib; 

•  millati,  diniy  e'tiqodi  va  ijtimoiy  mansubligidan  qat'i  nazar,  respublika 

hududida  yashovchi  har  bir  kishining  munosib  hayot  kechirishini,  sha'ni  va  qadr 



qimmatini  ta'minlaydigan  insonparvar  demokratik  huquqiy  davlat  barpo  etishga 

intilib; 

•  Mustaqillik  Deklaratsiyasini  amalga  oshira  borib,  O'zbekiston  Sovet 

Sotsialistik  Respublikasi  Oliy  Kengashi  O'zbekistonning  davlat  Mustaqilligini  va 

ozod  suveren  davlat  -  O'zbekiston  Respublikasi  tashkil  etilganligini  tantanali 

ravishda e'lon qiladi. 

Mustaqillikning  mohiyati,  uning  tarixiy  ahamiyati  milliy  uyg'onish  va  milliy 

tiklanish jarayoni bilan bog'liq. Millatini va vatanini himoya qilish qudrati beqiyos 

bo'ladi. Milliy tiklanish, uyg'onish hodisasi juda keng, murakkab tarixiy jarayondir. 

U xalqimiz hayotining hamma sohalarini qamrab oladi. Iqtisodiyot, siyosiy faoliyat, 

ma'naviyat,  ilm-fan,  til,  tarix,  urf-odatlar,  hunarmandchilik,  me'morchilik  barcha-

barchasini inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham o'z ichiga 

qamrab oladi. 

O'zbekiston  erishgan  istiqlolni  mustahkamlashda  xalq  tomonidan  uning 

ma'qullanishini  hisobga  olib,  mamlakatda  referendum  o'tkazishga  qaror  qilindi. 

1991-yil  18-noyabrida  Oliy  Kengash  VIII  sessiyasi  O'zbekiston  Respublikasi 

referendumini o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda: 

«Siz Oliy Kengash tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon 

qilinishini  ma'qullaysizmi?»  -  degan  masafeda  referendum  o'tkazishga  katta 

tayyorgarlik  ko'rildi.  Referendumni  uyushqoqlik  bilan  o'tkazish  maqsadida 

Markaziy  saylov  komissiyasi  13  okrug,  7  ming  uchastka  saylov  komissiyalarini 

tuzdi. Ular joylarda referendum o'tkazish haqidagi Qonunning so'zsiz bajarilishini 

ta'minlash borasida katta tashkiliy ishlarni olib bordilar. Umumxalq referen-dumiga 

10  millionga  yaqin  kishi,  yoki  saylov  ro'yxatiga  kiritilgan-  laming  94,1  foizi 

qatnashdi. 

Referendumda 

qatnashganlarning 

98,2 


foizi 

O'zbekiston 

Respublikasining  mustaqil  davlat,  deb  e'lon  qilinishini  yoqlab  ovoz  berdi.  Shuni 

aytish  kerakki,  referendum  butun  respublika  hududida  qonun  asosida  tashkiliy 

jihatdan  uyushqoqlik,  fuqarolarning  yuksak  siyosiy  faolligi  bilan  o'tdi.  Buni 

referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan beta-

raf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1991-yil  18-noyabrida  bo'lib 

o'tgan  VIII  sessiyasi  «O'zbekiston  Respublikasining  davlat  bayrog'i  to'g'risida» 

qonunni qabul qildi. 

1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 

«O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to'g'risida qonun qabul qilindi. Davlat 

gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega. 

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  1992-yil  10-dekabrida  bo'lib 

o'tgan XI sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi 

qonun qabul qilindi. Sessiyada Nhoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov 

tomonidan  tayyorlandi.O'zbekiston  mustaqil  davlat  maqomiga  ega  bo'lgan 

kundanoq  dastlab  mustaqillikka  erishgan  Boltiqbo'yi  respublikalari  bilan  teng 

huquqli davlat sifatida munosabat o'rnatish uchun harakat boshladi.  

O'zbekiston  rahbariyati  ana  shunday  donolik  bilan  harakat  qildi,  eng  qulay 

paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e'lon qildi. 



Shunday  qilib,  qo'lga  kiritilgan  mustaqillik  o'zbek  xalqi  tarixida  tamoman 

yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. 

Xalq  yengil  nafas  olish  imkoniyatiga  ega  bo'ldi.  U  endi  kelajakka  ishonch  bilan 

qaray  boshladi.  O'z  yurtining  to'la  xo'jayini  ekanligini,  o'z  taqdirini  o'zi  belgilash 

imkoniyatini qo'lga kiritganligini his qila boshladi. 

Bu buyuk olamshumul va abadiyat bilan bog'liq bo'lgan tarixiy voqelikdir! 

 


Download 343,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish