qavatdagilari retseptor elementlari bilan, oxirgi qavatdagilari bosh miya katta
yarim sharlari assatsiativ nervlarining markazlari bilan bog‘liq. Qavatlar o‘zaro
ular neyronlarining aksonlari bilan bog‘langan Analizatorlarning bunday
tuzilishi alohida turdagi ma‘lumotni qayta ishlash imkoniyatiga ega turli
qavatlarni farqlashga imkon beradi. Bu esa o‘z navbatida oraliq qavatdanoq
qabul qilingan ta‘sirga nisbatan organizmning tezroq javob qaytarish imkonini
beradi. Bundan tashqari bunday tuzilishi miyaning boshqa bo‘limlari va shu
sistemaning yuklsak darajasida tuzilgan boshqa bo‘limlaridan kelayotgan
ma‘lumotlarni o‘zlashtirish, boshqarish imkonini beradi.
2. Kopkanallilik-har qaysi kanaldagi analizatorlar sistemasini belgilab beradi,
ya‘ni ba‘zi qabatlari o‘n minglab, hatto millionlab asab elementlari bo‘ladi, ular
o‘z navbatida keying qavat elementlari bilan bog‘langan bo‘ladi va yuqori
darajadagi elementlarga impulslar yuboradi. Bunday ko‘p kanallilik hayvon
analizatorlaridagi analizning ishonchli va aniq chiqishini belgilab beradi.
3. Sensor ―voronka‖larda qo‘shni qavat elementlari sonining bir xil emasligi.
Misol tariqasida ko‘rish analizatorlarini olamiz. Ko‘zning to‘r pardasida ( har
qaysi ko‘zning to‘r pardasida) 130 mln elementlar bo‘ladi, to‘r pardaning
chiqish - ganglioz qavatida 1mln 250 000 ta neyronlar bo‘ladi. Buni torayib
borayotgan ―voronka‖ deb olish mumkin. Ko‘rish sistemasining yuqori
darajalarida kengayib boradigan ―voronka‖ shakllanadi: ko‘rish po‘stlog‘ining
birlamchi proyektsion maydonida to‘r pardoning chiqish joyi va po‘stloq osti
ko‘rish maydonidagidan bis necha ming marta ko‘p bo‘ladi.eshitish sensor
sistemalari va bir qator boshqa sensor sistemalarda retseptorlardan bosh miya
katta yarim sharlariga tomon kengaygan ― voronka‖ bo‘ladi.
Torayib borayotgan voronkaning fiziologik ma‘nosi shundaki, bosh miya va
uning katta yarim sharlari, yarim sharlarning po‘stlog‘iga yuborilayotgan
ma‘lumotlar miqdori ( soni) kamayib boradi, aksincha kengayadigan ― voronka
― da- turli murakkab signallarning qabul qilinishi keng doirada bo‘ladi.
4. Vertikal va gorizontal bo‘yicha analizatorlarning differentsiatsiyasi. Vertikal
bo‘yicha differentsiatsiyasi asab elementlarining u yoki bu qavatidan tashkil
topgan bo‘limlarning shakllanishi bilan bog‘liq. Bo‘lim- elementlar qavatiga
qaraganda (nisbatan) yirikroq morfofunktsional shakllanmadir. Har qaysi
bunday bo‘lim ( masalan hid bilish piyozchalari, koxlear yadro yoki tizzasimon
tanachalar) ma‘lum bir formaga, shaklga ega.
Sensor sistemaning asosan retseptor yoki periferik bo‘limlari analizatorlarning
bir yoki ko‘pincha bir necha oraliq bo‘limlari va po‘stloq bo‘limlari farqlanadi.
Analizatorlarning gorizontal bo‘yicha differentsiatsiyasi retseptorlar, neyronlar
va ular orasidagi turli qavatlarda o‘zaro aloqalar xususiyatlari bilan farqlanadi.
Uzoq yillardan beri analizatorlar fiziologiyasida ― sensor rele‖ tushunchasi
qo‘llanib kelinmoqda. ― Sensor rele‖ deganda neyronlar va sensor sistemalar
oraliq bo‘limlarining o‘zaro munosabatlari tushunilgan, ular po‘stloq
markazlariga retseptor hosilalaridan signal yo‘llari orqali o‘tkazish yoki rele
funktsiyasini bajaradi. Ammo keying yillarda po‘stloq osti nervlarining
signallarni qayta ishlashdagi spetsefik roli aniqlangach ― rele‖ so‘zi ishlatilmay
qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: