Varg'anza — Kitob rayonidagi qishloq nomi. Maxalliy aholining ko'pchiligi
anorchilik bilan shug'ullanadi. Aytishlaricha, bu erga boshqa erlardan kelishib anor
o'g'irlab ketishgan. Bu voqea muntazam takrorlanib turgan. SHuning uchun bu
qishloqqa «varg'anza», ya'ni anor o'g'irlanadigan joy, deb nom bergan ekanlar. B.
Ahmedov ta'rificha «var» so'zi so'g'diycha bo'lib, «shamol», «g'anza» — koni,
ya'ni shamol koni degan ma'noni bildiradi. Hozir hdm bu qishloq shu nom bilan
ataladi.