Rivojlanishi tarixidan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

Mahmud  tepa  —  Qashqadaryo  viloyati  Koson  rayonidagi  qishloq. 
Qishloqning  oldingi  nomi  «Qoratelpak»  bo'lgan.  Qishloq  axlining  aksariyati 
qoratelpak  kiyib  yurganidan  shunday  nom  olgan,  deyishadi.  Keyinchalik  odamlar 
chakalakzor  va  tepalarni  o'zlashtirib,  yangi  qishloq  barpo  qilganlar.  Ishboshi 
Mahmud  ismli  oqsoqol  bo'lgan  ekan.  O'sha  vaqtdan  boshlab  Mahmud  ota 
o'zlashtirgan  tepa,  keyinchalik  Mahmud  tepa  deb  atala  boshlagan,  qishloq  nomi 
esa o'z holicha qolavergan. 
Kitob  —  Qashqadaryo  viloyatidagi  shahar.  SHaxdrni  uch  tomondan  tog'lar, 
ya'ni Ziyovuddin tog'ining davomi, Qo'rg'on tog', orqa tarafidan esa Taxta qoracha 
tog'i va shu tog'ning davomi o'rab olgan. Kitob nomining kelib chiqishi o'qiydigan 
«kitob» so'zidan emas, balki tojik tilidan olingan «kift» — elka, «ob» — suv, ya'ni 
«elkadagi suv» degan ma'noni bildiruVchi «kiftob» so'zidan kelib chiqqan bo'lishi 
mumkin.  Haqiqatan  ham  bu  nom  to'g'ri  qo'yilgan,  chunki  Kitob  rayonining  ikki 
tomonidan  ikkita  daryo  —  Qashqadaryo  va  Oqdaryo  oqib  o'tadi.  Kitob  rayoni 
janubdan  SHahrisabz  rayoni,  shimol  va  g'arbdan  Samarqand  viloyatiga  qarashli 
Jom  deb  atalgan  qishloq  bilan,  sharqdan  esa  Tojikiston  tog'lari  bilan 
chegaralangan.  Kitob  rayoni  kundan-kunga  rivojlanib  bormoqda.  Kitob 
posyolkasida  qurilgan  to  rt  qavatli  ma'muriy  binolar  va  qishloq  xo'jalik  idorasi, 
zamonaviy  oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  poyabzal,  bosh  kiyimlar,  atir-upa,  uy-
anjomlar,  attorlik,  «Bolalar  dunyosi»  do'konlari  binolari  shahar  ko'rkiga  ko'rk 
qo'shib  turibdi.  SHuningdek,  500  o'rinli  «O'zbekiston  50  yilligi»  kinoteatri, 
mehmonxona  binolari,  «Paxtakor»  sport  jamiyati  va  shu  kabilar  kitobliklar 
xizmatida. Kitob rayonida sakkizta kolxoz, to'rtta sovxoz bor. Bularning xammasi 
don  etishtirish,  chorvachilik  bilan  shug'ullanadi.  Ikki  sovxoz,  ya'ni  «Qishlik» 
hamda  «Palandara»  sovxozlari  uzumchilik,  chorvachilik,  sabzavot  va  poliz 
ekinlari, tamaki xom ashyosi etishtiradi. 
«Qishlik»  sovxozi  Kitob  rayonining  shimol  tomonidan  joylashgan.  Sovxozni 
«Qaynar»  deb  ham  atashadi.  Bunday  atalishining  boisi  shuki,  qishloqda  katta 
chashma  joylashgan.  Bu  chashma  «Qaynar  buloq»  deb  ataladi.  Qaynar  buloq 
sovxozning  eng  yuqorisida  joylashgan.  CHashmadan  butun  sovxoz  suv  ichadi. 
Qishloq  qariyalari  chashma  haqida  ko'pgina  rivoyatlar  to'qishgan.  CHashmaning 
o'rtasida  ikki  tup  daraxt  o'sadi.  Qariyalarning  aytishicha,  agar  shu  daraxtni  birov 
sindirsa  yoki  uning  yonida  biron  nojo'ya  ish  qilib  qo'ysa,  uning  ko'zi  ko'r,  qo'li 
yoki oyog'i shol, ya'ni jonsiz bo'lib qolar ekan. SHuning uchun ham bu joyda hech 
kim  nojo'ya  ish  qilmaydi.  Faqatgina  sovxoz  ishchilari  buloq  suvi  toza  bo'lishi 
uchun  gir  atrofini  betondan  devor  qilib  ustini  yopib  qo'yishgan.  Sovxoz  hududida 
bir necha sayrgoh joylar bor. SHulardan biri «Etti qiz g'ori», «Ahmad g'ori», «Qirq 
qiz» degan joylar bo'lib, bu joylar ayniqsa bahorda kishining bahri-dilini ochadi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish