osmonga etadi. Biroq erni ishlashga hech narsasi yo'q, hamyoni quruq bu yigit
shaharga tushib ikki yil mardikorlik qiladi, choyxonada choy tashiydi, Nihoyat, 5
— 10 tanga pul topib beliga tugib, ikki qop qattiq nonni elkasiga ortib, qishlog'iga
keladi va erga mehr bilan qaraydi, qish va yoz demay ishlaydi, ariq qaziydi, lekin
yigitning eriga suv bermaydilar, har kim kambag'alning suvini yo'ldan to'sib, o'z
erlarini sug'oraveradi. Baxor o'tib yoz keladi, hamma erlar ko'm-ko'k, lekin
yigitning eri qaqrab yotadi. Yigit eriga zo'rg'a suv olib keladi, yil bo'yi ariq qazib,
bir ho'plam suv uchun yurak bag'ri ezilgan yigitning eriga tasodifan silqindi
paynak suv etib borib qoladi. Fig'oni falakka ko'tarilgan yigit: «xudoga shukur,
erimga suv keldi, mehnat suvimdan bir ho'play» deb qorni bilan erga yotadi. Issiq
kunda entikib, lablari qaqragan yigitning chanqoqligidan lablari loy suvga tegadi-
yu, yigit og'zidan laxta-laxta qon ketib, shu ondayoq jon beradi». SHu suv uchun
qon qusib, jon bergan yigitning voqeasidan so'ng bu qishloqning nomi Qonqus
bo'lib qolgan ham deyishadi. Faqat bugina emas butun Qonqus arig'idan suv
ichuvchi mehnatkashlarning 1917 yilga qadar umumiy suv va sug'orish uchun
tortgan azob-uqubatlari yigit tortgan azob- uqubatlardan qolishmas edi. Qonqus
qishlog'ida istiqomat qiluvchi 1903 yilda tug'ilgan Xolmat ota Rahimovning
hikoyasi ham diqqatga sazovor. «Rahmatli otam vafot etganda men 12 yoshli bola
edim. Bu voqea 1915 yilning ko'klamida sodir bo'ldi. Otam Rahim CHO'ng'aev
degan boyning erida korandachilik qilib, tirikchilik o'tkazar edi. Otam ekin
ekadigan boyning eri ham shu Qonqus arig'idan suv ichar edi. Erni sug'orish
maqsadida otam uydan ertalab chiqib ketadilar. U endigina Qonqus arig'idan o'z
ekiniga suv ochadigan ariq boshiga borib, suvga tushib ariqqa suv ochayotganida
Zangi ota volostining mingboshisi Burxonboy kelib qolib, ha nega so'roqsiz suv
ochding yalangoyoq, deb haqorat qila boshlaydi. Otam indamaydi. Nega
indamaysan, karquloq, deb otdan tushib, otamni qamchi bilan qattiq savalaydi.
Mingboshi qo'lidan otamni ajratib ololmaydilar, mingboshi ketgach, otam kaltak
zarbidan bir necha kun o'tgach vafot etadi» deydi. Xulosa qilib aytganda, bu
ariqdan erlarni sug'orish shunchalik qiyin bo'lganki, undan suv olib kelib
mehnatkash dehqonlar o'z ekinlarini sug'orguncha qon qusib yuborganlar. SHu
boisdan ham mehnat ahli bu ariqqa Qonqus deb nom berganlar. Aslida qonqus
so'zi qishloq arig'i degan ma'noni bildiradi. Masalan: Ugom, CHotqol, Pskom
so'zlaridagi gom, qol, kom — qo'shimchasi suv degan ma'noni ifodalaydi. Demak,
Qonqusdagi qon so'zi — suv, qus — so'zi esa qishloq degan ma'noni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: