Vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti kurs ishi



Download 456,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana09.08.2021
Hajmi456,17 Kb.
#143391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs ishi Tarbiyaviy ishlar metodikasi

         

 

 

         


       I BOB. MAKTABDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI    

       REJALASHTIRISH  VATASHKIL  ETISHNING DOLZARBLIGI 

 

 



1.1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, uning mazmuni, mohiyati va yo‘nalishlari 

 

 



               Ma’lumki,  ota-bobolarimiz  azal-azaldan  inson  tarbiyasi  masalalariga 

jiddiy  e’tibor  berib  kelishgan  va  bu  an’ana  avloddan-avlodga  ko‘chib, 

takomillashib,  yangicha  usullar  evaziga  boyib  borgan.  Zotan,  inson  ma’naviyati 

tarbiyaga  bog‘liq.  Tarbiyasiz  ma’naviyat  poydevorsiz  binoga  o‘xshab  omonatlik 

kasb  etadiki,  bu  holni  sharhlab,  izohlab  o‘tirishning  hojati  yo‘q.  Shu  boisdan-da, 

ta’lim-tarbiya jarayoniga barcha davlatda kuchli extiyoj sezilgan. 

 

Ma’naviy  barkamol,  komil  inson  tarbiyasi  hozirgi  kunning  eng  muhim,  dolzarb 



masalalaridan  biridir.  Yurtboshimiz  Islom  Karimov  "Men  Abdulla  Avloniyning 

"Tarbiya  biz  uchun  yo  hayot  -  yo  mamot,  yo  najot  -  yo  halokat,  yo  saodat  -  yo 

falokat  masalasidir",-  degan  fikrini  ko‘p  mushohada  qilaman.  Buyuk 

ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim 

va  dolzarb  bo‘lgan  bulsa,  hozirgi  kunda  xam  biz  uchun  shunchalik,  balki  undan 

ham  kura  muhim  va  dolzarbdir",  -  deya  tarbiya  jarayoniga  yuksak  baho  berishi 

fikrimiz dalilidir. 

 

Zero,  bu  masalani  hal  etishda  maktab,  litsey,  kasb-hunar  kollejlarida  amalga 



oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning roli beqiyosdir. 

 

             Ma’naviy  islohot  ma’naviyatimiz  manbalari  va  sarchashmalari  bo‘lgan 



madaniy  merosimizni  istiqlol  mafkuramizning  asosiy  manbalaridan  biri  sifatida 

qarash  bilan  birgalikda  bu  merosni  har  tomonlama  xolisona  o‘rganishni,  uning 

hozirgi  davrimiz  uchun  nihoyatda  ahamiyatli  ekanligini  nazarda  tutadi.  Shu  bilan 

birgalikda  ma’naviy  soha  milliy  qadriyatlarimizni  tiklash,  ularni  to‘plash, 

o‘rganish,  xalqqa  yetkazib  berishni  ma’naviy  siyosatimizning  poydevoriga 

aylantirish kabi jihatlarni ham qamrab oladi. 

 

Barcha  zamon  va  makonlarda  ma’naviyati  kuchli  millat  bir  jonu  bir  tan  bo‘lib, 



muammolarni  tez  va  soz  yechgan,  peshqadam  bo‘lgan.  Ijtimoiy-siyosiy  hayot 

yangi bosqichga kirganida bu jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalishlar  

 



ham, o‘zgarib, yangilanadi. Hozirgi vaziyat barcha ijtimoiy sohalarda bo‘lgani kabi  

yosh  avlodlar  tarbiyasida  ham  ilmiy  va  milliy  tamoyillar  uyg‘unligini  taqozo 

qilmoqda. Ushbu  vazifani amalga oshirish uchun  ma’naviyat, tarbiya  masalalarini 

o‘rganuvchi,  o‘zgartiruvchi  yangi  yondashuvlar  zarur.  O‘zbekiston  Respublikasi 

birinchi  Prezidenti I.A.Karimovning qator asarlarida, jumladan «Fan taraqqiyotga 

xizmat qilsin!» nomli ma’ruzasi mazmunida ko‘zda tutilgan dasturiy tamoyil shuni 

taqozo qilmoqda. 

 

          Jahonning  milliy  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgan  mamlakatlari  o‘z  taraqqiyot 



yo‘llarini  belgilab  olib,  har  biri  o‘z  xalqining  milliy  qiyofasi  va  o‘zligi  xususida 

chuqur o‘ylab,  milliylikni,      milliy ma’naviyatni tiklashni bosh  vazifalaridan biri 

deb  islohatga  kirishganlar.        Bizning  davlatimiz  ham  xalqimizning  o‘tmish 

taraqqiyoti  va  ma’naviyatini  hisobga  olib,  shularga  mos  tarzda  yo‘l  tanladi. 

Ayniqsa  respublika  rahbariyatining  jamiyat  ma’naviyatini  yuksaltirish  borasidagi 

sa’yi-harakatlari yoshlar tarbiyasini xalqimiz ruhiyatiga mos bo‘lishini taminlashga 

yo‘naltirilmoqda.  Chunki  bu  -  davlatimizning  milliy  ma’naviyatini  tiklash, 

jamiyatni  ma’naviy  yangilash, o‘quvchi-yoshlarning milliy mafkuraviy ongliligini 

oshirish  vazifalarini  amalga  oshirishga  qaratigan  siyosatning  amaliy-pedagogik 

vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 

  

          O‘zbekiston  XXI  asrda  kirib  borarkan,  o‘zining  jahon  hamjamiyatida 



munosib  o‘rinni  egallashi  uchun  ma’naviy  poydevorga  ega  bo‘lmog‘i  lozim. 

Jamiyat  ma’naviyati  -  ijtimoiy  tarbiya  mahsulidir.  Shu  sababli  ma’naviy 

tarbiyaning  ilmiy  asoslarini  ishlab  chiqish  jamiyat    ma’naviy  yangilanishining 

strategik  yo‘nalishlaridan  biriga  aylandi.  Chunki  xalqimizning  milliy  o‘ziga 

xosligi, ma’naviyatini saqlab qolish, tiklash va takomillashtirishni uning  ma’naviy 

tarbiya an’analariga tayanmay amalga oshirish mushkul. 

 

Mamlakatimizdagi  ma’naviy  tiklanishning  hozirgi  bosqichida  fuqaroni,  xususan 



o‘quvchi-yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashning ahamiyati tobora 

oshmoqda.  Shu  bois,  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar 

tizimini  tubdan  yangilash,  isloh  qilish  -  O‘zbekistonning  buyuk  kelajagini 

ta’minlashning  bosh  shartlaridan  biri  deb  e’tirof  qilmoq  kerak.  Tahlillar  shuni 

ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga foyda  



keltirishni  o‘ylash,  mustaqillikni  mustahkamlashda  foydali  inson  bo‘lib  yetishish 

hissi  maxsus,  ilmiy  asosda  shakllantirilmaganligi  tufayli  shaxsiy  manfaatni 

o‘ylash, yengil yo‘llar bilan to‘kis xayotga intilish hissi namoyon bo‘lmoqda. Shu 

bilan  birga  ayrim  o‘quvchilar  orasida  ma’naviy  cheklanganlik,  dunyoqarashning 

torligi  tufayli  yot  goyalarga  aldanish,  milliy  odob  me’yorlariga  rioya  qilmaslik, 

so‘z  va  ish  orasidagi  tafovut,  milliy  g‘ururning  sustligi  kabi  noxush  ko‘rinishlar 

uchrab turadiki, ularni ilmiy asosda o‘rganib, bartaraf qilish lozim. 

 

Ma’naviyat  –  insonning  insoniylik  mohiyati,  shaxsdagi  ijobiy  fazilatlar  majmui, 



insonning  zohiriy  va  botiniy  qiyofasi.  U  inson  hayotining  tub  mohiyatini 

belgilaydigan  aqliy,  ruhiy,  axloqiy  va  jismoniy  qarashlar,  ko‘nikmalar,  odatlar 

tizimidir. Ma’naviyat – har bir insonning milliy va umuminsoniy komillik darajasi, 

unga  yetaklovchi,  undovchi  imkoniyat.  U  inson  shaxsini  insoniylik  bilan 

boyituvchi,  kamol  toptiruvchi,  ko‘rkamlashtiruvchi  beqiyos  hayotiy  omil. 

Ma’naviyat  –  yaxshilik  va  ezgulikka  moyil,  yomonlik  va  yovuzlikdan  tiyilish, 

nafosat  va  haqiqatga,  halollik  va  rostgo‘ylikka  intilish,  o‘zi  mansub  jamiyatning 

axloqiy, huquqiy,  ma’rifiy-madaniy  mezonlariga amal qilish  hissidir. U insonning 

umrguzaronlik  mohiyati,  faoliyatining  tabiatini  belgilab  bergan  va  faoliyatida 

gavdalangan  ijobiy,  go‘zal  fazilatlar  majmui.  Ma’naviyatda  inson  qalbi,  shuuri, 

aql-zakovati, tabiati, bilimi, madaniyati aks etadi. 

 

Ma’rifat  esa  insonning  o‘zini  o‘zi  anglash,  o‘zini  o‘zi  kamol  toptirish, 



imkoniyatlarini  harakatga keltirish  yo‘lida  bilim, tarbiya,  madaniyat boyliklaridan 

bahramand bo‘lishini kafolatlovchi omildir. 

 

Ma’rifat  –  mohiyatan  aql-idrok,  tafakkurning  mayog‘i,  mijozning  murabbiysi, 



qalbda munavvarlikni, insoniy ulug‘vorlikni qaror toptiruvchi umriy vosita, iymon-

e’tiqod, xarakter, lafzning me’mori, vujudning jon tomiri. U – bilish, tanish, ilm va 

madaniyatning kamol topish mazmuni, usul va vositalaridir. 

 

  



 

 



 


Download 456,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish