O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/180
Sana08.08.2021
Hajmi1,21 Mb.
#142594
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

1-asosiy savolning bayoni: 
Mustaqillik  yillarida  etnologiya  fani. 
XX  asr  davomida  etnologiya  yo‘nalishida  boy 
emprik  va  nazariy  materiallar  yigildi.  XX-asrning  birinchi  yarmida  bajarilgan  akademik 
tadqiqotlarda  ko‘proq  o‘tmishga  aylanayotgan  an‘anaviy  urf-odatlar  to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlarni yozib olishga diqqat - e‘tibor qaratilgan bo‘lsa, XX-asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab mavjud vaziyat o‘zgardi va etnologik materiallarning amaliy qimmati  oshdi.  
Yurtimiz    mustaqillikka  erishganidan  keyin  etnologiya  fani 
ќam  yangi  bosqichga 
ko‘tarildi. Ayniqsa, etnogenez va etnik tarix muammolari bo‘yicha qator tadqiqotlar yaratildi. 
Bu  so
ќada  akademik  olim  K.Shoniyozovning  qator  fundamental  tadqiqotlari  va 
monografiyalari  alo
ќida  e‘tiborga  molikdir.    Zaќmatkash  va  fidoyi  olim  K.Shoniyozov 
o‘zining  qariyb  yarim  asrlik  ilmiy  faoliyati  mobaynida    Markaziy  Osiyo  mintaqasida 
yashovchi o‘zbeklar va boshqa qardosh xalqlar etnogenezi va etnik tarixini izchil o‘rgangan 
va yuzdan ortiq ilmiy maqolalar 
ќamda bir necha  yirik monografiyalar yaratgan. Olimning 
«O‘zbek-qarluqlar»(1964),  «O‘zbek xalqining etnik tarixiga oid»(1974),  «O‘zbek xalqining 
moddiy  madaniyatidan  etnografik  lav
ќalar»(1981),  «qang‘  davlati  va  qang‘lilar»(1990), 
«qarluq  davlati  va  qarluqlar»(1999),  «O‘zbek  xalqining  shakllanish  jarayoni»(2000)  kabi 
fundamental  monografiyalari  boy  tarixiy  manbalar,  ko‘pdan-ko‘p  folklor-etnografik 
ekspeditsiyalarning  materiallari  asosida  yaratilgani  bilan  mu
ќim  aќamiyat  kasb  etadi.  K. 
Shoniyozov  o‘zining  o‘zbek  xalqi  etnogenezi  vaetnik  tarixiga  oid  fundamental  tadqiqotlari 
orqali  o‘zbek  xalqi  etnik  tarixini  o‘rganishda yangi  ilmiy  yo‘nalishga  asos  soldi.  Tarixiy  va 
etnografik  ma‘lumotlarni  arxeologiya,  antropologiya,  numizmatika,  folklorshunoslik  va 
tilshunoslik  kabi  yondosh  fanlar  yut
uqlari bilan qiyosiy o‘rganish  va muammoni yoritishda 
muayyan ilmiy xulosalarga kelish O‘zbekiston etnologiyasi fanida Karim Shoniyozov asos 
solgan yangi yo‘nalishning muќim bir xususiyatidir. Shuning uchun ќam akademik olimning 
tadqiqotlari  nafaqat  Respublikamizdagi  ilmiy  jamoatchilik  tomonidan  yaxshi  kutib  olingan, 
balki  xorijlik  mutaxassislar  tomonidan 
ќam  e‘tirof  etilgan.    Etnogenez  va  etnik  tarix 
muammolarini tadqiq qilishda akademik A.Asqarovning xizmatlari 
ќam kattadir. Taniqli olim 
etnogenez va etnik tarix muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida birinchilar bo‘lib tarixiy 
va  arxeologik,  etnografik  va  antropologik  manbalarga 
ќamda  adabiyotlarga  asoslanib, 
o‘zbeklarning  shakllanish  jarayonini  bir  necha  bosqichlarga  bo‘lib  tadqiq  qiladi  va  qator 
nazariy-metologik 
ќamda  ilmiy  kontseptual  xulosalar  chiqargan.  Muallif  keyingi  yillardagi  
tadqiqotlarida  etnogenez  va  etnik  tarix  muammosi  yuzasidan  jiddiy  shug‘ullanib  etnos 
nazariyasiga  oid  bir  qator  ilmiy  anjumanlar  va  seminarlar  tashkil  etdi 
ќamda  bu  borada 
o‘zining  qator  ilmiy-nazariy  ќamda  metodologik  qarashlarni  ilgari  surdi.  Shuningdek,  bu 
davrda  xalqimizning  moddiy  va  ma‘naviy  madaniyatini,  oilaviy  va  jamoaviy  ќayotini, 
etnoslararo  jarayonlarni  o‘rganish  borasida  ancha  samarali  ishlar  bajarildi.  Xususan, 
o‘zbek  oilasi  tarixi  (O.Bo‘riev),  to‘y  va  motam  marosimlari  (Ќ.Ismoilov,  q.Nasriddinov), 
an‘anaviy  uy  ќunarmandchiligi  (X.Toshev  va  M.O‘roqov),  o‘zbeklar  orasidagi  maќalla  va 
qo‘ni-qo‘shnichilik  an‘analari  (Z.Orifxonova),  qadimiy  diniy  e‘tiqodlar  va  ularning  o‘zbek 
xalqi  turmush  tarzidagi  izlari  (A.Ashirov),  etnoslararo  jarayonlar  (U.Abdullaev)  mavzulari 


- 97 - 
 
doirasida qator ilmiy monografiya va risolalar e‘lon qilindi.  Shu bilan birga O‘zbekistonning  
tarixiy etnografik mintaqalari - Toshkent sha
ќri (Z.Orifxonova, G.Zunnunova) Buxoro voќasi 
(A.Jumaev,  M.qurbonova),  Far
g‘ona  vodiysi  (Sh.Abdullaev,  U.Abdullaev,  V.Ќaqliev, 
A.Ashirov,  B.Tur
sunov),  Janubiy  O‘zbekiston  (O.Bo‘riev,  q.Nasriddinov,  F.Raxmonov, 
G.Tosheva, S.Tursunov, A.qayumov, B.
Ќamroqulova, M.Ibragimova)  etnologiyasini tadqiq 
etish borasida samarali natijalarga erishildi.  
O‘zbekistonda  etnografiya  va  etnologiya  fanining  tarixshunosligi  (A.Doniyorov,  D. 
Ќoshimova),  mazkur  fanning  OO‘Yuda  o‘qitish  metodologiyasi  (I.Jabborov,  O.Bo‘riev, 
T.Salimov,  B.Isoqov),  etnologiya  atamalarning  qisqacha  lug‘ati  (O.Bo‘riev  va  T. 
Xo‘jamberdiev)ga doir tadqiqotlar ќam e‘lon qilindi.  
Ќozirgi kunga kelib Respublikamizning qator  ilmiy maskanlarida mazkur  yo‘nalishda 
tadqiqotlar olib borilmoqda.  Jumladan,  O
‘zRFA Tarix instituti Etnologiya bo‘limi, O‘zMUda 
«Arxeologiya  va  etnologiya»  kafedrasi,  TerDU  va  qarshi  DU  Etnologiya  ilmiy  marazi 
faoliyat  olib  bormoqda.    Mamlakati
miz bo‘yicha doimiy va mavsumiy ilmiy ekspeditsiyalar 
uyushtirilmoq
da.  O‘zbekiston  etnologiyasining dolzarb  muammolariga bag‘ishlanib  bir qa-
tor 
ќalqaro  (1999,  2000,  2004,  2005)  va  mintaqaviy  anjumanlar  tashkil  etildi.  Etnologiya 
fanining so‘nggi natijalariga bag‘ishlangan «Akademik K.Shoniyozov o‘qishlari» turkumida 
doimiy ilmiy konferentsiyasi 
ќar yili o‘tkazilmoqda.  
Mamlakatimiz  etnologlari  AqSh,  Angliya,  Frantsiya,  Germaniya,  Yaponiya,  Janubiy 
Koreya,  Turkiya,  Markaziy  Osiyo  respublikalari  etnologlari  bilan 
ќamkorlik  aloqalarini 
o‘rnatganlar.  Rossiya FA  Etnologiya va antropologiya instituti bilan  ќam doimiy  ќamkorlik 
yo‘lga  qo‘yilgan.  Bu  bevosita  yurtimizda  etnologiya  fani  jaќon  fani  bilan  o‘zaro  uyg‘un 
tarzda rivojlanayotganligidan dalolat beradi. 
Xulosa qilib  aytganda 
ќozirda etnologik tadqiqotlar jamiyat ќayotining turli soќalarida 
mu
ќim  ilmiy  va  amaliy  aќamiyat  kasb  etib  bormoqda.  Etnolog  olimlarning  bilimi  va 
masla
ќatlaridan siyosiy-iqtisodiy  va ijtimoiy  muammolarni  ќal etishda keng miqyosda foy-
dalanilmoqda.  Fanning  yutuqlari  komunikatsiya  tizimida,  xalqaro  savdoda,  diplomatiyada 
va boshqa qator so
ќalarda samarali qo‘llanilmoqda. So‘nggi yillarda etnologiyaning ko‘plab 
boshqa  yondosh  fanlar  bilan  doimiy  aloqasining  samarasi  sifatida  Etnopsixologiya,  etno-
lingvistika,  etnodemografiya,  etnomadaniyat,  etnopedogogika,  etnofolkloristika,  etno-
madaniyat    kab
i  yangi  yo‘nalishlar  paydo  bo‘ldi.  Shu  bois  etnologiya,  aytish  mumkinki, 
bugungi kunga kelib yangi bir rivojlanish bosqichiga ko‘tarildi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish