O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/180
Sana08.08.2021
Hajmi1,21 Mb.
#142594
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

3-asosiy savol: Ijtimoiy turmushi 
va ma‘naviy madaniyati. 
3-asosiy savolning bayoni: 
Deyarlik  barcha  Evropa  xalqlarida  oilaviy  turmush  formalari  umumiy  bo‘lib,  kichik 
oilalar  xukmronligi  bilan  xususiyatlidir.  Patriarxal-
urug‘chilik  tartiblari  albanlar  («fas»), 
chernogoriyaliklar («birodarlik») tog‘li shotlandlarda («klan») va Kavkaz xalqlarida saqlanib 
qolgan xolos. 
Xususan  kavkazliklar  mexmondorchilik  va  qo‘noqlik,  otaliqlik  (abxaz,  adeglar) 
qoidalariga rioya qilishib kelmoqda. 
Yirik patriarxal oilalar yaqin  o‘tmishda Bolqon xalqlarida bolgarlar, makedoniyaliklar, 
serblar,  bosniyaliklar  va  albanlarda  mavjud  bo‘lgan.  Ularda  bu  oila  turi  «zadruga»  deb 
nomlangan.  Yirik  patriarxal  oilalar  boshlig‘i  «domachina»  va  ayol  «domachitsa»  xo‘jalikni 
boshqargan. Yirik oilalar shotland, basklar va norve
giyaliklarda ham bo‘lgan. 
Patriarxal  oilalar  jamoasi  buzilishi  davrida  «minorat»  (kelt,  germanlar,  qisman 
slavyanlarda) o‘rta asrlarda «mayorat» udumi bilan almashtirilgan. 
Patriarxal  oilalar  udumlarining  xususiyatlari  XVII-XVIII  asrlarda  Kavkazdagi  keng 
miqyosdagi  tarqalishi  kuzatiladi.  Jumladan  tadqiqotchilar  armanlar  hovlisida  20  tagacha 
beshik bo‘lganligini yozganlar. 
Oilaviy urf-
odatlarda, xususan  to‘y marosimlarda ma‘lum arxaik ko‘rinishlar saqlanib 
qolgan.  Masalan  kelin  o‘g‘irlash,  qalin  to‘lash,  kelinni  «sotib  olish  udumi»,  kelin  uchun 


- 94 - 
 
to‘lovlar kabilar shahar va qishloqlarda saqlanib) qolgan. Qalin olish Sharq, Evropa Volga 
bo‘yi va Kavkaz xalqlarida ham  mavjud. 
Ijtimoiy  turmush. 
Qishloq jamoalarida erdan  birgalikda foydalanish (XVII)asrga qadar
) mavjud bo‘lgan. 
Ba‘zi  xalqlarda  erkaklar  ittifoqlari,  ba‘zida  ayollarning  itgifoqlarida  urf-odatlar,  irimlarga 
qattiq rioya qilingan. 
Evropada qadimgi xo‘jalik tashkilotlari-xunarmandlar sexlari bo‘lgan. Keyinchalik ular 
asosida  kasaba  uyushmalari  shakllangan.  Sex  uyushmalari  keyinchalik  sport,  ovchi, 
talabalar, turistlar, qo‘shiqchilar jamoasi tashkilotlari sifatida o‘z faoliyatini davom ettirgan. 
Din. 
Evropaning ko‘pchilik xalqlari xristian diniga e‘tiqod qiladi. XI asrdan xristian cherkovi 
2ga bo‘lingan: rim-katolik, grek-provoslav cherkovlariga. Keyinchalik reformatsiya harakati 
natijasida yangi: lyuteran, kalvinizm, anglokan cherkovlari vujudga keladi. 
Rasmiy  cherkov  bilan  yonma-yon  deyarlik  barcha  xalqlarda  xristianlik  va  islomga 
qadar bo‘lgan diniy tasavvurlarning sarqitlari saqlanib qolgan. 
Boltiq bo‘yi xududi katoliklik, provoslaviya va lyuteran cherkovlari xamkorlikda faoliyat 
qilmoqda.  Qalmoqlarda  buddizm,  kavkazliklarda  xristianlik  va  islom  dinlari  majud. 
Xristianlikni dastlab 301 yilda armanlar, sharqiy-provoslav mazxabini qabul qilganlar. Lekin 
arman-grigorian cherkovi Isoning ilohiyligiga monofizitlikka asoslagan. 
Gruziyada xristian-pravoslav cherkovi 337 yildan mavjud. 
Islomning  paydo  bo‘lishi  VII-VIII  asrlarda  arablar  istilosi  bilan  bog‘liq. 
Ozarbayjon,Dog‘iston  so‘ngra  tashviqot  yo‘li  bilan  Volga  bo‘yiga  qadar  tarqalgan. 
Ozarbayjonliklar-shia, qolganlar sunna mazxabiga qarashlidir 
Xalq og‘zaki ijodi. 
Taraqqiy qilgan Evropa xalqlarida xalq og‘zaki ijodini professional san‘atdan ajratish 
qiyin
. Xalq og‘zaki ijodi durdonalarining eng qadimiylari Gomerning «Iliada» va «Odisseya» 
dostonlarida  aks  etsa,  keyinchalik  o‘rta  asrlar  Evropasida  «Nibelunglar  xaqida  qo‘shiq», 
finlarning  «Kalevala»,  inglizlarning  «Robin  Gud  qissasi»  lari,  frantsuzlarning  «Roland 
haqida qo‘shiq» dostonlari va xokazolarni ko‘rsatish mumkin. 
Ertaklarni  Evropada  kapitalistik  jamiyat  vujudga  kelganga  qadar  faqat  bolalar  emas, 
kattalar xam sevib eshitganlar va o‘qiganlar. XVII asrda Sh. Perro, aka-uka Grimmlar, Anti-
Arne,  Gofman, 
Andersen,  Selma  Lagerlef,  Oskar  Uayld  va  boshqalar  o‘nlab  va  yuzlab 
ertaklar yozganlar. 
Hozirgi  kundagi  ko‘plab  professional  san‘at  turlari  xalq  ijodiyotidan  boshlangan. 
Xususan 
zamonaviy 
teatrning 
boshlanishi 
Qadimgi 
Yunonistondagi 
Dionisga 
bag‘ishlangan xalq bayramlaridan ekanligi xam ma‘lum. 
Uyg‘onish davrida dunyoviy professional teatrlari — drama, tragediya, komediya, XVI 
asrdan Italiya 
—opera san‘ati vujudga keladi. 
Shu bilan birgalikda Evropada xalq qo‘g‘irchoq teatrlari, sirklari saqlanib kelmoqda. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish