Tayanch tushunchalar: metod, o‘qitish metodi, usul, metodika, qoida



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana08.08.2021
Hajmi0,69 Mb.
#142442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
NAMOYISH  METODI  (demonstratsiya)o‘rganilayotgan  obyekt  harakat 

dinamikasini ochib berish va predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida 

to‘laqonli  ma’lumot  berishda  keng  qo‘llaniladi.  Tabiiy  obyektlarni  namoyish 

qilishda  odatda  uning  tashqi  ko‘rinishi  (shakli,  hajmi,  miqdori,  rangi,  qismlari, 

ularning  o‘zaro  munosabatlari)ga  e’tibor  qaratiladi,  so‘ngra  ichki  tuzilishi  yoki 

alohida  xususiyatlarini  o‘rganishga  o‘tiladi.  Ko‘rsatish  ko‘p  holatlarda 

o‘rganilayotgan  obyektlarning  subyekti  yoki  chizmasi  yordamida  kuzatiladi. 

Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar 

yordamida  ko‘rsatib  berishi  hisobiga  amalga  oshadi,  bunda  ushbu  tajriba  asosida 

yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. 

Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada 

ko‘proq didaktik samara beradi, biroq bunday namoyishni amalga oshirish har doim 

ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish 

qilishda  sun’iy  muhitga  murojaat  qilishadi  (masalan,  hayvonlar  bilan  hayvonot 

bog‘ida, turli  o‘simliklar  bilan  esa  issiqxonalarda    tanishish)  yoki  sun’iy  ravishda 

yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi. 



ILLYUSTRATSIYA namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsa - da, 

didaktikada  alohida  o‘rganiladi.  Illyustratsiya  narsa,  hodisalar  va  jarayonlarni 

ularning  ramziy  ko‘rinishlari  –  chizma,  port,  rasm,  fotosurat,  yassi  modellar  va 

boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.  

Namoyish va illyustratsiya metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan 

holda qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur 

bo‘lsa  namoyishdan  foydalanish,  agar  hodisa  mohiyati  hamda  uning  unsurlari 

o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa Illyustratsiyaga murojaat qilinadi. 

Illyustratsiyaning  samarasi  ko‘pincha  o‘qituvchi  tomonidan  ko‘rsatuv 

texnologiyasi  qay  darajada  o‘zlashtirilganligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Ko‘rsatmalardan 

foydalanishning  bilish  jarayonidagi  didaktik  ahamiyati  o‘rganilayotgan  obyekt 

mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida Illyustratsiyalar oldindan 




tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda muayyan hajmda ko‘rsatiladi, aks holda 

ular sonining oshib ketishi o‘quvchilarni hodisa mohiyatini anglashdan chalg‘itadi. 

Ayrim  hollarda  tarqatma  materiallar  (fotosurat,  jadval,  tabiiy  obyektlar  va 

boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 

Ushbu  metodlardan  foydalanish  zaruriyati  ko‘rsatmalilik  tamoyiliga  amal 

qilish maqsadga muvofiq ekanligida 

ko‘rinadi.  Inson  miyasining  30  foiz 

hajmini  ko‘rishni,  faqat  3  foizigina 

eshitishni  ta’minlovchi  neyronlar 

tashkil  etadi.  Pedagogik-psixologik 

yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar 

natijalaridan  ma’lum  bo‘ladiki, 

shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan 

bilimlarning 

85 

foizi 


ko‘rish 

retseptorlari yordamida egallanadi. 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish