O‘qituvchi hodim:
ilmiy salohiyati,
malakasi, ekspertlik
darajasi, kompetentligi,
rivojlanuvchi ta’limga
tayyorligi.
Jismoniy resurslar:
turar joy, shart-sharoitlar,
texnika va jihozlar,
kutubxona va
informatsion texnologiya
imkoniyatlari.
Moliyaviy
resurslar: talaba va
o‘qitvchi xodimlarga
sarflanadigan sarf
harajatlar.
Tashqi resurslar:
noakademik
mutaxassislardan
foydalanish, oliy ta’lim
muassasasi qaramog‘ida
bo‘lmagan texnika va
jihozlardan foydalanish.
O‘qitish
va
o‘rganish strategiyalari
va metodlari, effektivligi,
innovatsion
yondashuvlar.
Talabalarga
rahbarlik va qo‘llab-
quvvatlash: akademik va
individual saboq berish
tizimi,
qo‘llanma
va
boshqa turdagi ma’ruza
matni
hamda
ma’lumotlar, loyihalarga
rahbarlik qilish.
Talabalar
faoliyatini qayd qilish
tizimi:
talabaning
o‘zlashtirishini baholash
va hisobot tayyorlash.
Menejment
va
adminestrativ
boshqaruv tizimi:
Tahliliy ishlar va
kamchiliklarni tuzatish.
Talabalardan
yoki
xodimlardan
kelib
tushadigan
talab
va
takliflar asosida.
bajarishi,
uzluksiz
ta’limning
keyingi
bosqichiga
tayyor
bo‘lishi.
O‘qituvchi
xodimlar:
ularning
o‘qitish,
ilmiy
tadqiqotlarida,
boshqaruvda
supervayzerlikda
mahsuldorlikka
va
kreativlikka erishishi.
Yevropada oliy ta’lim ikkita asosiy hujjat – Boloniya deklaratsiyasi va
Lissabon konvensiyasi orqali amalga oshiriladi.
Ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlarga mos holda Boloniya va Lissabon
strategiyasi ishlab chiqilgan. Islohotning ushbu ikki konsepsiyasi maqsadi oliy
ta’lim sifatini doimiy yaxshilashga, mehnat bozorida bitiruvchilarning
raqobatbardoshligini oshirishga, ta’lim sifati va amaliy ta’lim xizmatini samarali
biriktirishga qaratilgan, umumiy fundamental tamoyillarga asoslangan, birlashgan
Yevropa oliy ta’lim hamjamiyatini yaratishdan iborat.
Lissabon konvensiyasi 1997-yil 11-aprelda qabul qilingan bo‘lib, pereambula,
quyidagi 11 ta asosiy qism va ularga tegishli 44 ta moddadan iborat:
1. Ta’rif va bitta modda.
2. Davlat organlari kompetensiyasi va uchta modda.
3. Malakani baholashning asosiy tamoyillari va beshta modda.
4. Oliy ta’lim olish huquqini beruvchi malakani tan olish va beshta modda.
5. Ta’lim davrini tan olish va uchta modda.
6. Oliy ta’lim malakasini tan olish va beshta modda.
7.Qochoqlar, ko‘chib kelganlar va qochoqlar holatidagi shaxslar malakasini tan
olish va bitta modda.
8. OTM va dasturni baholash haqidagi ma’lumot va ikkita modda.
9. Tan olish masalalari haqidagi ma’lumot va uchta modda.
10. Amalga oshirish mexanizmlari va uchta modda.
11. Xulosaviy ko‘rsatmalar va to‘qqizta modda.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Lissabon konvensiyasida asosan Yevropa
ta’limining davri, kompetensiyasi, malakalarga qo‘yilgan talablar, ta’lim sifati, uni
umumiy talablarga javob berishi, nazorati, jarayonni amalga oshirish va natijalarni
tan olish kabi masalalarda hududiy birlashish kelishilgan.
Boloniya deklaratsiyasida Yevropa OTMlarida kadrlar tayyorlash, uni ta’lim
tizimida
birlashtirishga
yordam
berish
hamda
ta’lim va fanga oid
raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida quyidagi vazifalar hal qilingan:
• ikki bosqichli ta’limni joriy etish;
• kredit tizimini joriy etish va uni tan olish;
• safarbarlik va mobillikni kengaytirish;
• bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishini yaxshilash;
• yevropa ta’lim tizimi sifatini ta’minlash;
• aspiranturani oliy ta’limning umumiy tizimiga kiritish;
• oliy tizimda “Yevropa o‘lchovlari”ni shakllantirish;
• yevropa oliy ta’limini raqobatbardoshligini va sifatini oshirish;
• oliy ta’limning ijtimoiy rolini oshirish, uning ommabopligi, qo‘shimcha
ta’lim tizimini rivojlantirish;
Mustaqil ta’lim uchun mavzular.
1. Chet tillarini intensiv o’qitishda foydalaniladigan
zamonaviy ta’lim metodlari.
2. Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida nazorat qilish
va baholashning zamonaviy ko‘rinishlari.
Nazorat uchun savollar
1. “Metod” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
2. Ta’lim metodi tushunchasini qanday izohlash mumkin?
3. “Ta’lim metodlari” va “ta’lim usullari” tushunchalari bir xil
mazmunga egami?
4. Ta’lim usullari deganda nima tushuniladi?
5. Ta’lim metodlarini qo’llashda qandaydir ko’rsatmalarga rioya
etish zarurmi?
6. Ta’lim metodlarini qo’llashga doir ko’rsatmalar nima deb ataladi?