O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/142
Sana08.08.2021
Hajmi0,7 Mb.
#142344
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot

Rasmiy qoidalar va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish. Rasmiy
qoidalar va norasmiy normalarning muvofiqlashtirilishi jamiyatda muhim rol
o`ynaydi, chunki u institutlar mavjud tizimi faoliyat ko`rsatishining
samaradorligiga katta ta’sir ko`rsatadi.
Odatda, insonlar ba’zan institutlar tarkibiy unsurlaridan biri hisoblangan
jazolash tizimining samaradorligiga ziyon yetkazgan holda jazolashning ancha
yumshoq shakllarini nazarda tutuchi normalarni rasmiylashtirishga intilishadi.
O`lim jazosini bekor qilish to`g`risidagi bahs-munozaralar bunga misol bo`ladi.
Kelishmovchilik natijasida institutsional nizo kelib chiqishi mumkin. Bir
holatda, institutsional nizo hech bir o`zgarishsiz institutlarning paydo bo`lishiga,
boshqa holatda esa samarasiz bo`lsa-da barqaror hosilalar – institutsional
tuzoqlarning paydo bo`lishiga olib keladi.
Eski va yangi institutlar o`rtasidagi inqilobiy bog`liqlik doirasida ular
rivojlanishining uchta ehtimoliy yo`lini ta’kidlash lozim:
·
birinchisi – mavjud institutsional matritsaga qarama-qarshi bo`lgan
rasmiy institutlarning paydo bo`lishi (odatda, hamma joyda chuqur islohotlar


25
davrida, masalan, o`tish iqtisodiyotida qonunlar, farmonlar ko`rinishida) va
ularning ildiz otishi (kengayib borishi) hamda qabul qilingan rasmiy normalarga
mos keluvchi yangi norasmiy normalarning shakllanishi;
·
ikkinchisi – qabul qilinayotgan rasmiy qoidalarning norasmiy
normalarga to`liq mos kelmasligi shunga olib keladiki, norasmiy normalar ancha
“hayotiy” bo`lib chiqadi va buning natijasida yangi qabul qilingan rasmiy
qoidalarning norasmiy institutsionallashuvi yuz beradi;
·
uchinchisi – yangi rasmiy qoidalar ildiz otmaydi, bu ularning yo`qolib
ketishiga olib keladi.
Institutsional tizim samaradorligiga institutlar bilan bir qatorda tashkilotlar
ham ta’sir ko`rsatadi. D.Nortning fikriga ko`ra [46], institutlar iqtisodiy nazariya
bilan yoritiladigan standart cheklovlar bilan bir qatorda jamiyat a’zolarining
imkoniyatlarini ham shakllantiradi.
Institutsional doiralar qaysi tashkilotlar (siyosiy organlar, iqtisodiy
tuzilmalar, jamoat muassasalari) hosil bo`lishi va ishlashini belgilab beradi.
Boshqacha aytganda: institutlar – bu “o`yin qoidalari”, tashkilotlar esa –
“o`yinchilar”. Biroq bu hol o`yinchilar jamiyatda o`rnatilgan “o`yin qoidalari”ga
majburiy tarzda amal qilishini anglatmaydi. Huddi institutlar kabi tashkilotlar ham
insonlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tarkiblashtiradi. “Tashkilotlar aniq
maqsadga yo`naltirilgan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi, tashkilotchilar tomonidan
boylik, daromadni ko`paytirish uchun yoki boshqa maqsadlarda tashkil etilgan
birliklar hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni ko`zlagan holda, tashkilotlar asta-sekin
institutsional tarkibni o`zgartiradi” [46].
Tashkilotlar (korxonalar, firmalar)ning institutsional jarayondagi roli
hozircha kam o`rganilgan, biroq institutsional nazariya doirasida, xususan,
G.Kleyner tomonidan o`tkazilgan so`nggi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, tashkilot
nafaqat tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi, balki quyidagi asosiy funksiyalarni
bajaruvchi o`ziga xos “institutprovayder” hisoblanadi [30]:
·
ishlab chiqarish institutlari va kelishuvlar ishlab chiquvchisi va
tarqatuvchisi roli. Alohida tashkilotning muvaffaqiyatli tajribasi, unda
foydalaniladigan shartnomalar tizimining samaradorligi, odatda, bunday
tuzilmalarni tashkilotning ushbu usullaridan foydalanishga undaydi;
·
institutlar inkubatori roli. Tashkilotning faoliyat ko`rsatishi natijasida
ushbu tuzilmaning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi va yakuniy
natijalarning katta samaradorligi bilan faoliyat ko`rsatuvchi yangi rasmiy qoidalar
va norasmiy normalar shakllanadi yoki, boshqacha aytganda tegishli institutsional
muhitda yangi institutlar hosil qilinadi;
·
yakka tartibdagi institutsional integrator roli (ushbu normaga amal
qiluvchilar tarkibiga yangi individlarni jalb qilish).
Institutsional yondashuvga muvofiq davlatni alohida tashkilot sifatida ko`rib
chiqish lozim. Davlatni institut (ijtimoiy shartnoma negizida rasmiy qoidalar
tizimini shakllantirish va ularga amal qilish mexanizmi) sifatida ham, tashkilot
(davlat boshqaruv apparati tarkibi, qonuniy jazolash va majburlash tizimi) sifatida
ham tadqiq etish mumkin.


26

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish