O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi nazorat tartibidagi
shikoyatni (protestni) ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risidagi
ajrim chiqaradi.
Protest kelib tushgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
sudyasi uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim
chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi o‘zi chiqargan ajrim
bilan birga shikoyatni (protestni) ish bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |