114
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
9.2. Ish ko‘rishni keyinga qoldirish
Ish ko‘rishni keyinga qoldirish bir qator oqibatlarni yuzaga keltiradi. Xususan, ishni ko‘rish
keyinga qoldirilgan taqdirda, keyinga qoldirilgan ishni ko‘rish qolgan joyidan davom ettiriladi.
Biroq, FPKning 39-moddasida sanab o‘tilgan yangi shaxslarni, xususan, taraflar, uchinchi shaxslar,
ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda ko‘rilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar
bo‘yicha boshqa manfaatdor shaxslar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari,
tashkilotlar va ayrim fuqarolarni jalb qilish uchun keyinga qoldirilgan ishlar bundan mustasno.
Chunki bunday holda ishni ko‘rish yangidan boshlanishi lozim.
Fuqarolik protsessual kodeksining 223-moddasida sud ish muhokamasini quyidagi hollarda
keyinga qoldirishi mumkin:
tartib fuqarolar tomonidan
ommaviy tarzda
buzilganda
raislik
qiluvchi tomonidan
ogohlantirilganidan so‘ng
prokuror yoki advokat
uning farmoyishlariga
bo‘ysunmaganida
taraflar (uchinchi shaxslar)
tomonidan sud majlisidagi
tartib buzilganda
o‘ziga sud
chaqiruv
qog‘ozi yoki boshqa
xabarnomalar
topshirilganligi to‘g‘risida
ma’lumotlar mavjud
bo‘lmagan ishda ishtirok
etuvchi shaxslardan biror-
biri sud majlisiga
kelmaganda
tegishli tarzda xabardor
qilingan ishda ishtirok
etuvchi shaxslardan biror-
biri sud
tomonidan uzrli
deb topilgan sabablarga
ko‘ra sud majlisiga
kelmaganda
tegishli tarzda xabardor
qilingan taraflar sud
majlisiga uzrli sabablarsiz
kelmaganda, agar ulardan
birortasidan ham sud
muhokamasi ularning
ishtirokisiz o‘tkazilishi
to‘g‘risida ariza kelib
tushmagan bo‘lsa
sud
majlisiga guvoh,
tarjimon, ekspert yoki
mutaxassis kelmaganda,
agar ularning ishtirokisiz
ishni ko‘rish imkoni
bo‘lmasa
da’vogar ishni
javobgarning ishtirokisiz
ko‘rishga rozi
bo‘lmaganda
qarshi da’vo taqdim
etilganda
sud
majlisi yuritishda
texnik vositalaridan,
shu jumladan
videkonferensaloqa
tizimidan
foydalanilganda texnik
nosozliklar kelib
chiqqanda
qo‘shimcha dalillar
taqdim etish yoki talab
qilib olish
zarur
bo‘lganda
ishda ishtirok etish
uchun boshqa shaxslar
jalb qilinganda yoki
boshqa protsessual
harakatlar amalga
oshirilganda
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
Sud ishni sud majlisida ko‘rish imkoni bo‘lmagan boshqa hollarda
ham muhokamani keyinga qoldirishi mumkin.
Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos bo‘lgan
holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddatga, sud
muhokamasining FPKda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga
qoldirilishi mumkin.
Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining
vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir bo‘lgan shaxslarga imzo qo‘ydirgan
holda e’lon qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun
yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi sud majlisining vaqti to‘g‘risida
FPKning
16-bobida
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Ish ko‘rishni keyinga qoldirish, shuningdek ish yuritishni to‘xtatib
turishdan o‘zining asosi, huquqiy oqibati, muddati va shikoyat berish
tartibi bilan o‘zaro farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: