Malika Xetep-Xores maqbarasidan topilgan ko‘plab zargarlik
buyumlari ana shundan dalolat beradi. Kulolchilik, papirus tayyorlash
va to‘qimachilik ham taraqqiy etib borgan.
Qishloq jamoalari va patriarxal oila Misr jamiyatining asosini
tashkil etgan. Meros otadan katta o‘g‘ilga o‘tishi kerak bo‘lgan.
Ko‘plab meros tortishuvlari haqida yozma xujjatlar saqlanib qolgan.
Jamoa xo‘jaligi “jajat” va “kenbet” deb atalgan. “Kenbetlar” asosan
oila huquqi, merosxo‘rlik masalalarini hal qilgan. Joylarda sud,
xo‘jalik va ma'muriy hokimiyat mavjud bo‘lib, ular oldi-sotdi ishlarini
hal qilgan, hamda amaldorlarni kuzatib turgan, sun'iy sug‘orish
tarmoqlarini nazorat qilgan. Jamoa boshliqlari keyinchalik davlat
amaldorlariga aylangan.
Xo‘jalik va savdo-sotiqning taraqqiy etishi,
quldorlik kuchayishi, bosqinchilik
urushlari, harbiy yurishlar mulkiy
tabaqalanishni yanada tezlashuviga olib keldi. Urushda olingan
o‘ljalarning katta qismi fir'avn va amaldorlar qo‘lida to‘plangan. Bu
III va IV sulola
fir’avnlari davrida
Misr
68
davrda Gerodot ma'lumotiga ko‘ra, “ehromlar qurilishida minglab
Do'stlaringiz bilan baham: |