Yahudiyaning qadimgi yodgorliklari” nomli asarlarida vatanining
tarixiga doir muhim ma'lumotlar bilan birga ellin davlatlari va Rim
imperiyasining birinchi asr tarixi to‘g‘risida ham g‘oyat qimmatli
ma'lumotlar beradi. Rimning eng yirik tarixchisi, jahonning mashhur
tarixchilaridan biri - Korneliy Tatsit (taxminan milodiy 54-120 yillar)
o‘zining ikki asosiy asarida milodiy birinchi asrdagi Rim imperiyasi
tarixini bayon etgan. Tatsit Respublika tuzumini ideallashtirib,
zamonasining siyosiy tartibini qattiq tanqid ostiga oladi
1
. Tatsitning
“Tarix” nomli ilk asari milodiy 68 - 69 yillardagi fuqarolar urushi va
Flaviylar zamonini mufassal bayon qiladi. “Annallar” (Yilnomalar)
nomli ikkinchi asari Avgustning o‘limidan to Neronning vafotigacha
bo‘lgan vaqt maboynidagi voqyealar tasviriga bag‘ishlangan.
Plutarxning (taxminan milodiy 46 - 126 yillari) adabiy faoliyati ham
o‘sha vaqtlarga to‘g‘ri keladi. U xilma-xil mavzularda asarlar yozgan