III asrda Rim imperiyasidagi siyosiy inqiroz va Dominat davri. Milodiy II asr oxirlarida Rim hokimiyatini Severlar sulolasi
boshqargan (192 - 235 yillar). Bu sulolaga Septimiy Sever asos
soladi. Uning davrida Rim viloyatlaridagi munitsiya doiralarining
imperiya siyosiy hayotiga aralashishi shahar hududidagi barcha erkin
aholiga Rim fuqarolik xuquqlarini berish to‘g‘risidagi farmon bilan
qayd qilingan; bu farmon milodiy 212 yili Septimiy Severning Korakalla ismli o‘g‘li - Avreliy Antonin vaqtida chaqirildi. Severlar
sulolasining so‘nggi vakili - Aleksandr Sever (222 - 235 yillar)
imperiyaning ichki siyosiy ahvolini mustahkamlash uchun muayyan
tadbirlar ko‘rgan. U imperiyani idora qilgan davrda huquqshunoslar
Rim huquqlari asosini tuzganlar va qonun chiqarishga doir bosh
tamoyilni quyidagicha ifodalashgan: “imperatorga manzur barcha