Adabiyot va san'at. Ellin davrida fan sifatida
adabiyotshunoslikning kurtaklari - filologik tanqid yuzaga kelgan.
Filologlar mantiqiy asosda yunon grammatikasini ishlab chiqqanlar.
Iskandariya Museyoni yunon adabiyotining muhim markazi bo‘lib
qolgan. Iskandariya shoirlarining yetakchisi Kallimax (miloddan
avvalgi 310 - 240 yillar) Museyon kutubxonasi mudiri va taxt vorisi
hisoblangan. U kutubxonada filologik kataloglar tuzgan va olim
filolog sifatida faoliyat yurgizgan. Kallimax - mifologiya, tarix,
adabiy mavzularda kichik-kichik she'r va dostonlar yozgan.
Kallimaxning zamondoshi Feokrit nomi tarixda lirik-dramatik poema
- idiliyalar muallifi sifatida qoldi. Bu asarlarda u qishloq va shahar
hayotining osoyishta manzaralarini yozgan. Ellin davrining oxiriga
borib, haykaltaroshlik mavzusi o‘zgarib, asarlarda dahshatli syujetlar
va yasamalik namoyon bo‘la boshladi. Guruh tarzida ishlangan ikki
ajoyib haykal: “Fornez buqasi” va “Laokoon” da shu holni ko‘rish
mumkin. Ellin davrining ikkinchi yarmida haykaltaroshlikda
ideallashtirilgan klassik shakllarga qaytish kuzatiladi. Miloslik
Do'stlaringiz bilan baham: |