davri» deb ataydilar. Ular miloddan avvalgi VI asr oxiri - III asr
boshini ana shu nom bilan belgiladilar. Deymaxning «Indika» asari
deyarli saqlanib qolmagan bo‘lsa ham, u orqali Ashokaning shoh
Antiox (Suriya), Antigen (Makedoniya), Eneolit (Epir) va Ptolemeyga
(Misr) elchi yuborganligi ma'lum. Bu yozuvlar Hindistonning
Yuqoridagi davlatlar bilan aloqasidan dalolat beradi.
Rim imperiyasi bilan Hindiston o‘rtasida ham diplomatik aloqalar
mavjud bo‘lgan. Antik manbalarda imperator Avgust (miloddan
avvalgi 24-14 yillar), Trayan (98-117 yillar), Andrian (117-138
yillar) va yana qator hukmdorlar huzuriga hind elchilari yuborilgani
haqida aytiladi. Yunon-Rim dunyosi Hindiston diniy-ma'rifiy
manbalari va falsafasi bilan yaqindan tanishdi. III asrda yashab
o‘tgan mashhur faylasuf Filostrat Hindistonga sayohat qilgani, u yerni
o‘rgangani ma'lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |