212
g‘arbda esa tetradraxmalar ishlatilardi. Manbalarda
turli tanga nomlari
keltirilib, ular karshapani - kumush, mis, suvarna - oltindan va h.k.
zarb etilgan.
Yer mulki.
Miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi
yarmida yerga xususiy mulkchilik rivoj topdi. Sutra va shastrilarda
sotib olish, meros huquqi bilan molga ega bo‘lish
kabilar bayon
etilgan. Shaxs faqat qonun bilan tasdiqlanganidan keyingina yerga
egalik qilishi mumkin bo‘lgan. Mamlakat yerlari bir necha tur:
shohga
qarashli yerlar, jamoa va xususiy yerlarga bo‘lingan. Xususiy yer
egalari
orasida badavlatlari ham, qashshoq, muhtojlari ham bo‘lgan.
Katta yer egalari yerining hududi 1000 karisgacha (1 karis - 0.25ga)
tashkil etgan. Bunday katta xo‘jaliklarda
yuzlab omoch, qullar va
yollanma ishchilar ishlatilgan. Kichik xo‘jaliklar o‘z oilalari
bilan
dehqonchilik qilganlar. Yer egasi huquqlari muhofaza qilingan.
Boshqalar yerini o‘zlashtirib olgan shaxslarga jazo belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: