Til tarixi ma’ruza matni



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/72
Sana08.08.2021
Hajmi1,03 Mb.
#141569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
til tarixi

bolti,  өzim  saqint’m;  kөrүr  kөzүm  kөrmәztәg,  bilir  biligim  bilmәztәg  bolti,  өzүm 
saqintim. Od tәңri yasar, kisi ogli kөp olg`әli  (yoki өlүgli) torumis. 
Kultagin  obidasidan  keltirilgan  bu  parchada  qariyib  hamma  so`zlar 
tushunarlidir: Kultegin bo`lmaganda edi, siz hammangiz o`lar zdingiz. Inim Kultagin 
kerak  bo`ldi,  o`zim  sog`indim,  ko`rar  ko`zim  ko`rmasdek,  bilgan  bilimimni 
bilmagandek  bo`ldim,  o`zim  sogindim.  Oh,  tangri,  inson  o`g`li  o`lish  uchun 
tug`iladimi? 
Ko`rinib  turibdiki,  qadimgi  turkiy  yozuv  yodnomalari  umumturkiy  tillar 
uchun asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. 
Ma`lumki, yozma  yodgorliklar bizga  yozuv orqali etib kelgan. SHunday 
ekan,  turkiy  xalqlar  qanday  yozuvlardan  foydalangan?  -  degan  savol  tug`iladi. 
Tarixiy va arxeologik manbalarning ko`rsatishicha, O`rta Osiyo va Qozog`istondagi 
turkiy  xalqlar  oromey,  so`g`diy,  xorazmiy,  urxun-enasoy  yoki  runiy,  uyg`ur,  arab 
yozuvidan foydalanganlar 
Oromey  yozuvining  ta`sirida  shakllangan  so`g`diy  va  xorazmiy  yozuvlari 
eramizning 1-U asrlarida ishlatilgan. SHuningdek, oromey yozuvi ta`sirida eramizning 
birinchi asrida uyg`ur yozuvi shakllanadi. V asrga kelib esa, runiy nomi bilan atalgan 
urxun-enasoy yozuvi paydo bo`ladi. 
Runiy  yozuvi oromey  yozuvi ta`sirida paydo bo`lgan so`g`diy va xorazmiy 
yozuvlari  asosida  shakllangan.  Bunga  turkiy  tillar  tovushlarini  ifodalovchi  tamg`a 
shaklidagi harflar ham qo`shilgan. 
Bu  yozuvlarning  borligi  fan  olamiga  XVIII  asrdagana  ma`lum  bo`ldi. 
Ularning namunalari enasoy daryosi bo`yida topiladi. XIX asr oxirida rus sayyohi va 


 
11 
yozuvchisi N.M.YAdrintsev Urxun daryosi bo`yidan shu xildagi yozuvlarni topadi va 
tuzilishi  jihatidan  German  runik  yozuvlariga  o`xshagani  uchun  runiy  yozuv  deb 
ataydi.  Runiy  yozuvdagi  yodgorliklar  katta  hududga  taqalgan  bo`lib,  ular  feodal 
hukmdorlar va ularning qarindoshlari qabri ustiga qo`yilgan toshlar, idishlar, yog`och 
va  tog`  qoyalarda  saqlangan.  Bu  yozuvdagi  bitiklar  enasoy  daryosi  bo`ylaridan, 
Qirg`izistonning  Talas  vodiysidan,  Urxun  daryosi  Selenga  havzasi  va  unga  yaqin 
joylardan, Boyqol ko`li atroflaridan topilgan. 
Uyg`ur yozuvi yangi so`g`d yozuvi asosida shakllangan bo`lib, u keyinchalik 
mo`gullarga  va  mo`g`ullardan  manjurlarga  o`tgan.  Uyg`ur  yozuvi  VI  tortib  XV 
asrgacha turkiy xalqlarda va buddaviylar orasida XVIII asrgacha ishlatilib kelingan. 
Uyg`ur  yozuvi  asosida  1X-X  asrlarga  tepishli  bo`lgan  turkiy  tillarning  yozma 
yodgorliklari paydo bo`ladi. Ular diniy, falsafiy xususiyatga ega bo`lgan asrlardir. 
Uyg`ur  alfaviti  bilan  yozilgan  yodgorliklarning  xususiyati  va  mazmuniga 
qarab,  quyidagilarga  bo`lish  mumkin:  1.  Uyg`ur  yodgorligi.  2.  Ma`naviylik 
yodnomasi. 3. Buddiy yodnoma. 4. Xristian yodnomasi. 
X1-XU  asrlarga  oid  ko`pgina  yirik  asarlar  turk  uyg`ur  yozuvida  tartib 
qilingan.  Masalan,  «Me`rojnoma»,  «Tazkirai  avliyo»,  «Baxtiyornoma»  kabi  bir 
qator  asarlar  shu  yozuvda  ko`chirilgan.  «Qutadg`u  bilig»,  «Hibatul  haqoyiq», 
«Muhabbatnoma»  kabi    asarlarning  uyg`ur  yozuvida  ko`chirilgan  nusxalari  ham 
mavjud. 
Akademik  V.V.  Radlov  birinchi  marta  kadimgi  turkiy  adabiy  tilning 
o`ziga xos dialektlarini  o`rganib  chikdi  va  uni shimoliy,  janubiy  va  aralash dialekt 
deb  uch  guruhga  bo`ldi.  SHimoliy  turkiy  adabiy  tilga  runiy  yoki  o`rxun-enasoy 
yozuvlari asosida vujudga kelgan til kiritiladi. Bu tilga xos xususiyatlaridan biri so`z 
boshida  va  so`z  oxirida  jarangli  undoshlar  o`rnida  ko`proq  jarangsiz  undoshlar 
kelishidir.  Lekin  bundan  b  undoshi  istisnodir,  chunki  so`zning  oxiri  n  va  ng 
tovushlari bilan tugagan so`zlarda so`z boshidagi jarangli undoshi saqlanadi: bәn-
men,  bing-ming,  bin-min  kabi.  Masalan  Tonyuquq  bәnәg  aydi  -  Toyo`quq  menga 
aytdi (Tonyo`quq). Bagnu tash taqitdim-Mangu tosh tikdim (Kultagin). 


 
12 
Bundan  tashqari,  t  tovushi  so`z  boshida  ko`p  ishlatiladi:  Su  barin  tidi  -
Qo`shin bilan bor dedi (Tonyo`quq). 
Tushum kelishi uchun asosan  -g` (-g) / -ig` - ig - ug` - үg affiskli shakl 
qo`llangan: sabig` - so`zni, yag`ig` - dushmanni (Tonyo`quq), on әrig  - o`n erni 
(Kultagin). 
Qaratqich  kelishigi  affiksi  -ning/-ing  shaklida  ishlatilgan:  Kultәginniң 
altunin,  kүmүshүn;  Qag`aniң  sabi  -Xoqonning  so`zi;  biziң  sү  -  bizning  askar 
(Kultagin). 
O`rin-payt, chiqish kelishiklari uchun — da / - dә// - ta / tә affiksli shakl 
qo`llangan:  Tүrgesh  qag`anta  kөrүg  kәlti  -  Turgash  xoqondan  ayg`oqchi  keldi 
(Kultagin), Qirqizta yanti- miz — Qirg`izlardan qaytdik (Tonyo`quq). 
O`tgan zamon fe`li ma`nosida -di / - di // - ti / - ti, - mish / - mish (- mis / - 
mis) affikslaridan tashqari — duq / - dүk affiksli shakl ham qo`llangan.  - duq / - 
duk  affiksli  shakl  o`tgan  zamon  fe`li  ma`nosida  shaxs-son  ko`rsatkichisiz  uchala 
shaxsning birligi va ko`pligi uchun ishlatilavergan. 
O`rxun-Enasoy    yozuv  yodgorliklarida  hozirgi  turkiy  tillarga  xos  so`zlar 
uchraydi:  el  (el),  ben  (men)  ilig  (qo`l),  siz,  og`lan,  yash,  at,  tәңri,  altmish  kabi. 
Lekin  semantik  xususiyatlari  bilan  iste`moldan  chiqib  ketgan  so`zlar  ham  mavjud: 
bodun (xalq), bag` (ittifoqchshshk), sү (qo`shin), sabim (so`zim) iti (yubordi), tosiq 
(to`ygan), ukush (ko`p)  kabi. 
Qadimgi turkiy tilning janubiy guruh dialekti uyg`ur yozuvi asosida paydo 
bo`lgan. Bularga  Selenga, Suji  va  Turfon  yodgorliklari  kiradi.  Janubiy  guruxdagi 
tillar  fonetik  jihatdan  shimoliy  guruxdagi  tillardan  oxiri  n,  ng  bilan  uchraydigan 
so`zlar  boshidagi  b  tovushining  m  tovushiga  o`zgarishi  bilan  farqlanadi:  baңu  - 
maңu (mangu), ban - men, biң miң kabi. 
Qaratqich kelishigi -niң / -niң affiksi bilan, chiqish kelishigi - din / -din // 
tin / -tin affiksi bilan ifodalanadi. Fe`lning o`tgan zamon shakli har bir shaxs va son 
uchun alohida affikslarga ega. 


 
13 
Aralash  dialektning  fonetik  jihatdan  o`ziga  xos  xususiyatlari  tovushining  
tovushi bilan, ch tovushining tovushi bilan almashinib ishlatilishidir: achun -azun 
(dune), atun - adun (boshqa) kabi

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish