34
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, ommaviy
axborot vositalaridagi ma’lumotlar, bizdan oldingi yozilgan bitiruv malakaviy
ishlarni o‘rganishda aynan, Bolalar o‘smirlar sport maktablarida ommaviy sport
tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha. Ma’lumotlar faqat tirajli gazeta va jurnallarda
ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Ilmiy adabiyotlarda va bitiruv malakaviy ishlarida
ko‘proq etibor Maktabdan tashqari ommaviy sport tadbirlariga yohud maktabgacha
ta’lim muassasalaridagi kun tartibidan tashqari sport faoliyati va qo‘shimcha ishlar
bo‘yicha ishlangan va tadqiq qilinganligi guvohi bo‘ldik. Lekin, Biz
o‘rganayotgan ushbu masala biz uchun dolzarb ekanligini anglab yetdik. Bu
bo‘yicha XTB sport maktablari rahbariyati va pedagogik jamoasi bilan
hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi va yuqoridagi modelning shakllanishiga
turtki bo‘ldi. Yuqorida ko‘rsatilgan Modeldan ma’lumki BO‘SMlarda ommaviy
sport tadbirlarini tashkil etishning vazifalari uning maqsadi: yuqori mahoratli
sportchi , intellektual salohiyatli inson va jismoniy barkamol shaxsni tarbiyalashda
quyidagi vazifalarni amalga oshirish dolzarb masala bo‘lgan “Ma’naviy barkamol
shaxsni tarbiyalash”, “Milliy an’ana va qadriyatlarni hamda xalq o‘yinlarini
hurmat qilish”, “Vatanparvarlik, fidoyilik, samimiylik”, “Sport etikasi va
estetikasini tarbiyalash” fazilatlarini shakllantirdi.
Bunday vazifalarni amalga oshirib quyidagicha natijaga erishamiz.
Shug‘ullanayotgan faqat o‘z sporti bilan cheklanib qolmasdan balki ommaviy
sport turlari, xalq o‘yinlari milliy qadriyatlarga sodiq bo‘lgan holda atrofdagi
odamlarga do‘stona munosabat shakllandi, ma’naviy immunitet shakllanadi, Har
tomonlama jismoniy kamolot shakllanadi.
Soha
mutaxassislari
ommaviy sport tadbirlari
salomatniki
va
mustaxkamlashda muxim omil xisoblaydilar G.B.Meykson, L.Y.Leyubomirskiy va
tadqiqotchilar guruhi, jismoniy tarbiya kompleks dasturda usib kelayotgan avlodni
har tomonlama rivojlanishiga salomatlikni mustaxkamlashga chiniqtirisha,
o‘quvchilarning
ish
qobiliyatini
o‘sishi
ommaviy
sport
tadbirlariga
muntazamliligini ta’minlashga yo‘naltirish lozm degan fikrga kelmoqdalar. Ayni
35
paytda shuni ham aytib o‘tish kerakki, Ommaviy sport tadbirlarining shakllari
vositalari , usullari, uslubiy ko‘rsatmalarini ishlab chiqishga yetarlicha etibor
berilmagan. Yosh sportchilardan yuqori malakali sportchilarni tayyorlashd
ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazilishi quyidagi modelda ko‘rsatilganek,
birinchidan, sport faoliyatining boshlang‘ich davridagi sport turiga moslashish,
uning texnik taktik qiyinchiliklariga oson moslashib keta olish qobiliyatlarini
shakllantirishda katta foyda beradi. Ikkinchidan sport faoliyatida boshlangich
tayyorgarlikdagi sportchidan tortib yuqori malaka olimpiya sportchisida ham
bo‘ladigan start oldi hayajonni boshqarish, uni nazorat qilish va o‘z vaqtida
ishlatishni shakllantiradi. Uchsinchidan. Xar sportchida, nainki sportchida balki har
bir ommaviy sport tadbiri ishtirokchisida tadbirda qatnashishg etikasi , estetikasi,
va jamoaning ijtimoiy odoblariga rioya etish fazilati shakllanadi. To‘rtinchidan eng
muhim
masalalardan
bo‘lmish
sportchilarimizning
Xalqaro
arenalarda
qatnashishini boshlaganda O‘zbekistonning yuzi, iftixori, ideal sportchisi sifatida
namoyon etish etiketi shakllanadi. Shunday ekan sport maktablarida ommaviy
sport tadbirlari o‘z navbatida o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga jismoniy
va aqliy faolligini oshiradi natijada o‘quv va mexnat faoliyatining unumdorligi
oshadi. Shunday qilib, ommaviy sport tadbirlariga jismoniy tarbiya nuqtai
nazaridan qarash kerak. Chunki ommaviy sport tadbirlari jismoniy barkamollikka
undaydi va zarali odatlar natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli
kasalliklarni oldini olishga sabab bo‘luvchi jismoniy tarbiya shakllari, usul va
vochmitalari orqali barkamol insonni shakllantiradi.