Inson – borliq ruhi
Inson mana shu borliqning jonidir. Aslida butun dunyo inson sababli va inson uchun
yaratilgan. Shuning uchun ham bashariyat to‘la kofir bo‘lib, Uning oyatlarini inkor
qilganida dunyoning umri tugaydi.
«Alloh, Alloh!» deguvchi inson ustida Qiyomat qoyim bo‘lmas!» (Muslim rivoyati)
Insoniyat iymon ne’matidan butunlay mahrum qilinganida, yer yuzida «La ilaha
illalloh» kalimasini aytadigan bironta odam topilmaydigan zamonlar kelganida borliq
ham ruhi jonidan judo bo‘ladi. Zero, borliq mana shu ruh bilan tirik turadi. U aynan
ushbu ruh sababli yaratilgan edi. Xuddi ruh yashashi uchun inson yaratilganidek.
Chunki inson faqat go‘shtu qondan tarkib topgan emas. Unda yashayotgan ruh
insoniyat haqiqati, uning mohiyatidir. Inson – Allohning yerdagi xalifasi! Bu oliy
martabaga u nafxa sohibi bo‘lgani bois erishdi.
#sŒÎ*sù
…çµçF÷ƒ§θy™
àM÷‚xtΡuρ
ϵŠÏù
⎯ÏΒ
©Çrρ•‘
(#θãès)sù
…çµs9
t⎦⎪ωÉf≈y™
∩⊄®∪
Do'stlaringiz bilan baham: |